Abonentlarga
Xizmatlar
Axborot-ko‘ngilochar xizmatlari
Davlat Test Markazi

Davlat test markazi

Ucell mobil operatori Davlat test markazi bilan hamkorlikda yangi "Abituriyent" axborot xizmatini taqdim etadi.

Ushbu xizmat yordamida kompaniya abonentlari O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarining natijalari haqida osongina bilib olishlari hamda abituriyent tomonidan yurtimiz OTMlariga kirish uchun to‘plangan ballar miqdori to‘g‘risidagi aniq ma’lumotni qo‘lga kiritishlari mumkin.

5101 raqamidan kelgan 1 (bir) kiruvchi SMS narxi – 3 157.5 so‘m.

5100 raqamidan kiruvchi barcha SMSlar – bepul.


Ma'lumot

Zarur ma’lumotlarni olish uchun abituriyent kirish imtihonlarini topshirishda to‘ldirgan javoblar varaqasi raqami yozilgan SMSni 5100 qisqa raqamiga jo‘natishi kifoya.

Javob tariqasida abonent quyidagilar ko‘rsatilgan xabarni oladi:
Javoblar varaqasi raqami va natijalar haqida batafsil ma’lumot, OTM (OTMning qisqartirilgan nomi), to‘plangan ballar va natija bilan bog‘liq batafsil ma’lumot (misol uchun, grant yoki shartnoma asosida o‘qishga kirganlik, kirish uchun yetarli ball to‘planmaganlik va h.k.). Javob 5101 raqamidan keladi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlariga ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tish ballari haqida ma’lumot olish uchun 5100 qisqa raqamiga abituriyent javob varaqasi raqami oldidan B harfi yozilgan (misol uchun, B7191353) SMS-so‘rov jo‘natilishi lozim.

 Izoh: Axborot xizmatidan foydalanish uchun telefonda hech qanday qo‘shimcha sozlash va vazifalarni amalga oshirish kerak emas. Yagona talab – telefonda SMS-xabar almashish imkoniyati mavjudligi.

 Diqqat! OTMga kirish natijalari haqida mazkur xizmat yordamida faqat Davlat komissiyasining kirish test imtihonlari natijalari chiqqanligi to‘g‘risidagi qarori e’lon qilingandan so‘nggina bilish mumkin bo‘ladi. Ungacha 5100 raqamiga amalga oshirilgan so‘rovga javoban abonentlar faqat serverga kirish imkoni yo‘qligi haqidagi xabarni oladilar; bunda so‘rov qayta ishlangan deb hisoblanadi va jo‘natilgan xabar xizmat uchun belgilangan qiymat bo‘yicha narxlanadi.

Xizmatni boshqarish

XIZMATNI BOSHQARISH JARAYONI:

SMS-so‘rov
Javob
Javoblar varaqasi raqami (masalan, 7245655)
N:7245655:, VUZ:QarMII, BALL: 172,1 (8*1,1+31*3,1+32*2,1)
Siz davlat GRANTi asosida talabalikka tavsiya etildingiz
Javoblar varaqasi raqami (masalan, 7191353)
N:7191353, VUZ:ToshDPU, BALL: 159,6 (28*2,1+24*1,1+24*3,1)
Siz to‘lov-KONTRAKT asosida talabalikka tavsiya etildingiz
Javoblar varaqasi raqami (masalan, 7102477)
N:7102477, VUZ:ToshPTI, BALL: 116,9 (11*1,1+25*3,1+13*2,1)
Siz talabalikka tavsiya etilmadingiz
Javoblar varaqasi raqami (masalan, 777777777)
Siz mavjud bo‘lmagan JAVOBLAR VARAQASI raqamini yubordingiz (J.V. 7 raqamdan iborat)
Javoblar varaqasi raqami (masalan, 7000013)
Test natijalari hali e’lon qilinmadi. Kuting, sizni ogohlantiramiz
Javoblar varaqasi raqami (masalan, 7000589)
Sizning so‘rovingiz qabul qilindi, javob bir necha daqiqadan so‘ng yuboriladi
Javoblar varaqasi raqami (masalan, 7543890)
7543890 raqamli javoblar varaqasi test sinovidan chetlashtirilganlar ro‘yxatida qayd etilgan
Javoblar varaqasi raqami (masalan, 7123675 )
7123675 raqamli javoblar varaqasi DTMga keltirilmagan
Javoblar varaqasi raqami (masalan, 7725764 )
7725764 raqamli javoblar varaqasi to‘ldirilmagan
B+Javoblar varaqasi raqami (masalan, B7680423)
Siz topshirgan yo‘nalish bo‘yicha davlat GRANTiga – 118,4 ball, to‘lov-KONTRAKT asosida – 83,3 ball

 

5101 raqamidan kelgan 1 (bir) kiruvchi SMS narxi – QQS bilan 3 157.5 so‘m.

5100 raqamidan kiruvchi barcha SMSlar – bepul.


Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.