SMS Taxallus

Ucell «SMS Taxallus» xizmatini taqdim etadi!

“SMS taxallus” xizmati Ucell abonentlariga o’z raqamlari o’rniga taxallus o’rnatish imkonini beradi. Ushbu taxallus siz yuborgan SMSni qabul qilayotgan abonent telefonida raqamingiz o’rniga ko’rsatiladi.

“SMS Taxallus” xizmatini boshqarish

“SMS Taxallus” xizmatini *327# qisqa raqamiga USSD-so’rov yuborib, quyida keltirilgan USSD menyu orqali yoki  USSD so’rovni to’liq yuborish orqali boshqarish mumkin.

Buyruq Ko'rsatma To'liq so'rov
1 Xizmatga ulanish *327*1#
2 Xizmatni bekor qilish *327*2#
3 Xizmat holatini tekshirish *327*3#

“SMS Taxallus” xizmatidan foydalanish

Xizmat faollashtirilgandan so’ng, sizning yuborgan SMS xabaringizni qabul qiluvchi abonent raqamingiz yoki mobil telefon xotirasidagi ro’yxatda saqlangan nomingiz o’rniga siz o’rnatgan taxallusni ko’radi. Siz o’z taxallusingizni o’rnatish uchun 327 raqamiga SMS yuborishingiz lozim. Taxallusda faqat lotin alifbosidagi harflar, raqamlar va belgilardan foydalanish mumkin hamda taxallus uzunligi 11 belgidan oshmasligi lozim. Xizmat faollashtirilgandan so’ng, sizning yuborgan SMS xabaringizni qabul qiluvchi abonent raqamingiz yoki mobil telefon xotirasidagi ro’yxatda saqlangan nomingiz o’rniga siz o’rnatgan taxallusni ko’radi. Taxallusdagi barcha belgilar (harflar ham) kichik registr orqali terilishi kerak (kichkina harflar bilan). Taxallus oʻz oʻrnida unikal (takrorlanmas)  boʻlib, bir necha Ucell abonentlari bir xil taxallusni o’rnata olmaydilar. 

Xizmat narxi

Xizmatni faollashtirish - $0;
Abonent to’lovi - $0 kuniga;
327 raqamiga yuborilgan SMS narxi - $0;
Chiquvchi SMS xabarining narxi – amaldagi chiqish SMS narxiga qoʻshimcha sifatida va abonent tarif rejasidan qat’iy nazar $0.01.

Ushbu xizmat faqatgina Prepaid tizimidagi abonentlar uchun taqdim etiladi va O’zbekistonning barcha uyali aloqa operatorlari abonentlariga yuborilgan SMS uchun amal qiladi.

Diqqat!

  • Jismoniy shaxs O’zbekiston Respublikasining tegishli ro’yxatga oluvchi organlarida rasmiy  ro’yxatdan o’tgan yuridik va tijorat tashkilotlar, kompaniyalar, korxonalar nomini, hamda hammaga ma’lum bo’lgan ularning qisqartmalarini taxallus sifatida qo’llashi taqiqlanadi;
  • Agar yuridik shaxs yoki tijorat tashkilotining nomini taxallus sifatida ishlatish zaruriyati tug’ilsa, yozma ravishda uning qonuniyligini tasdiqlovchi kerakli barcha hujjatlarni taqdim etgan holda, Kompaniyaga murojaat etishi lozim;
  • Kompaniya quyidagilarni ma’lum qiladi: bordiyu uchinchi tomondan taxallusdan foydalanish noqonuniy yo’l bilan amalga oshirilayotganligi haqida (“SMS Psevdonim” xizmati doirasida) Kompaniyaga shikoyat arizasi kelib tushgan hollarda, ushbu abonent raqami qaysi abonent nomiga rasmiylashtirilgan bo’lsa, barcha javobgarliklar (jumladan ma’muriy yoki jinoiy) shu abonentga yuklatiladi;
  • Qo'pol yoki ma'naviy va ahloq normalariga mos bo'lmagan so'zlardan foydalangan taxalluslarni Kompaniya (sababini ko’rsatmagan holda) o’chirib tashlash huquqiga ega. Bunda abonent SMS orqali habardor etiladi.


0
Like