Abonentlarga
Xizmatlar
Doimiy aloqa
Dinamik ovozli pochta

Dinamik ovozli pochta

Xizmatdan vaqtinchalik foydalanib bo‘lmaydi.

Dinamik ovozli pochta Sizga qo‘ng‘iroq qilib tusholmagan abonentlarga, Siz uchun ovozli xabar qoldirish imkoniyatini beradi.

Xizmat (ulanish, bekor qilish, holatni tekshirish) *977# raqamiga bepul USSD-so‘rov yuborish orqali amalga oshiriladi.

Raqamingiz tarmoqda paydo bo‘lganida, xizmat Siz pochtangizga yuborilgan yangi ovozli xabarlar haqida ma‘lumot yuboradi. Ovozli xabarlarni eshitish uchun 9977 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish kerak bo‘ladi. Ushbu raqamga qo‘ng‘iroq qilganingizda eshitish rejimi orqali ularni eshitib ko‘rishingiz mumkin.

Xizmat bepul taqdim etiladi.


Xizmat ko‘rsatkichlari
Ovozli xabarlarning
maksimal miqdori
(yangi va saqlanganlar)*
20
Bitta ovozli xabarning
maksimal davomiyligi
60 soniya
Ovozli xabarlarni
saqlash uchun
maksimal muddat davri
2 kun
Bitta ovozli xabarning
minimal davomiyligi
2 soniya
Ovozli xabarlar
qutisini saqlash
muddati
2 kun


*Ovozli xabarlar qutisida bo‘sh joy qolmasa, avval eng eski xabarlar o‘chiriladi.
**Qoldirilgan ovozli xabarlarning muddati yakunlaganidan so‘ng, agarda qutida yangi xabarlar bo‘lmasa, quti avtomatik tarzda o‘chiriladi. Agarda yangi yangi ovozli xabarlar kelib tushsa, unday holatda quti avtomatik tarzda qayta tiklanadi.

Narxlanish
"Dinamik ovozli pochta" xizmatining tariflari

 

USSD-so‘rov *977#
0 so‘m
Ulanish narxi
0 so‘m
Abonent to‘lovi
0 so‘m
9977 raqamiga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar
0 so‘m


ESLATMA: Аgar Siz O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lib, Ucell rouming-hamkorlaridan birining xizmatlaridan foydalansangiz, "Dinamik ovozli pochta" xizmatiga ulanish uchun qilingan qo‘ng‘iroqlar narxi (kirish va chiqish) rouming tariflari asosida baholanadi.

Rouming bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlarning oldini olish uchun, agar Siz O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Ucell SIM-kartasidan foydalanmasangiz, Kompaniya Sizga quyidagilarni tavsiya etadi:

  • Mamkalatdan chiqishdan oldin kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirishning har qanday turini o‘chirib tashlang (USSD-so‘rovlar orqali: ##67# – bandligingiz sababli kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirishni bekor qilish, ##62# – aloqa yo‘qligi  sababli kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirishni bekor qilish, ##61# - javob bo’lmagan sababli kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirishni bekor qilish);
  • Ovozli pochta va Dinamik ovozli pochta xizmatlarini (*977*3*2# va *977*4*2# USSD-so‘rovlari orqali) o‘chiring;
  • Rouming xizmati o‘chirilganligiga (*155*3# USSD-so‘rovi orqali)  ishonch hosil qiling;
  • Rouming xizmati faol bo‘lgan hollarda chet el operatori tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tmang. Rouming xizmati faol bo‘lmagan holda, roumingda hech qanday to‘lov amalga oshirilmaydi.


Qo‘ng‘iroq qilayotgan abonentlar tarifikatsiyasi
Ovozli signaldan so‘ng qo‘ng‘iroq qilayotgan abonent uchun chiqish qo‘ng‘irog‘ining narxi – tarifda belgilangan chiqish qo‘ng‘iroqlariga asosan belgilanadi.

Yodda saqlang
  • "Dinamik ovozli pochta" xizmati "Ovozli pochta" va "Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi" xizmatlari bilan birga ishlamaydi. "Dinamik ovozli pochta" xizmatini faollashtirish uchun, avval yuqorida keltirilgan xizmatlarni o‘chirish kerak bo‘ladi.  
  • Abonent qurilma sozlamalarida qo‘ng‘iroqni boshqa raqamga yo‘naltirish orqali xizmatni ulagan holda kompaniya xizmat faoliyati va sifati uchun javobgar emas.
Tavsiya etilgan xizmatlar

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.