Abonentlarga
Xizmatlar
Maxsus takliflar
“Muddatli to‘lovga chiroyli raqam”

Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati


– bu ma’lum bir tarif rejasiga bog‘lanmagan holda chiroyli raqamlarga ega bo‘lish imkoniyati!

Endi yangi ulanishda abonentlar muddatli to‘lovga chiroyli raqamga ega bo‘lib istalgan ochiq bo‘lgan tarif rejasiga ulanishlari mumkin!


Xizmatning amal qilish muddati – 2019-yil 11-iyuldan 31-avgustgacha.


Chiroyli raqamlar soni cheklangan.

Raqamlar toifasi Xizmatsiz raqam narxi Muddatli  to‘lov bilan raqam narxi To‘lov muddati
Bronze 50 000 so‘m 7 000 so‘m/oy  Xizmat uchun 12 ta oylik to‘lov
Silver 100 000 so‘m 15 000 so‘m/oy
Gold 250 000 so‘m 25 000 so‘m/oy
Platinum 500 000 so‘m 50 000 so‘m/oy
VIP  1 000 000 so‘m 100 000 so‘m/oy
Lux 2 000 000 so‘m 200 000 so‘m/oy
Lux+ 4 000 000 so‘m 400 000 so‘m/oy
Special+ 8 000 000 so‘m 800 000 so‘m/oy
Privilege 20 000 000 so‘m 2 000 000 so‘m/oy
Privilege+ 30 000 000 so‘m 3 000 000 so‘m/oy
  • Xizmat shartlari

    1. Xizmatdan yangi ulanishdagina haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish (Prepaid) tizimi abonentlari foydalanishlari mumkin.

    2. Xizmat 2019-yil 11-iyul sanasidan boshlab joriy etiladi.

    3. Xizmatni 2019-yil 31-avgustgacha ulash mumkin.

    4. Chiroyli raqamlarni Kompaniya ofislari yoki dilerlik shoxobchalarida ulatish mumkin.

    5. Xizmat doirasida chiroyli raqamni ulatishda Ucell tarmog‘iga ulanish narxi va shartlari ulanish vaqtidagi amal qiladigan shartlarga muvofiq bo‘ladi.

    6. Mazkur xizmatga ulanishda abonent istalgan ochiq tarif rejasini tanlashi mumkin. “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmatiga ulanishda abonent hisobidan chiroyli raqam uchun toifasiga muvofiq tarzda to‘liq narxi yechilmaydi, abonent “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati shartlariga muvofiq oylik to‘lovlarni amalga oshiradi.

    7. Xizmat doirasida Bronze dan Privilege+ gacha bo‘lgan raqamlar toifalari ishtirok etadi.

    8. Mazkur xizmat doirasida chiroyli raqam ulatgan abonentlar uchun "Shartnomani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish" va "Raqamni saqlab qolish" xizmatlari amal qilmaydi. Xizmat shartlari to‘liq amalga oshirilganidan so‘ng yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.

    9. “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati doirasidagi narxlar va oylik to‘lovlar muddati:

    Raqamlar toifasi Oylik xizmat haqi (so‘m) To‘lov muddati
    Bronze 7 000 Xizmat uchun 12 ta oylik to‘lov
    Silver 15 000
    Gold 25 000
    Platinum 50 000
    VIP 100 000
    Lux 200 000
    Lux+ 400 000
    Special+ 800 000
    Privilege 2 000 000
    Privilege+ 3 000 000

    10. “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun har bir oylik to‘lovi 1 oy uchun to‘lov hisobida qabul qilinadi. Xizmat shartlarini bajarish uchun abonent hisobidan “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun 12 marta oylik to‘lov yechilishi kerak, mazkur shart bajarilguniga qadar abonent xizmat shartlarini bajarmagan xizmat foydalanuvchisi hisoblanadi.

    11. “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun oylik to‘lov taqvimiy oyning 1 sanasiga bog‘lanmagan holda yechiladi, masalan:
    - Agar abonent xizmatga 24-sanada ulansa, unda keyingi to‘lov kelgusi oyning 24-sanasida yechiladi.
    - Agar abonent xizmatga 31-sanada ulansa, unda keying to‘lov 30-sanada, yoki fevral oyining 28/29-sanasida, agar undan keyingi oyda 31 kun bo‘lsa. unda 31-sanada yechiladi.

    12. “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun oylik to‘lov yechilishi paytida hisobda xizmat uchun oylik to‘lovdan kam miqdorda mablag‘ bo‘lsa, unda oylik to‘lov bir marta to‘liq hajmda yechilib, abonent hisobi salbiy bo‘lib qoladi hamda abonent raqami blok holatiga o‘tadi.

    13. “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun oylik to‘lov yechilishi shartlari:
    13.1 “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun to‘lov har oy soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) amalga oshadi. “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmatiga ulanish sanasi oylik abonent to‘lovining yechilishi sanasi hisoblanadi. Abonent to‘lovi yechilishi uchun abonent raqami faol holatda bo‘lishi kerak.
    13.2 Agar “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun oylik abonent to‘lovi yechilishi paytida abonent raqami bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik to‘lov yechilmaydi. Bunday hollarda abonent raqami faol holatga o‘tgach, oylik abonent to‘lovi navbatdagi tunda, soat 00:01 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) yechiladi; bunda abonent raqami bloklangan holatdan chiqqanidan so‘ng yechilgan oylik abonent to‘lovi “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati bo‘yicha navbatdagi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasini o‘zgartirmaydi.
    13.3 “Kayfiyat” va Active tarif rejalari tizimida (“Superkayfiyat” tarifi abonentlaridan tashqari), qolaversa Restart xizmati faol bo‘lgan abonentlarda, agar abonent raqami bloklangan bo‘lib, hisob to‘ldirilganidan so‘ng hisobdagi mablag‘ tarif rejasi doirasidagi oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli yoki undan ko‘proq bo‘lsa, unda “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun to‘lov darhol yechilishi mumkin.
    13.4 “Kayfiyat” va Active tarif rejalari tizimida (“Superkayfiyat” tarifi abonentlaridan tashqari, Restart xizmati faol BO‘LMAGAN abonentlarda), agar abonent hisobidan tarif rejasi uchun to‘lov muddatining boshidan 15 kun davomida oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa hamda ikkita yoki undan ko‘proq to‘lov bilan blok holatidan faol holatga o‘tsa, unda “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun to‘lov darhol yechilishi mumkin.
    13.5 “Baxtli 25+” tarifida agar abonent hisobini ikkita yoki ko‘proq to‘lov bilan to‘ldirib, faol holatga o‘tsa “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun oylik to‘lov tarif uchun abonent to‘lovidan oldin (tarif bo‘yicha oylik muddatning birinchi 16 kun davomida), birinchi navbatda yechilishi mumkin.
    13.6 Special tarif rejalari tizimida hamda Restart xizmatini faollashtirgan abonentlarda, agar abonent bloklangan holatda bo‘lib, keyin hisobini to‘ldirganidan keyin hisobdagi mablag‘ tarif bo‘yicha abonent to‘loviga teng yoki undan ko‘proq bo‘lsa, unda “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun oylik to‘lov darhol yechilishi mumkin.
    13.7 Special tarif rejalari tizimida (Restart xizmati faol BO‘LMAGAN abonentlarda), agar abonent hisobidan tarif rejasi uchun to‘lov muddatining boshidan 15 kun davomida oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa hamda ikkita yoki undan ko‘proq to‘lov bilan blok holatidan faol holatga o‘tsa, unda “Muddatli to‘lovga chiroyli raqam” xizmati uchun to‘lov darhol yechilishi mumkin.

    14 Birinchi oylik abonent to‘lovi birinchi ulanish kunida yechiladi.

    15 Xizmatga ulanib, ammo barcha tegishli to‘lovlar to‘liq hajmda 36 soat davomida amalga oshirilmasa raqam o‘chirilib, Shartnoma bir tomonlama bekor qilinadi. Istalgan sababdan abonent raqami o‘chirilib, “COSCOM” MChJ (Ucell SB) tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqa xizmatlarini taqdim etish shartnomasi bekor qilinsa, ulanish paytidagi amalga oshirilgan to‘lov qaytarib berilmaydi.

    16 “Istalgan raqam 2.0” va Special tarif rejalari tizimida chiroyli raqamlarni ulash aksiyasi doirasida tarif rejalarga ulangan abonentlar uchun mazkur xizmat amal qilmaydi.

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Raqam tanlash

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Ofisni to'pish

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.