Abonentlarga
Xizmatlar
Doimiy aloqa
O‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar xizmatlari

O‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar xizmatlari

Sizga kim qo‘ng‘iroq qilganidan boxabar bo‘ling!

*977# raqamiga USSD-so‘rov yuborib, o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar haqida qay tartibda xabar topishni o‘zingiz tanlang!

Quyida keltirilgan xizmatlardan birini tanlab, telefoningiz o‘chirilgan yoki xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida bo‘lganida, o‘z vaqtida Sizga kim qo‘ng‘iroq qilganidan xabar toping!

 Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi

 Ovozli Pochta

 Dinamik ovozli pochta

Faolashtirish:


Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi

Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi:


Agar Sizning telefoningiz xizmat ko‘rsatish tarmog‘idan tashqarida yoki o‘chirilgan bo‘lsa, Siz tarmoqqa qaytishingiz bilan xizmat yordamida SMS-xabar orqali quyidagi ma‘lumotlarni qabul qilasiz:
  • o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlarning umumiy soni;
  • har bir raqam bo‘yicha alohida qoldirilgan qo‘ng‘iroqlarning soni;
  • so‘nggi qo‘ng‘iroq qilgan raqamlarning vaqti va sanasi.
Kirish SMS-xabarining namunasi:
Sizda javobsiz qo‘ng'iroq bor. Abonent +998YYxxxxxxx Sizga "x"ta qo‘ng'iroq qildi, oxirgi marta "lastcalltime"da.
(bu yerda: х – umumiy chaqiruvlar soni, lastcalltime - so'nggi qo'ng'iroq vaqti).

 Yodda saqlang! "Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi" xizmati "Ovozli pochta" va "Dinamik ovozli pochta" xizmatlari bilan birga amal qilmaydi. Shuning uchun "Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi" xizmatini faollashtirishdan oldin, yuqorida keltirilgan xizmatlarni o‘chirish kerak bo‘ladi.

Xizmatga ulanish - $0
Kunlik abonent to'lovi - $0.025/kun

Men aloqadaman!


"Men aloqadaman!" qo‘chimcha xizmati - xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida bo‘lganingizda yoki telefoningiz o‘chirilganida Sizga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmagan abonentlarga, Siz aloqaga chiqganingizda bu haqida SMS-xabar olish imkoniyatini beradi.

"Men aloqadaman" xizmatidan foydalanish uchun abonentda "Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi" yoki "Ovozli pochta" xizmatlari yoqilgan bo‘lishi kerak.
Xizmat bepul taqdim etiladi.

 E‘tibor bering! Agar telefonda "Xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqari" holatida boshqa raqamga yo‘naltirish yoqilgan bo‘lsa xizmat ishlamaydi.
Ovozli pochta
Ovozli pochta Sizga mobil kotib sifatida xizmat ko‘rsatadi. Ovozli pochta Sizga qo‘ng‘iroq qilayotgan abonentlarga ovozli xabar qoldirishni taklif etadi, uni saqlaydi va xabar qabul qilingan sana va vaqt to‘g‘risida Sizga SMS-xabarnoma yuboradi. Shuningdek, xizmat doirasida telefoningiz o‘chirilgan yoki xizmat doirasidan tashqarida bo‘lganida o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar haqida SMS-xabarnoma yuboradi.

9977 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, bosh menyuning aytib turishiga rioya qilib, Siz uchun qoldirilgan ovozli xabarlarni o‘zingizga qulay vaqtda eshitishingiz, ularni saqlab qo‘yishingiz yoki ushbu xizmatni ulagan boshqa Ucell abonentlariga yuborishingiz mumkin. Shuningdek, standart salomlashish o‘rniga yaqinlar, do‘stlar, hamkasblar yoki tanishlaringiz uchun foydali ma‘lumotlarni qo‘llagan holda, shaxsiy salomlashuvingizni yozib olishingiz mumkin.

https://vms.ucell.uz/ manzili bo‘yicha shaxsiy kabinetdan foydalanib, Siz ovozli xabarlarni (eshitish, saqlash, o‘chirish, yuklash) va o‘z ovozli poshtangiz sozlamalarini (aytib turish tilini tanlash, parol, salomlashuv) boshqarishingiz mumkin.

Muhim qo‘ng‘iroq kutyapsizmi, biroq telefoningiz yoningizda emasmi? Boshqa raqamlardan foydalangan holda, ovozli xabarlar xizmatiga kirish imkoniyatini qo‘lga kiriting, shuningdek "Ovozli pochta" xizmatining barcha imkoniyatlaridan 1719977 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib biling.

1719977 raqamiga chiqish qo‘ng‘irog‘ining narxi abonent foydalanayotgan tarif asosida belgilanadi.

1719977 raqamiga qo‘ng‘iroq yordamida shaxsiy kabinet va ovozli qutiga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun 9977 raqamiga bo‘sh SMS yuboring.

 Yodda saqlang! "Ovozli pochta" xizmati "Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi" va "Dinamik ovozli pochta" xizmatlari bilan birga amal qilmaydi. Shuning uchun "Ovozli pochta" xizmatini faollashtirishdan oldin, yuqorida keltirilgan xizmatlarni o‘chirish kerak bo‘ladi.

Xizmatga ulanish - $0.01
Kunlik abonent to‘lovi - $0.01

 Eslatma: Agar Siz O‘zbekistondan tashqarida bo‘lsangiz va Ucellning rouming-hamkorlaridan birining tarmog‘idan foydalanayotgan bo‘lsangiz, VMS xizmatlarining amal qilishi uchun amalga oshirilgan qo‘ng‘iroqlar (chiqish va kirish) VMS tizimi orqali qabul qilinadi va roumingdagi tariflar asosida baholanadi.

Rouming bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlarning oldini olish uchun, agar Siz O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Ucell SIM-kartasidan foydalanmasangiz, Kompaniya Sizga quyidagilarni tavsiya etadi:
  • Mamkalatdan chiqishdan oldin kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirishning har qanday turini o‘chirib tashlang (USSD-so‘rovlar orqali: ##67# – bandligingiz sababli kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirishni bekor qilish, ##62# – aloqa yo‘qligi  sababli kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirishni bekor qilish, ##61# - javob bo’lmagan sababli kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirishni bekor qilish);
  • Ovozli pochta va Dinamik ovozli pochta xizmatlarini (*977*3*2# va *977*4*2# USSD-so‘rovlari orqali) o‘chiring;
  • Rouming xizmati o‘chirilganligiga (*155*3# USSD-so‘rovi orqali)  ishonch hosil qiling;
  • Rouming xizmati faol bo‘lgan hollarda chet el operatori tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tmang. Rouming xizmati faol bo‘lmagan holda, roumingda hech qanday to‘lov amalga oshirilmaydi.
Dinamik ovozli pochta
"Dinamik ovozli pochta" xizmati yordamida, Sizga qo‘ng‘iroq qilib tusholmagan abonentlarga Siz uchun ovozli xabar qoldirish imkoniyatini beradi. Raqamingiz tarmoqda paydo bo‘lganida, xizmat Siz pochtangizga yuborilgan yangi ovozli xabarlar haqida ma‘lumot yuboradi. Ovozli xabarlarni eshitish uchun 9977 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish kerak bo‘ladi. Ushbu raqamga qo‘ng‘iroq qilganingizda eshitish rejimi orqali ularni eshitib ko‘rishingiz mumkin.

Ovozli xabarlarni saqlash muddati – 2 kunni tashkil etadi. Ovozli quti to‘lsa, eski xabarlar o‘chib ketadi. Eski xabarlarni saqlash muddati tugagandan so‘ng va yangi xabarlar bo‘lmasa, ovozli quti avtomatik tarzda o‘chadi. Yangi xabar kelish holatida ovozli quti qayta tiklanadi.

 Yodda saqlang!
  • "Dinamik ovozli pochta" xizmati "Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi" va "Ovozli pochta" xizmatlari bilan birga amal qilmaydi. Shuning uchun "Dinamik ovozli pochta" xizmatini faollashtirishdan oldin, yuqorida keltirilgan xizmatlarni o‘chirish kelish kerak bo‘ladi.
  • Agar dinamik ovozli pochta xizmati raqamini boshqa raqamga yo‘naltirsangiz, Kompaniya xizmat faoliyati uchun javob bermaydi.
  • Agar qo‘ng‘iroq qilayotgan abonent Sizga xabar qoldirmasa, xizmat Sizga SMS-xabarnoma yubormaydi.
  • Аgar Siz O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lib, Ucell rouming-hamkorlaridan birining xizmatlaridan foydalansangiz, "Dinamik ovozli pochta" xizmatiga ulanish uchun qilingan qo‘ng‘iroqlar narxi (kirish va chiqish) rouming tariflari asosida baholanadi.
Xizmatga ulanish - $0
Kunlik abonent to‘lovi - $0
Xizmatlarni solishtirish

Xizmatlarni solishtirish jadvali

Xizmat ko‘rsatkichlari
Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi
Ovozli pochta
Dinamik ovozli pochta
Xizmatni boshqarish
uchun USSD
*977#
*977#
*977#
Ulanish narxi, $
0
0.01
0
Kunlik abonent to‘lovi, $ 0.025
0.01
0
SMS- xabarnoma
Ha
Ha
Ha, agar ovozli xabar
qoldirilgan bo‘lsa
Ovozli xabarlar soni*
-
100
20
Ovozli xabarlarni
saqlash muddati
-
Cheklanmagan
2 kun
Ovozli xabarlarning
davomiyligi
-
120 soniya
60 soniya
Ovozli signaldan
so‘ng qo‘ng‘iroq
qilayotgan abonent
uchun chiqish
qo‘ng‘irog‘ining narxi
-
Tarifda belgilangan
chiquvchi qo‘ng‘iroqga
asosida baholanadi
Tarifda belgilangan
chiquvchi qo‘ng‘iroqga
asosida baholanadi
Shaxsiy kabinet
vms.ucell.uz
Yo‘q
Ha
Yo‘q
Shaxsiy ovozli
salomlashuv
Yo‘q
Yo‘q
Yo‘q
Salomlashuvning
maksimal davomiyligi
-
60 soniya
-
+998930009966
raqamiga yo‘naltirilgan qo‘ng‘iroqlar, $
0**
 
0
 
0
 
9977 raqamiga
chiquvchi
qo‘ng‘iroqlar, $
-
0
0
1719977 raqamiga
chiquvchi qo‘ng‘iroqlar:
-
Abonent tomonidan
foydalanilayotgan
tarifga binoan
-
9977 raqamiga SMS, $
-
0
-

*Ovozli quti to‘lsa, avval eski xabarlar o‘chib ketadi.
**+998930009966 raqamiga yo‘naltirilgan qo‘ng‘iroqlar tarif doirasidagi efir vaqti limitidan foydalanmaydi

Tavsiya etilgan xizmatlar

Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!