Abonentlarga
Xizmatlar
SMS xizmatlar
SMS Filtr - Qora ro'yxat

SMS Filtr-Qora ro‘yxat

"SMS Filtr-Qora ro‘yxat" xizmati Qora ro‘yxatga kiritilgan Ucell abonentlari raqamlaridan kiruvchi SMS xabarlarni taqiqlash imkoniyatini beradi.

Xizmat narxi - kuniga $0.05


Xizmatni boshqarish
Xizmatni qisqa raqamli USSD so‘rov yuborish orqali, hamda quyidagi USSD menu orqali boshqarish mumkin::
Komanda Ko‘rsatma
1 Xizmatni yoqish
2 Xizmatni o‘chirish
3 Xizmat holatni tekshirish
4 Qoshimcha ma’lumot

Xizmatga kompaniyaning faqatgina Prepaid abonentlari ulanishlari mumkin.

Qora ro‘yxat

Raqamni xizmat Qora ro‘yxatiga qo‘shish

Xizmatni faollashtirganingizdan so‘ng, "SMS Filtr" xizmatinig Qora ro‘yxatiga siz tegishli abonentdan SMS xabarlarni qabul qilishni istamagan abonent raqamini kiritishingiz mumkin. Buning uchun, 324 qisqa raqamiga (qavslar va qo‘shtirnoqlarsiz) "(mamlakat kodi)(operator kodi)abonent raqami"matnli SMS xabar jo‘natishingiz lozim.

"SMS Filtr" xizmatinig Qora ro‘yxatiga 30 ta raqam kiritish mumkin.

Qora ro‘yxatdan raqamni o‘chirish

Avval "SMS Filtr" xizmatining Qora ro‘yxatiga kiritilgan abonent raqamini ro‘yxatdan o‘chirish uchun, 324 qisqa raqamiga (qavslar va qo‘shtirnoqlarsiz) "del(mamlakat kodi)(operator kodi)abonent raqami"matnli SMS xabar jo‘natishingiz lozim.

Qora ro‘yxatga kiritilgan raqamlar ro‘yxatini 324 raqamiga bo‘sh SMS xabar jo‘natish orqali qabul qilish mumkin.

324 qisqa raqamiga SMS xabar jo‘natish narxi - $0.

Diqqat! Matni tarkibi ma‘lumot va xabarlardan tashkil topgan SMS xabarlarni "SMS Filtr-Qora ro‘yxat" xizmati orqali taqiqlab bo‘lmaydi.

"SMS Filtr" xizmatining Qora ro‘yxatiga faqatgina raqamlarni kiritish imkoniyati bor.

Xizmat narxi

Xizmatni faollashtirish - $0.05;
Abonent to‘lovi - kuniga $0.051;
324 qisqa raqamiga SMS xabar jo‘natish narxi - $0.

1Xizmat faollashtirilgan kuni abonent to‘lovi yechilmaydi. Birinchi abonent to‘lovi xizmat faollashtirilgan kundan keyingi kun soat 00:01da yechiladi.

Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.

Tavsiya etilgan xizmatlar
Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!