Facebook SMS
Ucell Facebook SMS xizmatini Facebook bilan hamkorlikda taqdim etmoqda!
Endi siz eng mashhur ijtimoiy tarmoq hisoblanmish Facebookda Internetga kirish imkoniyatingiz bo’lmaganda ham do’stlaringiz bilan SMS orqali muloqot qilishingiz mumkin.
Facebook.com haqida qisqa ma’lumot
Bugungi kunda Facebook.com, 800 milliondan ortiq a’zoga ega bo’lgan dunyodagi eng mashhur ijtimoiy tarmoqlardan biri hisoblanadi.
Ucellning Facebookdagi sahifasi ishtirokchilari qatoriga qo’shilish uchun ushbu sahifaga kiring va Like yoki Rus tilidagi Мне нравится tugmasini bosing.
Facebook SMS xizmati haqida
Facebook SMS xizmati Ucell abonentlariga 32500 dan 32599 gacha bo’lgan raqamlar doirasidagi qisqa raqamlarga SMS jo’natish orqali o’z statuslarini yangilash, yangi do’stlarni, qo’shish va izohlar qoldirish, hamda do’stlarining holatlari, izohlari, rasmlari va boshqa ko’pgina ma’lumotlar haqidagi xabarlarni qabul qilish imkoniyatini beradi.
Xizmat abonent to’lovisiz taqdim etiladi va faollashtirishni talab qilmaydi.
Tegishli qisqa raqamlarga har bir chiquvchi SMS narxi – atigi $0.01;
Xizmatni boshqarish
Facebook SMS xizmatidan foydalanish uchun siz Ucell abonenti bo’lishingiz, hamda Facebook.com a’zosi bo’lishingiz lozim. Xizmat faollashtirishni talab qilmaydi.
Agarda siz Facebook ijtimoy tarmog’i a’zosi bo’lmasangiz
Agarda Facebook.com da akkauntingizga ega bo’lmasangiz, siz ushbu sahifa orqali akkaunt yaratishingiz mumkin.
Agarda siz Facebook ijtimoy tarmog’i a’zosi bo’lsangiz
Funksiyani yoqish
Agarda akkauntingizda Mobil xabarlar funksiyasi hali yoqilmagan bo’lsa, uni yoqtirish uchun quyidagilarni amalga oshiring:
- Facebookdagi o’z akkauntingizga kirganingizdan so’ng, Мобильные Настройки sahifasiga o’ting;
- Keyin esa "+ Добавьте номер телефона" tugmasini bosing va berilgan ko’rsatmalarni bajaring;
- Мобильные Настройки sahifasiga qayting va Уведомления bo'limiga o’z xohishingizga binoan o’zgartirishlar kiriting.
Facebook SMS xizmatini boshqarish komandalari
32500 qisqa raqamiga tegishli harakatni bajarish uchun quyidagi matnli SMS xabar jo’nating:
- help – xizmatning asosiy komandalari haqida ma’lumot olish uchun;
- yangi status matni (masalan, «Salom!» (qo’shtirnoqsiz)) – Facebookdagi yangi statusingizni o’rnatish uchun;
- add do’stingiz ismi (masalan, «add Ism Familiya» (qo’shtirnoqsiz)) – yangi do’stingizni qo’shish uchun;
- add do’stingiz telefon raqami (masalan, «add 99893#######» (qo’shtirnoqsiz)) – yangi do’stingizni qo’shish uchun;
- subscribe do’stingiz ismi (masalan, «subscribe Ism Familiya» (qo’shtirnoqsiz)) – do’stingizning yangi statuslari haqidagi xabarlarni qabul qilish uchun;
- like ucell – Ucellning Facebookdagi rasmiy sahifasiga qo’shilish uchun;
- on – Facebookdan keladigan barcha xabarlarni bloklashni to’xtatish uchun;
- off – Facebookdan keladigan barcha xabarlarni bloklash uchun;
Shuningdek, siz statuslar va rasmlar haqidagi xabarlarga "like" (menga yoqadi) matnini yoki o’z izohingiz matnini 32501-32599 raqamlar doirasidagi raqamdan kelgan xabarga javob sifatida yuborishingiz mumkin.
Masalan, agar sizga 32593 raqamidan do’stingiz sizning devoringizga "Salom, Yangi Yil bilan tabriklayman! :)" deb yozdi degan xabar kelsa, sizda "like" (menga yoqadi) matnini yoki o’z izohingiz "Yangi Yil bilan! :)" matnini javob sifatida 32593 raqamiga SMS orqali yuborish imkoniyatingiz bo’ladi.
Bundan tashqari, Siz Facebook ijtimoiy tarmog’ining Axborot Markazi sahifasini qarab chiqishingiz mumkin.
Ucell abonentlari uchun xizmat narxi
- Abonent to’lovi - $0;
- Har bir kiruvchi SMS narxi - $0;
- Har bir chiquvchi SMS narxi - $0.01.
Sizni Ucellning Facebookdagi rasmiy sahifasida kutamiz!
(a’zo bo’lish uchun 32500 raqamiga SMS orqali "like ucell" matnini jo’nating)