Endi "Do‘stim hisobidan qo‘ng‘iroq" xizmati bilan siz hisobingiz haqida qayg‘urmasdan qo‘ng‘iroq amalga oshirishingiz yoki yaqin insoningiz sizga qo‘ng‘iroq qilganda xarajatlari haqida bosh qotirmaslikka ko‘maklashishingiz mumkin.
Narxi: qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi abonent uchun har bir daqiqasi 126.3 so‘m ga teng (qo'ng'iroqni qabul qiluvchi abonentning tarif rejasidan qat'iy nazar).
Xizmatdan foydalanish uchun do‘stingiz raqamidan oldinyulduzcha (*) raqamini tersangiz kifoya: *99893xxxxxxx yoki *99894xxxxxxx.
Qabul qilayotgan abonentga sizning raqamdan qo‘ng‘iroq amalga oshiriladi va so‘zlashuvni uning hisobidan to‘lash taklif etiladi. Agar qabul qiluvchi abonent qo‘ng‘iroqni to‘lashga roz bo‘lsa raqamini bosishi lozim. Agar qabul qiluvchi abonent qo‘ng‘iroqni to‘lashga rozi bo‘lmasa
raqamini yoki qo‘ng‘iroqni tugatish (
) tugmasini bosishi lozim, bunda sizga qabul qiluvchi abonent qo‘n‘giroqni rad etgani haqida xabar eshittiriladi.
Ulanish muvaffaqiyatli amalga oshirilganda qo‘ng‘iroqning har bir daqiqasi 126.3 so‘m teng narxda narxlanadi.
Diqqat! Xizmat "Do‘stim hisobidan qo‘ng‘iroq" xizmatidan faqat tarmoq ichida va Prepaid tizimidagi abonentlar o‘rtasida foydalanish mumkin.
Diqqat! Qo‘ng‘iroqni amalga oshirayotgan abonentda "Raqamni yashirish" xizmati ulangan bo‘lsa xizmat orqali qabul qilayotgan abonent ushbu raqamni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.
Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.
Diqqat!