Abonentlarga
Xizmatlar
Xizmatlar arxivi
"Yangi yil yutuqli o‘yini–2017" – Ucell va "Samarqand Darvoza" SKMning hamkorlikdagi yangi aksiyasi

"Yangi yil yutuqli o‘yini–2017" – Ucell va "Samarqand Darvoza" SKMning hamkorlikdagi yangi aksiyasi

Do‘stlar!

Biz "Samarqand Darvoza" SKM bilan hamkorlikda Yangi yil oldidan siz uchun eng qiziqarli kvest o‘yinini ishlab chiqdik. U sizga, ayniqsa, pazzllar yig‘ish va sovg‘a olishni xush ko‘radigan bo‘lsangiz, juda ma’qul keladi. "Samarqand Darvoza" tomonidan taqdim etiluvchi sovrinlardan tashqari, sizda yana Android One yoki Huawei Y360 smartfoni yutib olish imkoniyati ham mavjud!

O‘yinga qo‘shilish uchun, Erkatoy tarmog‘i do‘konlari, beSTAR sayyohlik kompaniyasi yoki yevropacha franchayzing do‘konlaridan birida xaridni amalga oshiring hamda ishtirokchi kartasi va xarid miqdoriga mos tarzda pazzl detallarini qo‘lga kiriting (1 pazzl – 50 ming so‘m).

Sizlarga omad va Yangi yil mo‘jizalari tilaymiz!


Batafsil
Ucell o‘yin ishtirokchilariga universal pazzlni taqdim etadi, u umumiy kartaning mutlaqo istalgan detali o‘rnini bosishi va, agarda kartaning butkul to‘ldirilishi uchun Sizga bittagina detal yetishmayotgan bo‘lsa, hal qiluvchi rolni o‘ynashi mumkin.

6 yildan oshiq vaqtdan beri biz bilan bo‘lib kelayotgan abonentlar bunday pazzlning 1 donasini avtomatik tarzda olishadi. Ucelldan universal pazzl olishning boshqa yo‘li – o‘z hisobini bir martada 50 ming so‘mga to‘ldirishdir! Ammo Sizni ogohlantirib qo‘ymoqchimizki, bitta kartada faqat bittagina universal pazzldan foydalanish mumkin.

Ucell pazzllarini "Samarqand Darvoza" SKMning ikkinchi qavatidagi Ucell rasmiy vakilidan yoki Ucell bosh ofisidan olish mumkin. Ucellga ulanganiga 6 yildan oshiq vaqt bo‘lgan sodiq abonentlar *136# raqamiga so‘rov yuborib, USSD javobini ko‘rsatgan holda "Samarqand Darvoza" SKMdagi vakillardan pazzlni olishlari mumkin. *136# raqamiga so‘rov yuborish – bepul.

Karta to‘lgach, uni "Samarqand Darvoza" atriumida joylashgan lototronga solish kerak bo‘ladi. G‘oliblar 2017-yilning 13-yanvar kuni "Samarqand Darvoza" SKMda bo‘lib o‘tadigan yutuqli o‘yin davomida tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi.

Shuningdek, yakuniy sovrinlar o‘yinida aniqlangan g‘oliblarning har biri Ucelldan sovg‘a sifatida 30 kun muddatda amal qiluvchi 50 MB oladilar.

Ucell pazzlini, 50 MB ko‘rinishidagi bonusni olish yoki smartfon sohibiga aylanish uchun Ucell abonenti jismoniy shaxs – 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi lozim.

Aksiyaning o‘tkazilishi va g‘oliblarning aniqanishi uchun barcha mas’uliyat "Samarqand Darvoza" SKM zimmasiga yuklatiladi.
Sovrinlarni olish shartlari
Smartfonlarni olish uchun o‘yinda g‘olib bo‘lgan abonentlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining aslini, STIR, abonent shartnomasi, Kompaniya tomonidan daromad solig‘ini maksimal stavka bo‘yicha ushlab qolinishiga rozilik haqidagi tilxatni taqdim etishlari shart. Kompaniya, o‘z navbatida, taqdim etilgan hujjatlarning Kompaniya bazasida mavjud ma’lumotlar bilan o‘zaro mos kelishini tekshiradi.

Va har doimgidek, Ucell o‘z abonentlariga g‘amxo‘rlik qiladi hamda smartfon yutug‘i bilan bog‘liq bo‘lgan barcha soliqlarni to‘laydi.

01.03.2017-y. sanasiga qadar talab qilib olinmagan sovrinlar Kompaniya ixtiyorida qoladi va boshqa aksiyalarda ishlatilishi mumkin.

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.