Abonentlarga
Xizmatlar
Maxsus takliflar
"Qulay Internet" xizmatlar to‘plamlari

"Qulay Internet" xizmatlar to‘plamlari

"Qulay" xizmatlar to‘plamining o‘zingizga mosturini tanlang va istalgan vaqtda qulay muloqot qiling!

Jizzax, Surxondaryo, Sirdaryo, Navoiy, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari abonentlari uchun "Qulay Internet" xizmatlar to‘plamlari!


Qulay Internet

"Qulay Internet" xizmatlar to‘plami – juda yoqimli narxlar va qulay shartlarda bir to‘plamdagi uchta xizmatdir!
Muddatini avtomatik uzaytirish, shuningdek bir martalik ulanish imkoniyati bilan Internet-trafik, butun O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar va SMSlar!

Xizmatlar to‘plamlari "Qulay Internet 100" "Qulay Internet 300"
To‘plam narxi $1 $3
Internet-trafik miqdori, MB 100 300
O‘zbekiston bo‘yicha SMSlar miqdori 100 300
O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar miqdori 10 30
To‘plamning amal qilish muddati 5 kun (muddati avtomatik uzaytiriladigan yoki bir martalik) 12 kun (muddati avtomatik uzaytiriladigan yoki bir martalik)
Ulanish uchun so‘rov *130# *130#
Xizmat shartlari
  • "Qulay" xizmatlar to‘plamlarini ulatish/ o‘chirish / maqomini tekshirish / ma’lumot – *130#.
  • Daqiqalar, SMS va Internet-trafik qoldig‘ini tekshirish – *109#.
  • To‘plam mahfiy hisob holatida belgilanmaydi.
  • To‘plamning belgilanishi avtomatik tarzda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
    • To‘plamning amal qilish muddati tugashi bilan, hisobda mablag‘ yetarli bo‘lsa, xizmatlarning belgilanishi avtomatik tarzda amalga oshadi.
    • "Qulay Internet 100" xizmatlar to‘plami – avtomatik belgilash funksiyali to‘plam tanlanganbo‘lsa, har 5 kunda belgilanadi;
    • "Qulay Internet 300" xizmatlar to‘plami – avtomatik belgilash funksiyali to‘plam tanlangan bo‘lsa, har 12 kunda belgilanadi;
  • Oldingi to‘plamning muddati tugamasdan turib yangi "Qulay Internet 100" yoki "Qulay Internet 300" xizmatlar to‘plami ulansa, yangi to‘plam shartlariga ko‘ra limitlar mavjudlariga qo‘shiladi, to‘plamning amal qilish muddati esa yangi ulangan to‘plamning amal qilish muddatiga teng bo‘ladi.
  • Muddatini avtomatik uzaytirish funksiyasi tanlanmagan holatda, xizmatlar to‘plami 5 yoki 12 kunlik (tanlangan to‘plamga bog‘liq holda) muddatga, keyinchalik belgilashsiz bir marta belgilanadi.
  • Belgilangan daqiqalar, SMS va MBlardan abonent faqat Faol holatdagina foydalana oladi.
  • Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.
E’tibor bering!
  • "Qulay Internet" xizmatlar to‘plamlari faqatgina Jizzax, Surxondaryo, Sirdaryo, Navoiy, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarining haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid)abonentlari uchun amal qiladi.
  • "Qulay Internet" xizmatlar to‘plamlarini quyidagi tariflarda ulatish mumkin: "FRESH", "Ko‘proq!", "OK", "Erkin suhbat", "Oddiy", "Oson hisob", "ONLINE", "Do‘stlar orasida", "Qulay Internet", "Minnatdormiz!", "Ijobiy", "Diyorim".
"Qulay" xizmatlar to‘plamlari – qulay suhbatning o‘zingizga mos turini tanlang!
Mazkur xizmatlar to‘plamlari vaqtinchalik shartlarda yo‘lga qo‘yilgan va ular 31.12.2017-y. sanasigacha amal qiladi.

Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!