Abonentlarga
Xizmatlar
Maxsus takliflar
Sodiqlik dasturi – Qadrdonlar!

Sodiqlik dasturi – Qadrdonlar!

Ucelldan "Qadrdonlar" sodiqlik dasturi – bu bu har bir abonentga 3 pog‘onali minnatdorchilik ifodasi! Ucell bilan birgalikdagi birinchi yildan keyinoq bonus xizmatlar, chegirmalar, betakror imkoniyatlar va afzalliklarni qo‘lga kiriting!
Qancha ko‘p muddatdan beri Ucell bilan birga bo‘lsangiz, shuncha ko‘p yoqimli kutilmagan savg‘alar Sizga muntazir!

Chegirmalar va bepul  xizmatlar faqatgina sodiq abonentlar uchun maxsus menyu – *136# orqali taqdim etiladi. So‘rov narxlanmaydi va cheklanmaydi.


1 yildan ortiq

Siz biz bilan 1 yildan ortiq birgamisiz? Tabriklaymiz! Biz Sizga yoqimli va foydali imkoniyatlarni taklif etamiz:

1. Siz o‘zingizga yoqadigan, ammo hozirda ulanishga yopiq bo‘lgan quyidagi tariflarga o‘tishingiz mumkin:
- "Ko‘proq!" (o‘tish narxi – $0.75)
"Ko‘proq!" tarifi haqida batafsil ma’lumot bu yerda
- "Oson hisob" (o‘tish narxi – $0.50)
"Oson hisob" tarifi haqida batafsil ma’lumot bu yerda<

2. Siz quyidagi foydali xizmatlardan kuniga bir marta bepul foydalana olasiz: *136# raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, mutlaqo bepul asosda "Men Kimman?" xizmati bilan o‘z raqamingiz haqida barchasini bilib oling va "Mening xizmatlarim" servisi bilan o‘zingizda yoqilgan pulli xizmatlar haqida ma’lumot oling.

3. SIM-kartangiz bloklanib qolganmi yoki uni yo‘qotib qo‘yganmisiz? Endi Siz Kompaniya ofislarida SIM-kartangizni bepul almashtirib olishingiz mumkin.

3 yildan ortiq

Siz biz bilan 3 yildan ortiq birgamisiz? Ishonchingiz uchun tashakkur bildiramiz! Sizda allaqachon yuqoridagi imtiyozlar mavjud va biz Sizga yanada ko‘prog‘ini taklif qilamiz:

1.  Siz "Raqamni yashirish" xizmatidan bepul foydalanishingiz mumkin. Agar suhbatdoshlaringizdan o‘z raqamingizni yashirishni xohlasangiz, *136# ni tering.;

2. Sizga biz  "Ko‘proq ol" aksiyasi doirasida maxsus shartlarni taklif etamiz: endi siz bonus to‘plamni chegirma bilan olish uchun ikkita bir xil oylik Internet-to‘plamni sotib olishingiz shart emas, balki bittagina oylik Internet-to‘plamni (chegirmalar va bonuslarsiz) xarid qilishingiz kifoya, shu oddiy oylik Internet-to‘plamni xarid qilganingizdan 25 kun o‘tgach, Siz keyingi kattaroq nominaldagi Internet-to‘plamni oldingisi narxida olishingiz mumkin. Buning uchun Siz *136# ni terishingiz va SMS-xabar olganingizdan so‘ng 5 kun ichida "Ko‘proq ol" aksiyasini tanlashingiz kerak.

6 yildan ortiq

Siz biz bilan 6 yildan ortiq birgamisiz? Biz Sizni qadrlaymiz! Sizning imtiyozlaringizga biz xizmatlarda 15% tejash va o‘zingizni qiziqtirgan hamma narsani "Navbatsiz" xizmati orqali bilib olish imkoniyatini ham qo‘shdik.

1. Sizga quyidagilar uchun 15% chegirma taklif etamiz:

  • Barcha SMS-to‘plamlar va Kunlik SMS-to‘plamlar (*136#);
  • "Tarmoq ichida 0" xizmati – bizning uyali aloqa xizmatlarimizdan foydalanuvchi yaqinlaringiz va tanishlaringiz bilan muloqot qilishingiz uchun tarmoq ichida 100 daqiqa va 100 SMS (*136#);
  • "VIP" xizmati – agar Siz shunchaki ko‘p emas, balki juda ko‘p muloqot qilishga o‘rganib qolgan bo‘lsangiz, Sizga muloqot uchun O‘zbekiston bo‘yicha 7500 daqiqa va 7500 SMS, shuningdek cheksiz MMS taqdim etiladi va bularning barchasi 90 kun davomida amalda bo‘ladi (*136#).

2. Bulardan tashqari, Siz foydali va kerakli "Navbatsiz" xizmatidan har oyda bepul foydalanishingiz mumkin bo‘ladi! U Sizga Ucell mijozlarini qo‘llab-quvvatlash markazi operatori bilan tezda bog‘lanish imkonini beradi, ular Sizga qayta qo‘ng‘iroq qilishadi va Kompaniyaning Sizni qiziqtirgan mahsulot va servislari to‘g‘risidagi har qanday savollaringizga javob berishadi, shuningdek bizning xizmatlarimizdan foydalanishda yuzaga kelgan hollarda yordam berishadi (*136#).

O‘zingiz necha yildan buyon Ucell tarmog‘ida ekaningizni hamda Siz qanday imkoniyatlar va imtiyozlardan foydalanishingiz mumkinligini hoziroq aniqlang!
*136# raqamini tering!  So‘rov narxlanmaydi va cheklanmaydi.

Bu ham hali hammasi emas! "Qadrdonlar" sodiqlik dasturi doirasidagi takliflar doim yangilanib turadi. Yangiliklarni bizning saytimiz www.ucell.uz saytimizda kuzatib boring. Eslatib o‘tamiz, Sizning abonent raqamingizdan Kompaniya sayti resurslariga kirish ham bepul.

Eslatma
  1. Siz "Men kimman?", "Mening xizmatlarim", "Raqamni yashirish", "Tarmoq ichida 0", "VIP", "Navbatsiz", xizmatlaridan, SMS-to‘plamlardan, kunlik SMS-to‘plamlardan, shuningdek "Ko‘proq ol" aksiyasidan, mazkur xizmatlar va aksiyalarni oddiy yo‘l bilan (*136# USSD-menyusi orqali emas) ulatganingizda, "Qadrdonlar" sodiqlik dasturida ko‘zda tutilgan imtiyozli shartlar va chegirmalarsiz foydalanishingiz mumkin. Bunda, agar Sizda "Qadrdonlar" sodiqlik dasturi doirasidagi imtiyozli "Tarmoq ichida 0" va "VIP" xizmatlari ulangan bo‘lsa, oddiy ya’niy chegirmalarsiz "Tarmoq ichida 0" va "VIP" xizmatlari raqamingizda amal qilmaydi.
  2. "Raqamni yashirish" xizmatini "Qadrdonlar" sodiqlik dasturi doirasida *136# USSD-menyusi orqali bepul ulatganda, agar oldin chegirmasiz "Raqamni yashirish" xizmati ulangan bo‘lsa, u o‘chiradi.
  3. Ucell tarmog‘ida 3 yil va undan ortiq vaqt oldin ro‘yxatdan o‘tgan abonentlar avtomatik tarzda "Qadrdonlar" sodiqlik dasturi doirasida "Ko‘proq ol" aksiyasi ishtirokchisiga aylanadilar. "Qadrdonlar" sodiqlik dasturi doirasida "Ko‘proq ol" aksiyasida ishtirok etish uchun *136#  raqamini terish va menyu ko‘rsatmalariga rioya etish lozim. Ucell tarmog‘ida 3 yil va undan ortiq vaqt oldin ro‘yxatdan o‘tgan abonentlar "Qadrdonlar" sodiqlik dasturi doirasidan tashqarida "Ko‘proq ol" aksiyasida ishtirok eta olmaydilar. Agar siz allaqachon "Ko‘proq ol" aksiyasi doirasida bonus Internet-to‘plamni chegirma bilan olgan bo‘lsangiz, ammo joriy oyda sizning Ucell tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tganingizga uch yil to‘lsa, biz "Qadrdonlar" sodiqlik dasturi doirasidagi imtiyozli shartlardan foydalanishingiz uchun bitta oddiy (chegirmalarsiz) oylik Internet-to‘plamni xarid qilishingizni tavsiya etamiz.
  4. "Qadrdonlar" sodiqlik dasturi doirasida kunlik SMS-to‘plamlarni chegirma bilan xarid qilinganida, oddiy kunlik SMS-to‘plamlar o‘chiriladi, foydalanilmay qolgan bonus SMSlar esa o‘z amal qilish muddatining oxirigacha saqlanadi. Va aksincha, oddiy kunlik SMS-to‘plamlar xarid qilinganida, "Qadrdonlar" sodiqlik dasturi doirasidagi chegirmali kunlik SMS-to‘plamlar o‘chiriladi, foydalanilmay qolgan bonus SMSlar esa o‘z amal qilish muddatining oxirigacha saqlanadi.
  5. "SMS-to‘lqin" aksiyasi shartlari sodiqlik dasturi doirasida chegirma bilan xarid qilingan kunlik to‘plamlarga ham tatbiq etiladi.
  6. Siz ko‘pi bilan ikkita "Qadrdonlar" sodiqlik dasturi doirasidagi chegirmali SMS-to‘plam va ko‘pi bilan ikkita oddiy SMS-to‘plamni ulatishingiz mumkin.
  7. "Tarmoq ichida 0" xizmatini "Qadrdonlar" sodiqlik dasturi doirasida *136# USSD-menyusi orqali 15% chegirma bilan ulatganda, agar oldin chegirmasiz "Tarmoq ichida 0" xizmati ulangan bo‘lsa, u o‘chiradi.
  8. Agar Sizda oddiy "VIP" xizmati ulangan bo‘lsa, ya’ni, uni ulatgan kuningizdan keyingi 90 kun davomida "Qadrdonlar" sodiqlik dasturi doirasida chegirmali 90 kunlik "VIP" xizmatini ulata olmaysiz.
  9. "Qadrdonlar" sodiqlik dasturi doirasida chegirmalar taqdim etilishidan qat’i nazar, xizmatlar va servislarning barcha shartlari o‘zgarishsiz qoladi.
  10. Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.
Kompaniya xizmatlari uchun "Qadrdonlar" sodiqlik dasturi doirasida taqdim etilgan mazkur chegirmalar va bonuslar 31.12.2017 sanasiga qadar amal qiladi va yanada uzoqroq muddatga uzaytirilishi mumkin.

Biz bilan har yil – bayram!

Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!  

 

Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!