Abonentlarga
Xizmatlar
Doimiy aloqa
Ovozli Pochta

Ovozli Pochta

Ucellning ovozli xabarlar xizmati bu – qulay, tez va ishonchlidir!

VMS (Voice Mail Service – Ovoz Pochtasi Xizmati) - Ucell abonentlariga ovozli va video xabarlarni yo‘llash, qabul qilish, eshitib ko‘rish imkonini beradi.

VMS xizmati yordamida siz telefoningiz o‘chirilgan, band yoki xizmat doirasidan tashqarida bo‘lsa ham bironta qo‘ng‘iroqni o‘tkazib yubormaysiz!

Ulanish narxi - 42.1 so‘m

Kunlik abonent to‘lovi - 42.1 so‘m


Foydalanish

VMS xizmatidan qanday foydalanish kerak?

Sizga bu xizmatdan foydalanish qulay va oson bo‘lishi uchun quyidagi imkoniyatlar majvud:

  • Ovozli menyu – 9977 raqamiga qo’ng’iroq qiling. Xizmatni sozlash va undan foydalanish jarayonida maxsus tanlangan ovozli yordam orqali o‘zingizga qulay qilib sozlashingiz mumkin. Ovozli menyudagi yo‘riqnomalarga rioya qilib, telefoningizning kerakli tugmalarini bosing.
  • Ovozli xabarlarni shaxsiy kabinet orqali boshqarish - https://vms.ucell.uz. Parol’ni olish uchun, bo’sh SMSni 9977 raqamiga yuboring.
Imkoniyatlar

VMS xizmati qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?

  • ovozli imzo va salomlashishni yozish – osonlikcha o‘z ovozinigiz bilan salomlashish matnini yozib, tizimga kiritishingiz mumkin;
  • ovozli qutini parol bilan himoyalash – har bir abonent xabarlarni saqlash uchun o‘z shaxsiy qutisiga ega. Sizning ovozli xabarlaringizni boshqa foydalanuvchilar eshitolmasliklari uchun shaxsiy parolingizni o‘rnatishingiz mumkin;
  • ovozli qutini parol bilan himoyalash – har bir abonent xabarlarni saqlash uchun o‘z shaxsiy qutisiga ega. Sizning ovozli xabarlaringizni boshqa foydalanuvchilar eshitolmasliklari uchun shaxsiy parolingizni o‘rnatishingiz mumkin;
  • boshqa abonentga xabar yo‘llash – qabul qilingan xabarni boshqa abonentga yo‘llashingiz mumkin. Misol uchun, rahbaringiz sizning mobil telefoningizda og‘zaki topshiriqni qoldiradi. VMS xizmati orqali Siz bu xabarni boshqa hamkasblaringizga yo‘llashingiz mumkin bo‘ladi. (Bunda boshqa abonentda ushbu xizmat yoqilgan bo’lishi kerak).
  • xabardor etish – ovozli xabarinizni qabul qilinganligi haqida xabardor bo‘lish tizimini o‘rnatishingiz mumkin. Buni SMS yordamida yoki tovushli signal orqali yetkaziladi.
  • xabarlar qutingizga shahar tarmog‘i telefonidan kirish – Ucelldan yana bir ajoyib xizmat. Yoningizda mobil telefoni yoq yoki uning zaryad kuchi qolmagan, biroq siz muhim ovozli xabarni kutyapsizmi? Bu xizmatning barcha imkoniyatlarini his etish uchun shahar tarmog‘i telefonidan 1719977 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ovozli qutingizga kirishingiz mumkin. Uning ustiga bu xabarlarni eshitish – BEPUL.
Faollashtirish

VMS xizmatini qanday faollashtirish kerak?

  • Ucellning Xizmat ko’rsatish markazlarida yoki sizga yaqin bo’lgan agentlik punktlaridan birida VMS xizmatini yoqtiring;
  • VMS xizmatini osonlikcha *977# raqamiga USSD so’rov jo’natib va quyidagi USSD menu orqali yoqtirishingiz mumkin.

 Yodda saqlang! "Ovozli pochta" xizmati "Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi" va "Dinamik ovozli pochta" xizmatlari bilan birga amal qilmaydi. Shuning uchun "Ovozli pochta" xizmatini faollashtirishdan oldin, yuqorida keltirilgan xizmatlarni o‘chirish kerak bo‘ladi. 

Xizmat ko‘rsatkichlari
Xizmat ko‘rsatkichlari
Ovozli pochta
Xizmatni boshqarish
uchun USSD
*977#
Ulanish narxi, so‘m
42.1 so‘m
Kunlik abonent to‘lovi, so‘m
42.1 so‘m
SMS- xabarnoma
Ha
Ovozli xabarlar soni*
100
Ovozli xabarlarni
saqlash muddati
Cheklanmagan
Ovozli xabarlarning
davomiyligi
120 soniya
Ovozli signaldan
so‘ng qo‘ng‘iroq
qilayotgan abonent
uchun chiqish
qo‘ng‘irog‘ining narxi
Tarifda belgilangan
chiquvchi qo‘ng‘iroqga
asosida baholanadi
Shaxsiy kabinet
vms.ucell.uz
Ha
Shaxsiy ovozli
salomlashuv
Ha
Salomlashuvning
maksimal davomiyligi
60 soniya
+998930009966
raqamiga yo‘naltirilgan qo‘ng‘iroqlar, so‘m
0
 
9977 raqamiga
chiquvchi
qo‘ng‘iroqlar, so‘m
0
1719977 raqamiga
chiquvchi qo‘ng‘iroqlar:
Abonent tomonidan
foydalanilayotgan
tarifga binoan
9977 raqamiga SMS, so‘m
0

*Ovozli quti to‘lsa, avval eski xabarlar o‘chib ketadi.

**+998930009966 raqamiga yo‘naltirilgan qo‘ng‘iroqlar tarif doirasidagi efir vaqti limitidan foydalanmaydi

 ESLATMA: agar siz O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lib, Ucell rouming-hamkorlari xizmatlaridan foydalansangiz, VMS xizmatiga bo‘lgan qo‘ng‘iroqlar (kirish va chiqish) rouming tariflari asosida narxlanadi.

Rouming bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlarning oldini olish uchun, agar Siz O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Ucell SIM-kartasidan foydalanmasangiz, Kompaniya Sizga quyidagilarni tavsiya etadi:

  • Mamkalatdan chiqishdan oldin kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirishning har qanday turini o‘chirib tashlang (USSD-so‘rovlar orqali: ##67# – bandligingiz sababli kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirishni bekor qilish, ##62# – aloqa yo‘qligi  sababli kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirishni bekor qilish, ##61# - javob bo’lmagan sababli kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa raqamga yo‘naltirishni bekor qilish);
  • Ovozli pochta va Dinamik ovozli pochta xizmatlarini (*977*3*2# va *977*4*2# USSD-so‘rovlari orqali) o‘chiring;
  • Rouming xizmati o‘chirilganligiga (*155*3# USSD-so‘rovi orqali)  ishonch hosil qiling;
  • Rouming xizmati faol bo‘lgan hollarda chet el operatori tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tmang. Rouming xizmati faol bo‘lmagan holda, roumingda hech qanday to‘lov amalga oshirilmaydi.
Tavsiya etilgan xizmatlar

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.