Abonentlarga
Xizmatlar
Portallar va ilovalar
Ucell Amediateka onlayn-kinoteatri

Ucell Amediateka onlayn-kinoteatri

Amediateka Home of HBO – bu MDHdagi eng yirik onlayn-servislardan biri bo‘lib, dunyodagi yetakchi – HBO, Showtime, Starz, CBS, Fox, Sony, ABC Studios va boshqa studiyalar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi* seriallarning legal jamlanmasiga ega.

Ucell Amediateka onlayn-kinoteatrining afzalliklari

Bir vaqtning o‘zida yetakchi studiyalardan premyeralar butun dunyo bilan birga!

Seriallar va filmlarning rus va original tilda!

Filmlar va seriallarni istalgan qurilmada tomosha qiling!

Mobil trafik sarflanmaydi! Barcha kontent TAS-IX hududida joylashgan.

Obuna bo‘lish

iOS uchun

Android uchun

Veb-portalidan foydalaning

Narx
«Bir kunlik» obuna
800 so'm
«Bir oylik» obuna
16 000 so'm
Shartlar

Ucell Amediateka xizmati doirasida siz quyidagi obuna va xizmatlardan foydalana olasiz:
  • «Bir oylik» obuna. Obuna xarid qilingan kundan boshlab 30 kun mobaynida amal qiladi. Obuna narxi – 30 kunga 16 000 so‘m.
  • «Bir kunlik» obuna. Obuna xarid qilingan vaqtdan boshlab shu kunning yakunigacha amal qiladi. Obuna narxi – kuniga 800 so‘m**.

Shunchaki Ucell Amediateka portalida yoki Ucell Amediateka ilovasida o‘z Ucell telefon raqamingiz yordamida ro‘yxatdan o‘ting, parolni SMS tarzida oling, uni kiriting va istalgan obunani rasmiylashtiring.
Kontentni tomosha qilish uchun siz o‘zingizning uy internetingizdan ham foydalansangiz bo‘ladi; bunda trafik sarflanmaydi, chunki barcha kontent TAS-IX hududida joylashgan.
Xizmatni boshqarish Ucell Amediateka portalida yoki mobil ilovasida amalga oshiriladi.
Xizmat doirasidagi barcha kontent litsenziyalangan.

 
Eslatma:
  • «Bir oylik» obunani rasmiylashtirishda, abonentga to‘liq tezlikdagi 5 GB internet-trafik taqdim etiladi, keyin esa tezlik 1.5 Mbit/soniyagacha cheklanadi, bu tezlik seriallar va filmlarni mobil qurilmalarda uzluksiz tomosha qilish uchun yetarli.
  • «Bir kunlik» obunani rasmiylashtirishda, abonentga to‘liq tezlikdagi qo‘shimcha 2 GB trafik taqdim etiladi, keyin esa tezlik 1.5 Mbit/soniyagacha cheklanadi.
  • Xarid qilingan «Bir oylik» obuna 30 kunlik muddatga avtomatik uzaytirishsiz rasmiylashtiriladi.
  • **Xarid qilingan «Bir kunlik» obuna kun oxirigacha avtomatik uzaytirish funksiyasi bilan faollashadi.
  • Ucell Amediateka onlayn-kinoteatri faqat Prepaid tizimi abonentlari uchun amal qiladi.
  • Obuna faolashtirilgan vaqtdan toki abonent tomonidan o‘chirilmagunicha rasmiylashtirilgan hisoblanadi.
  • Obunadan bir vaqtni o'zida faqat bitta uskunadan foydalanish mumkin.
Muhim! Internet-trafik ortiqcha sarflanishining oldini olish uchun, xizmatni ulatgandan so‘ng qurilmada ma’lumot uzatishni o‘chirish orqali internet-sessiyani tugatish va keyin internet-sessiyani yangidan ulash lozim.
  • Qayerda serial va filimlarni ko'rish mumkin?

    1. Kompyuterda (ОС Windows yoki Mac):
    - internetga ulanish faoligini tekshiring;
    - «Ucell Amediateka» veb-portaliga havola orqali kiring.

    2. iOS operatsion tizimidagi smartfon yoki planshetida: 
    - internetga ulanish faoligini tekshiring;
    - «Ucell Amediateka» mobil ilovasini AppStoredan yuklab, ornatib oling.

    3. Android operatsion tizimidagi smartfon yoki planshetida:
    - internetga ulanish faoligini tekshiring;
    - «Ucell Amediateka» mobil ilovasini Google Playdan yuklab, ornatib oling..

  • Qanday ro'yxatdan o'tiladi?

    1. Menu bo’limiga kiring

    2. Ro’xatdan o’tish bo’limida o’z Ucell telefon raqamingizni (9989YXXXXXX formatida), portaldan keyinchalik avtorizatsiyadan o’tish uchun parolingizni, familiya va foydalanuvchi ismini kiriting. “Ro’yxatdan o’tish” tugmasini bosing

    3. Kiritilgan telefon raqamiga tasdiqlovchi kodli SMS-xabarni oling.

    Tasdiqlash oynasiga kelgan kodni kiriting.

    Tayyor!

  • Avtorizatsiyadan qanday o‘tish mumkin?

    1. AppStore yoki PlayMarketdan ilovani yuklab oling.

    2. Mobil qurilmaga o‘rnating.

    3. Ilovani oching va “Ilova” menyusiga o‘ting.

    4. “Kirish” bo‘limiga o‘ting. Profilingiz raqami va parolini kiriting.
    Muhim! Telefon raqami quyidagi formatda kiritiladi: 9989YXXXXXXX (plyus belgisi kerak emas). Kirish tugmasini bo’sing..

    Tayyor!

  • Qanday obuna bo'lish mumkin?

    1. Samarali ro’yxatdan o’tganingizdan keyin obunalardan birini xarid qilishingiz kerak (“Bir oy”lik yoki “Bir kun”lik). Buning uchun “Menyu”ga o‘tib “Obuna” qo‘shimcha varag‘iga o‘ting.

    2. To‘lov ko‘rsatilgan abonent raqami hisobidan amalga oshiriladi

    3. Filmlarni tomosha qilish uchun “Menyu”ga o‘tib istalgan filmingizni tanlang.

  • Obunani qanday bekor qilish mumkin?

    1. Ucell Amediateka veb-portalida yoki mobil ilovasida avtorizatsiyadan o‘ting

    2. Menyuga o‘ting

    3. “Obuna” bo‘limini oching

    4. Faol obuna sahifasiga o‘ting

    5. “Obunani bekor qilish” tugmasini bosing

    6. “Obunani bekor qilish” tugmasiga bosib rostdan ham obunani bekor qilmoqchi ekanligingizni tasdiqlang.
    Tayyor!

    Muhim! Obunani bekor qilganingizdan keyin Ucell Amediateka xizmatiga kirish yopiladi. Xizmatdan qayta foydalanish uchun yangi obuna xarid qilish kerak bo‘ladi.

AMEDIA TV kompaniyasi Rossiya mediabozoriga 2013-yili kirib kelgan va bugungi kunda Rossiya premial televideniye va SVOD bozorining yetakchisi hisoblanadi. 2017-yilning iyulida kompaniyaning premial servislari (AMEDIATEKA, shuningdek AMEDIA Premium, AMEDIA Hit telekanallari) HOME OF HBO maqomini oldi va xalqaro HBO oilasiga kirdi. Teletarmoqning barcha premyeralari AQSHdagi namoyish bilan bir vaqtda Rossiyada eksklyuziv tarzda AMEDIA TV servislarida chiqadi.
*IMDB.com reytingiga ko‘ra


Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.