Abonentlarga
Xizmatlar
Xizmatlar arxivi
"U-to‘lov orqali hisob to‘ldirish evaziga bonuslar" aksiyasi

"U-to‘lov orqali hisob to‘ldirish evaziga bonuslar" aksiyasi

Hisobni 3000 so‘m va undan ko‘proqqa to‘ldirish evaziga U-to‘lovdan bonus oling!

"U-to‘lov"ga ulaning, istalgan joyda va xohlagan vaqtda hisobni to‘ldiring va Ucelldan bonuslar oling! Xizmatga birinchi ulanishda va Prepaid tizimidagi istalgan Ucell abonenti hisobini to‘ldirishda, Siz 7 kunga 100 SMS, 100 MB va tarmoq ichida 100 daqiqa miqdorida bonus olasiz. Keyinchalik, hisobni 3000 so‘m va undan ko‘proqqa to‘ldirib, Siz yana xuddi shunday bonus olasiz. Kuniga 2 martagacha bonus olishingiz mumkin.


"U-to‘lov" ga ulanish

Siz bir necha oddiy qadamlarni bajarish orqali xizmatni ulatishingiz mumkin:

  1. Eng yaqin bank yoki bankomatda bank plastik kartangiz bo‘yicha o‘z raqamingizga "SMS-xabarnoma" xizmatini ulating.
  2. "SMS-xabarnoma" xizmati ulangan raqamingizdan quyidagi bepul so‘rovni yuborib, bank to‘lov kartasini "U-to‘lov"ga bog‘lang:
  • *888*bank kartasi raqami*bank kartasining amal qilish muddati# (*888*8600XXXXXXXXXXXX*MMYY#);
  1. *888# ni tering, "USSD-buyruqlar" menyusida "Sozlamalar -> PIN-kod sozlamalari"ga kiring va 5 raqamdan iborat betakror PIN-kod o‘rnating;

Tayyor!

"U- to‘lov" tizimiga ulanish uchun batafsil yo‘riqnoma
 

Aksiya shartlari
  • Aksiyada Prepaid abonentlari ishtirok etishlari mumkin.
  • Ulanganlik va birinchi to‘lov uchun birlamchi bonus "U-to‘lov"da profil yaratilib, birinchi to‘lovni amalga oshirilganidan keyin taqdim etiladi, faqat buning uchun bank plastik kartasi abonent profiliga bog‘langan bo‘lishi, "U-to‘lov" orqali to‘lov esa aksiya boshlanganidan keyin amalga oshirilgan bo‘lishi lozim.
  • Hisobni to‘ldirganlik uchun ikkilamchi bonus abonent hisobini 3000 so‘m va undan ko‘proq miqdorga to‘ldirgandan keyin taqdim etiladi. Ikkilamchi bonus sutkada 2 martadan ko‘p taqdim etilmaydi.
  • Agar Kompaniya abonenti Kompaniyaning istalgan abonenti shaxsiy hisobiga "U-to‘lov" tizimi orqali birinchi marta to‘lovni amalga oshirsa, ammo "U-to‘lov"ga ulanishni Aksiya boshlanmasidan oldin amalga oshirgan bo‘lsa, u holda ulanganlik uchun birlamchi bonus taqdim etilmaydi;
  • Belgilangan bonuslardan abonent faqat Faol holatda bo‘lganidagina foydalana oladi;
  • Agar hisobni to‘ldirish miqdori 3000 so‘mdan kam bo‘lsa, ikkilamchi bonus taqdim etilmaydi;
  • Agar ikkilamchi bonus avvalgi bonus sarflab tugatilmasdan oldin olinsa, u avvalgisining qoldig‘iga qo‘shiladi, lekin uning amal qilish muddatini uzaytirmaydi;
  • *151# raqamiga USSD-so‘rov yuborish orqali bonusni tekshirishda barcha belgilangan bonuslar yig‘indisi miqdori aks ettiriladi va bonusning amal qilish muddati oxirgi hisob to‘ldirishga ko‘ra ko‘rsatiladi;
  • Amal qilish muddati ertaroq tugaydigan bonuslar birinchi bo‘lib sarflanadi;
  • "Baxtli 25", "Aniq" va "Aniq+" tarif rejalari doirasida belgilangan MB ko‘rinishidagi bonuslar, mazkur tarif rejalari doirasida taqdim etiluvchi kunlik Internet-trafik tugaganidan keyin sarf etiladi.
  • Bonusning amal qilish muddati uning belgilanganidan keyingi 8-kun, soat 23:59:59 da tugaydi;
  • "COSCOM" MChJ tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqa xizmatlarini taqdim etish haqidagi Shartnoma bekor qilingan taqdirda, belgilangan bonus mablag‘lari abonentga qaytarilmaydi;
  • Aksiyaning o‘tkazilish davri 15.02.2017 – 15.04.2017.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.