Abonentlarga
Xizmatlar
SMS xizmatlar
SMS Agent@Mail.ru

SMS Agent@Mail.ru

Xizmat "Mail.ru Agent" dasturi foydalanuvchilari va Ucell abonentlari o‘rtasida oson yo‘l bilan qisqa SMS xabarlar almashish imkoniyatini beradi.

Dastur orqali yozilgan hat endi abonent raqamiga to‘g‘ridan to‘g‘ri SMS xabar ko‘rinishida yetib boradi. Abonent xabar yuborgan foydalanuvchiga javob yozish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, yuborilgan xabarlar abonent nomidan yetib boradi.

Ushbu xizmat uchun quyidagi qisqa-raqamlar ishlatilinadi: 1940, 1941, 1942, 1943, 1944, 1945, 1948, 1949.

Xizmat narxi

Kunlik abonent to‘lovi  - 0 som;

1940-1945, 1948, 1949 raqamalaridan 1 (bir dona) kiruvchi xabar narxi  - 0 som;

1940-1945, 1948, 1949 raqamlariga 1 (bir dona) yuborilgan xabar narxi  - 252.6 so‘m.


Xizmatni boshqarish

Xizmat Prepaid va Postpaid tizim abonentlari uchun mavjud bo‘lib, xizmatni yoqtirish talab etilmaydi.

Xizmatdan foydalanish uchun Mail.ru saytida abonent shaxsiy pochtasi bo‘lishi zarur.

Mail.ru Agent dasturidan abonent telefon raqamiga xabarlar yuborish chegarasi

- Bir minutda bir donadan ko‘p xabar yuborish mumkin emas;
- Bir IP adresdan sutkasiga 250 dan ko‘p xabar yuborish mumkin emas.

Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.

Foydalanuv

1940-1945, 1948 va 1949 raqamalaridan qabul qilingan xabarlar quyidagi ko‘rinishga ega: "электронный адрес пользователя, текст сообщения. /Vy mojete otvetit‘"

Qabul qilinayotgan xabar misoli:

"ivanov@mail.ru Привет. Ты можешь мне перезвонить? /Vy mojete otvetit‘"

Yuborilayotgan xabarlar qabul qilingan qisqa raqamdan kelgan raqamga yuborilishi zarur.

"Javob berish" tugmasini bosib, xabar matni yoziladi, masalan: "Да, сейчас перезвоню" va "yuborish" tugmasi bosiladi

Qo‘shimcha ma‘lumot

- 1940-1945 raqamlariga yuborilgan SMS xabar uchun to‘lov xabar yuborilishi bilan amalga oshiriladi
- Agent@mail.ru dasturi xaqida batafsil ma’lumotni quyidagi manzildan toppish mumkin

Offlayn SMS

Mail.ru Agentdagi holatingiz  "O‘chiq" bo‘lgan vaqtda ham, Mail.ru Agentdagi aloqalar ro‘yxatida mavjud suhbatdoshlaringiz bilan muloqotda bo‘ling.

Ushbu xizmat uchun quyidagi qisqa raqamlardan foydalaniladi: 1950, 1951, 1952, 1953, 1954, 1955, 1956, 1957, 1958, 1959.

Ulanish

  • Mail.ru Agent (agent.mail.ru) saytiga kirasiz, "Shaxsiy kabinet" - "Sozlash" bo‘limida SMS-xabarlar kelishini istagan telefon raqamingizni ko‘rsatasiz;
  • Ko‘rsatilgan telefon raqamiga maxfiy kodli SMS-xabar keladi. Olingan maxfiy kodni maxsus bo‘limga kiritasiz va "Saqlash" buyrug‘ini bosasiz, shu tariqa o‘z telefon raqamingizni Mail.ru Agentdagi shaxsiy sahifangiz bilan bo‘g‘liqligini ta’minlaysiz;
  • "Shaxsiy kabinet"da telefon raqamini muvaffaqiyatli qayd etgach, "Sozlash" bo‘limida Abonent Mail.ru Agentdagi holati "O‘chiq" holatda bo‘lgan vaqtda Mail.ru Agentdagi xabarlari haqida SMS-xabar olish istagini tasdiqlashi mumkin bo‘ladi.
  • "Saqlash" buyrug‘ini bosish orqali, Abonent SMS-xabarlar olish haqidagi istagini tasdiqlaydi..

Narxlar

1950 – 1959 raqamlaridan 1 (bir) kirish SMS narxi - 0 so‘m;

1950 – 1959 raqamlariga 1 (bir) chiqish SMS narxi - 84.2 so‘m.

Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.

Foydalanish

Abonentning Mail.ru Agentdagi holati "O‘chiq" holatda bo‘lgan vaqtda unga Mail.ru Agent aloqalar ro‘yxatidagi suhbatdoshi xabar jo‘natsa, Ucell Abonenti SMS-xabar oladi.

Qisqa raqamlarning biridan olingan SMS-xabar telefonda oddiy SMS-xabar ko‘rinishida saqlanib qoladi.

Suhbatdoshga javob qaytarish uchun javob SMS xabari jo‘natish zarur. Javob SMS xabaridagi matn suhbatdoshga Mail.ru Agent xabari ko‘rinishida boradi.

SMS-xabarga istalgan vaqtda javob qaytarish mumkin.

Xizmatni o‘chirish

SMS-xabarlarni to‘xtatish uchun Mail.ru Agentdagi shaxsiy kabinetga kirib, "Sozlash" bo‘limida "Offlayn xabarlarni SMSda olish" bo‘limidagi belgini o‘chirish va "Saqlash" buyrug‘ini bosish kerak.

Cheklov
  1. Agar Abonent bir suhbatdoshdan kelayotgan SMS-xabarlarga javob qaytarmasa, shu suhbatdoshdan SMS-xabarlar kelishi to‘xtatiladi. Boshqa suhbatdoshlardan SMS-xabarlar muntazam kelishda davom etadi;
  2. SMS-xabarlar mobil telefoningizga quyidagi holatlarda keladi:
  • Mail.ru Agentda Sizga xabar jo‘natgan suhbatdosh Mail.ru Agentingiz aloqalar ro‘yxatida mavjud bo‘lsa;
  • Abonentning Mail.ru Agentdagi holati ham mobil telefoni, ham kompyuterida "O‘chiq" bo‘lsa;
Tavsiya etilgan xizmatlar

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.