Abonentlarga
Xizmatlar
Maxsus takliflar
Сhiroyli raqamli “Istalgan raqam 2.0” aksiyasi.

Сhiroyli raqamli “Istalgan raqam 2.0” aksiyasi.

2018-yilning 24-sentabridan Ucell chiroyli raqamli "Istalgan raqam 2.0" aksiyasini yo‘lga qo‘ymoqda. Endi "A’lo kayfiyat BN", "Active 40 BN", "Active 60 BN" va "Active 90 BN" tarif rejalariga yangi ulanishda siz o‘zingiz uchun chiroyli raqamni oddiysi narxida – atigi 4 000 so‘mga tanlashingiz mumkin.

Chiroyli raqam toifasi Chiroyli raqam narxi Aksiya doirasida chiroyli raqamni ulatish narxi Aksiya bo‘yicha tarif rejasi Oylik abonent to‘lovi/abonent to‘lovi doirasida oylik limitlar Aksiya bo‘yicha tarif rejasi uchun abonent to‘lovining muvaffaqiyatli yechilishlari soni*
"Bronze" 41 679 so‘m 4000 so‘m "A’lo kayfiyat BN" 20 000 so‘m / Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun 1 000 daqiqa, tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar uchun 100 daqiqa, "Telegram" ilovasi uchun 1 000 MB internet-trafik, 700 MB internet-trafik 90
"Silver" 79 990 so‘m "Active 40 BN" 40 000 so‘m / Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun 2 500 daqiqa, O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun 500 daqiqa, O‘zbekiston bo‘yicha 500 SMS, 2 000 MB internet-trafik, tungi vaqt (01:00-09:00) uchun 1 000 MB internet-trafik, "Telegram" ilovasi uchun 500 MB internet-trafik va TAS-IX uchun 1 000 MB internet-trafik 90
"Gold" 248 390 so‘m "Active 60 BN" 60 000 so‘m / Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun 3 000 daqiqa, O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun 1 500 daqiqa, O‘zbekiston bo‘yicha 500 SMS, 5 000 MB internet-trafik, tungi vaqt (01:00-09:00) uchun 1 500 MB internet-trafik, "Telegram" ilovasi uchun 1 500 MB internet-trafik va TAS-IX uchun 2 000 MB internet-trafik 180
"Platinum" 500 990 so‘m 360
"VIP" 1 258 790 so‘m "Active 90 BN" 90 000 so‘m / O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun 5000 daqiqa, O‘zbekiston bo‘yicha 3 000 SMS, 10 000 MB internet-trafik, tungi vaqt (01:00-09:00) uchun 2 000 MB internet-trafik, "Telegram" ilovasi uchun 6 000 MB internet-trafik va TAS-IX uchun 4 000 MB internet-trafik 450

            Aksiya ishtirokchisi bo‘lgan abonentlar biriktirilgan tarif rejalarini aksiya doirasidagi boshqa biriga *140# USSD-so‘rovi yordamida almashtirishlari mumkin.
  • "Bronze" toifasidagi chiroyli raqamni ulatgan abonentlar mustaqil tarzda o‘z tarif rejalarini "Active 40 BN", "Active 60 BN" va "Active 90 BN"ga almashtirishlari, yoki mazkur tarif rejalaridan "A’lo kayfiyat BN"ga qaytishlari mumkin.
  • "Silver" toifasidagi chiroyli raqamni ulatgan abonentlar mustaqil tarzda o‘z tarif rejalarini "Active 60 BN" va "Active 90 BN"ga almashtirishlari, yoki mazkur tarif rejalaridan "Active 40 BN"ga qaytishlari mumkin.
  • "Gold" toifasidagi chiroyli raqamni ulatgan abonentlar mustaqil tarzda o‘z tarif rejalarini "Active 90 BN"ga almashtirishlari, yoki mazkur tarif rejasidan "Active 60 BN"ga qaytishlari mumkin.
  • "VIP" toifasidagi chiroyli raqamni ulatgan abonentlar bunday imkoniyatdan foydalana olmaydilar.
Shuni ta’kidlash muhimki, aksiya doirasida tarif rejasini almashtirish aksiya bo‘yicha tarif rejasi uchun abonent to‘lovining muvaffaqiyatli yechilishlarining majburiy soniga ta’sir etmaydi, bu shartlar faqat chiroyli raqamning toifasigagina bog‘liq.
            
* Jadvalda ko‘rsatilgan miqdordagi kunlar mobaynida abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechilganidan so‘ng, abonent "Oddiy" tarif rejasiga o‘tishi mumkin. Oylik abonent to‘lovini yechishda abonentga to‘lov 30 kun uchun hisoblanadi. Ruxsat etilgan ("Oddiy") tarif rejasiga o‘tish uchun *140# terish kerak. Tarifni faqat maxsus *140# USSD-so‘rovi orqaligina almashtirish mumkin. Muvaffaqiyatli yechilgan abonent to‘lovlarini tekshirish uchun ham *140# terishingiz mumkin.

"A’lo kayfiyat BN", "Active 40 BN", "Active 60 BN" va "Active 90 BN" tarif rejalarida "Shartnomani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish" xizmati amal qilmaydi.

  • Aksiya shartlari
    Hurmatli abonentlar, "Istalgan raqam 2.0" aksiyasi shartlarini e’tiborga olishingizni so‘raymiz:
    1. Aksiyaning amal qilish muddati – 2018-yilning 24-sentabridan to 2019-yilning 24-sentabrigacha yoki chiroyli raqamlar miqdori bilan cheklanadi.
    2. Aksiya faqat yangi ulanishlar uchun amal qiladi.
    3. Aksiyaga Ucell ofislarida yoki Kompaniya rasmiy dilerlarida ulanish mumkin.
    4. Aksiyaning amal qilish davri mobaynida Ucell tarmog‘iga ulanish narxi va qoidalari o‘zgarishsiz qoladi. Bu haqda Siz mana bu yerda batafsil bilib olishingiz mumkin.
    5. Aksiya doirasida ulangan "A’lo kayfiyat BN", "Active 40 BN", "Active 60 BN" va "Active 90 BN" tarif rejalarida hisob 0 so‘mga tushishi bilan abonent raqami avtomatik tarzda Bloklangan holatga o‘tadi; bu holatda u 30 kungacha turishi mumkin. Agarda bloklangan paytidan keyingi 30 kun mobaynida abonent raqami Faol holatga o‘tkazilmasa, u holda abonent bilan tuzilgan "COSCOM" MChJ XK tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish haqidagi Shartnoma bir tomonlama asosda bekor qilinadi. Bunda, bloklanganidan keyingi birinchi yetti kun davomida abonent bepul kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMSlarni qabul qila oladi. "A’lo kayfiyat BN", "Active 40 BN", "Active 60 BN" va "Active 90 BN" tarif rejalarining qolgan barcha shartlarini Siz mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.
    6. Aksiya doirasida ulangan "A’lo kayfiyat BN", "Active 40 BN", "Active 60 BN" va "Active 90 BN" tarif rejalari abonentlari uchun "Raqamni saqlab qolish" xizmati amal qilmaydi.

Ucell. Hayotni yaxshilik sari o‘zgartirib!

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.