Abonentlarga
Xizmatlar
Maxsus takliflar
"U-to‘lov"dan bonuslar

"U-to‘lov"dan bonuslar

Hisobni 10000 so‘m va undan ko‘proq miqdorga to‘ldirish evaziga 50 SMS, 50 MB va 50 daqiqa!

"U-to‘lov" to‘lov vositasi orqali xohlagan vaqtda va istalgan joyda o‘z hisobingizni yoki Prepaid tizimidagi istalgan Ucell abonentining hisobini 10000 so‘m va undan ko‘proq miqdorga to‘ldiring hamda 7 kunga O‘zbekiston bo‘yicha 50 SMS, 50 MB va tarmoq ichida 50 daqiqa hajmida bonuslar oling.

Bonus bir kunda ikki martadan oshiq taqdim etilmaydi.
Hisobni 10000 so‘m va undan ko‘proq miqdorga to‘ldirish evaziga bonus to‘lov amalga oshirilganidan keyingi 3 kun mobaynida belgilanishi mumkin.


Aksiya shartlari
  • Aksiyada o‘zining avvaldan “SMS-xabarnoma” xizmati ulangan UZCARD Online-kartasini hamda o‘z abonent raqamini “U-to‘lov” to‘lov vositasiga bog‘lagan, va “U-to‘lov” to‘lov vositasi orqali o‘zining shaxsiy hisobini yoki Kompaniyaning Prepaid tizimidagi istalgan abonenti hisobini 10000 (o‘n ming) so‘m va undan ko‘proq miqdorga to‘ldirish shaklida to‘lovni amalga oshirgan Prepaid tizimi abonentlari ishtirok etishlari mumkin;
  • Hisobni 10000 so‘m va undan ko‘proq miqdorga to‘ldirish evaziga belgilanadigan bonus hajmi tarmoq ichida 50 daqiqa, O‘zbekiston bo‘yicha 50 SMS va 50 MBni tashkil etadi;
  • Bonuslarning belgilanishi abonent raqami Faol holatda bo‘lganida amalga oshadi.
  • Hisobni 10000 so‘m va undan ko‘proq miqdorga to‘ldirish evaziga bonus bir sutkada ikki martadan oshiq belgilanmaydi;
  • Hisobni 10000 so‘m va undan ko‘proq miqdorga to‘ldirish evaziga bonus to‘lov amalga oshirilganidan keyingi 3 kun mobaynida belgilanishi mumkin;
  • Belgilangan bonuslardan abonent faqat Faol holatda bo‘lganidagina foydalana oladi;
  • Avvalgi bonus sarflab tugatilmasdan turib olingan bonus avvalgisining qoldig‘iga qo‘shiladi, lekin uning amal qilish muddatini uzaytirmaydi;
  • *151# raqamiga USSD-so‘rov yuborish orqali bonuslarni tekshirishda barcha belgilangan bonuslarning yig‘indisi miqdori aks ettiriladi, bonusning amal qilish muddati esa oxirgi hisob to‘ldirishga ko‘ra ko‘rsatiladi;
  • Amal qilish muddati ertaroq tugaydigan bonuslar birinchi bo‘lib sarflanadi;
  • Bonusning amal qilish muddati uning belgilanganidan keyingi 8-kun, soat 23:59:59 da tugaydi;
  • "Baxtli 25", "Aniq" va "Aniq+" tarif rejalarida belgilangan MB ko‘rinishidagi bonuslar, mazkur tarif rejalari doirasida taqdim etilgan kunlik Internet-trafik tugaganidan keyin sarflanadi;
  • "Special" va "Baxtli 25" tarif rejalaridagi abonentlarga belgilangan daqiqa ko‘rinishidagi bonuslar, mazkur tarif rejasi doirasida taqdim etilgan kunlik daqiqalar tugaganidan keyin sarflanadi;
  • "COSCOM" MChJ XK tarmog‘ida Prepaid tizimi uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish haqidagi Shartnoma bekor qilingan taqdirda, belgilangan bonus mablag‘lari abonentga qaytarilmaydi;
  • Aksiyaning o‘tkazilish davri: 26.04.2017 – 31.12.2017.
"U-to‘lov" ga ulanish
Siz bir necha oddiy qadamlarni bajarish orqali Ucellning "U-to‘lov" to‘lov vositasiga ulanishingiz mumkin:
  1. Eng yaqin bank yoki bankomatda bank plastik kartangiz bo‘yicha o‘zingizning Ucell raqamingizga "SMS-xabarnoma" xizmatini ulating.
  2. "SMS-xabarnoma" xizmati ulangan Ucell raqamingizdan quyidagi bepul so‘rovni yuborib, bank to‘lov kartasini "U-to‘lov"ga bog‘lang:  *888*bank kartasi raqami*bank kartasining amal qilish muddati# (*888*8600XXXXXXXXXXXX*MMYY#);
  3. *888# ni tering, "USSD-buyruqlar" menyusida "Sozlamalar -> PIN-kod sozlamalari"ga kiring va 5 ta raqamdan iborat betakror PIN-kod o‘rnating;

Tayyor!

Tavsiya etilgan xizmatlar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.