Abonentlarga
Xizmatlar
Portallar va ilovalar
Zvuk musiqiy ilovasi

Zvuk musiqiy ilovasi

Sevimli musiqalaringiz hamisha va har yerda siz bilan birga!

Ucellning Zvuk xizmati sizga sevimli musiqalaringizni trafik to‘lovisiz, hamisha va har yerda onlayn tinglash imkonini beradi.

Shunchaki *866# USSD-menyusi orqali Zvuk xizmatini ulating, Zvuk ilovasini yuklab oling, Ucell raqamingizdan foydalanib profil oching va 19 milliondan oshiq taronalarni tinglash imkoniga ega bo‘ling.

Ulanishdan keyingi dastlabki 30 kun xizmat mutlaqo bepul taqdim etiladi!

Obuna narxi – kuniga atigi 990 so‘m.

Afzalliklar

Obunani rasmiylashtirib, siz:

  • Musiqa tinglashga internet-trafik sarflamay turib uni onlayn tarzda tinglashingiz;
  • Hatto internet bo‘lmaganida ham tinglash uchun taronalarni yuklab olishingiz;
  • Musiqani yuqori sifatda tinglashingiz mumkin.

Xizmat *866# USSD-raqami orqali boshqariladi.

Muhim!

  • Internet-trafik sarflanishining oldini olish uchun, xizmatni ulatgandan so‘ng qurilmada ma’lumot uzatishni o‘chirish orqali internet-sessiyani tugatish va keyin internet-sessiyani yangidan ulash lozim.
  • Bepul muddat faqat xizmatni birinchi ulatishdagina amal qiladi.
Qo'llanma

Zvuk xizmatini USSD-menyu orqali ulash:

1-qadam. *866# USSD-so‘rovini tering va tegishli buyruqlarni jo‘natib, xizmatga ulaning.

2-qadam. USSD-so‘rovni terganingizdan keyin kelgan SMSni oching. Xabardagi havola orqali o‘tib, Zvuk ilovasini yuklab oling.

3-qadam. Ilovani yuklab olgach, uni oching va profil varaqasiga (tabassumli smaylik) o‘ting. Keyin «Kirish» («Войти») tugmachasini bosing va kirish uchun o‘z telefon raqamingizdan foydalaning.

4-qadam. «Kodni yuborish» («Отправить код») tugmasini bosing, so‘ng sizga SMS tarzida 4 raqamdan iborat kod keladi. Ushbu kodni ilovaga kiritishingiz lozim

Tayyor! Endi siz musiqalarni internet-trafik to‘lovisiz tinglashingiz va ko‘chirib olishingiz mumkin.

Eslatma
  • Ilova muqovalarni yuklashga va Zvuk ilovasining boshqa servislariga kam miqdorda trafik sarflashi mumkin. Bunda musiqa tinglashga sarflangan trafikning bari bepul bo‘ladi va internet-to‘plamlar trafigini sarflamaydi.
  • Bir oyda abonentga ilovadan foydalanish uchun to‘liq tezlikdagi 500 MB trafik taqdim etiladi, keyin tezlik musiqani uzluksiz tinglash uchun yetarli bo‘lgan 1 Mbit/soniyagacha cheklanadi.
  • Obuna toki uning bekor qilinish vaqtigacha rasmiylashtirilgan hisoblanadi.

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.