Abonentlarga
Xizmatlar
Maxsus takliflar
«Bolalar uchun» xizmati

«Bolalar uchun» xizmati

«Bolalar uchun» xizmati – bu:



 Bola uchun xavfsiz internet

 Ongni rivojlantiruvchi va ko‘ngilochar kontent

 Hamyonbop qo‘ng‘iroqlar

 Xalqaro qo‘ng‘iroqlar va SMSlar cheklovi


Ulanish:

Narxi – 30 kunga 10 000 so‘m.

«Bolalar uchun» xizmati quyidagi funksiyalarni o‘z ichiga oladi:

  • Bolalar uchun kontent
    ikids.uz uchun 5 GB internet-trafik taqdim etiladi:

    • bolalarga mos multfilmlar, kinofilmlar, seriallar
    • bolalar uchun onlayn-TV
    • karaoke
    • bolalarga mos onlayn o‘yinlar va kompyuter o‘yinlari
    • musiqa
    • bolalar adabiyoti
    • audiokitoblar
    • bo‘yash mashqlari
    • qo‘lda yasash mashqlari.

    Kontent o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etiladi.
    Kontentdan mobil brauzerda va “iKids” mobil ilovada  foydalanish mumkin.
    Limit tugagach, resursga kirish tezligi 32 Kb/soniya qilib belgilanadi.
  • Internet nazorati

    Bola faqat ruxsat etilgan ro‘yxatdagi resurslarga kira oladi.
  • Sevimli raqamlar

    Ikkita sevimli Ucell raqamiga qo‘ng‘iroqlar imtiyozli narxlarda taqdim etiladi.
    Raqamni sevimlilar ro‘yxatiga qo‘shish uchun abonent dastlab «Bolalar uchun» xizmatini ulatishi, so‘ng *369# USSD-so‘rovini terishi va keyingi ko‘rsatmalarga amal qilishi lozim.

    Sevimli raqamga qo‘ng‘iroq narxi – daqiqasi 10 so‘m.
  • Xalqaro qo‘ng‘iroqlar va SMSlardan foydalanishni taqiqlash

    Bolangiz xalqaro raqamga qo‘ng‘iroq qilolmaydi va SMS yubora olmaydi.

    «Bolalar uchun» xizmatida muddatni avtomatik uzaytirish funksiyasi yo‘q, shunday ekan, foydalanish muddati tugashi bilan xizmat o‘chiriladi.
    «Bolalar uchun» xizmati quyidagi tarif rejalarida amal qiladi: «Yaxshi kayfiyat», «Zo‘r kayfiyat», «A’lo kayfiyat», «Superkayfiyat», «A’lo kayfiyat BN».
  • Ikids.uz servisidan foydalanish shartlari

    • ikids.uz resursidan bepul foydalanish uchun faqat rasmiy «iKids» mobil ilovasidan kirish kerak.
    • «iKids.uz» ilovasini faqat Ucell saytidan hamda mana bu havola orqali bepul yuklab olish mumkin.
    Qurilma brauzeridan foydalanilganida, Kompaniya ikids.uz resursidan foydalanishga kafolat bermaydi. Google Chrome brauzeridan foydalanishni tavsiya etamiz.
    • Ko‘rsatilgan resurslardan bepul foydalanish uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi lozim.
    • Ko‘rsatilgan resurslardan bepul foydalanish imkoniyati xorijda xalqaro roumingda bo‘lgan abonentlarga taqdim etilmaydi.
    Shuni inobatga olishingizni so‘raymizki, «Bolalar uchun» xizmati faollashtirilgan bo‘lsa, tarif rejasi doirasida Facebook ijtimoiy tarmog‘i, Telegram, WhatsApp va Tas-IX uchun taqdim etilgan bonus tarzidagi limitlar sarflanmaydi.

     

    Eslatma
    E’tiboringiz uchun, smartfonlarning ko‘pchiligi Internetga ulanganda o‘rnatilgan dasturlardan (messenjerlar, ob-havo, yangiliklar va hokazo) uchinchi tomon trafigini ishlatadi, shuningdek, ilovalar do‘konlari (Google Play, App Store) bilan sinxronizatsiya hamda turli akkauntlarning (Google, Facebook, Telegram va hokazo) va analitik hisoblagichlar (Google, google-analytics.com, googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net) beixtiyor sinxronizatsiyasi amalga oshishi mumkin. Ushbu trafik xizmat doirasida ajratilgan bepul trafik doirasiga kirmaydi va uning haqi tarif uchun Ucell Interneti qiymatiga ko‘ra abonent tomonidan alohida to‘lanadi yoki sotib olingan to‘plamidan sarflanadi.

    E’tibor bering!
    Yuqorida ko‘rsatilgan saytlarning egalari ma’lum IP-manzillar va protokollar doirasida o‘z xizmatlarini taqdim etishadi. Ucell aynan o‘sha (ro‘yxatga kiritilgan) doiradagi manzillar uchun trafik hajmini ajratadi. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari IP-manzillarini yoki protokollarini o‘zgartirganlari uchun mas’uliyatni Ucell o‘z zimmasiga olmaydi, bu holda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.
    Ko‘rsatilgan resurslarga proksi-server, VPN yoki uchinchi sayt orqali kirishda, trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.
 

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.