Abonentlarga
Xizmatlar
Abonent xizmatlari
"Raqam tanlash" xizmati

"Raqam tanlash" xizmati

Endi Ucell abonentlarida, shuningdek, Ucell tarmog‘iga ulanishni endi rejalashtirayotgan barcha-barchada Kompaniya saytidan istalgan telefon raqamini tanlash va oldindan buyurtma berishdek ajoyib imkoniyat paydo bo‘ldi. Kompaniyaning Sotuv nuqtalaridan va Abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofislaridan farqli ravishda, sayt uzluksiz ishlaydi; bu esa Sizga yoqqan raqamni o‘zingizga qulay paytda, uydan yoki ofisdan chiqmagan holda, osongina va tezda buyurtma qilishingizga imkon beradi.

Qo‘shimcha shartlar:

  • Raqamni faqat u mansub bo‘lgan hududdagina ulatish mumkin;
  • Ulanishda hujjatning seriyasini to‘g‘ri ko‘rsatish lozim. Ma’lumotlar hujjatning asli bilan mos kelmagan hollarda raqamni ulatish amalga oshirilmaydi;
  • Zaxiralashning amal qilish muddati – 48 soat. Ushbu muddat tugashi bilan zaxiralash bekor qilinadi va raqam qaytadan sayt orqali sotuvga qo‘yiladi;
  • Shakldagi ma’lumotlarni to‘ldirib bo‘lgach aks ettiriladigan "Zaxiralash kodi"ni saqlab qo‘yish va Kompaniya ofisi yoki dilerlik nuqtalasi mutaxassisiga taqdim etish lozim;
  • Kompaniya saytida ruxsat etilgan raqamlarnigina band qilish mumkin;
  • Kompaniya saytida raqamni band qilish vaqtida shaklni to‘ldirishga asos bo‘lgan, shaxsni tasdiqlovchi hujjat Kompaniya ofisiga yoki dilerlik nuqtalasiga  murojaat etishda ham taqdim qilinishi lozim;
  • Xizmatdan faqat Prepaid tizimi abonentlari foydalana oladilar;
  • Raqamni zaxiralash uchun qaysi abonentning hujjat asosida tasdiqlangan ma’lumotlaridan foydalanilgan bo‘lsa, tanlangan raqamli SIM-kartani Kompaniya ofisida yoki dilerlik nuqtalasida rasmiylashtirishda ham shu abonent shaxsan ishtirok etishi shart.
Raqam tanlash

 
Xizmat ko‘rsatish qoidalari

RAQAMNI BAND QILISH XIZMAT KO'RSATISH QOIDALARI

1. ATAMALAR VA TAVSIFLAR

1.1. Operator – «COSCOM» MCHJ XK
1.2. Veb-sayt – Operatorning Internet tarmog‘ida HTTP / HTTPS protokollari orqali ochish mumkin bo‘lgan, http://www.ucell.uz domen nomi va keyingi darajalardagi barcha domen nomlaridagi internet-resursi.
1.3. Veb-sahifa – Veb-saytda http://shop.ucell.uz domen nomi va keyingi darajalardagi barcha domen nomlarida joylashtirilgan, Foydalanuvchilar tomonidan Abonent raqamlarini Zaxiralashga mo‘ljallangan axborot resursi.
1.4. Abonent raqami – Foydalanuvchi tomonidan Veb-sahifada zaxiralangan va kelgusida Operator tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish to‘g‘risidagi Shartnoma tuzishda Foydalanuvchiga beriladigan telefon raqami.
1.5. Foydalanuvchi ¬– Zaxiralash maqsadida Veb-sahifadan va Xizmatdan foydalanadigan shaxs.
1.6. Zaxiralash (Zaxira) – Veb-sahifada Operator ko‘rsatgan abonent raqamini tanlash, tanlangan raqam yuzasidan «Zaxiralash» funksiyasini faollashtirish va abonent raqamini kelgusida Ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida Veb-sahifada Foydalanuvchi tomonidan kerakli ma’lumotlarni kiritish borasidagi Foydalanuvchining harakatlari.
1.7. Zaxiralash kodi – Abonent raqamining Foydalanuvchi tomonidan Zaxiralash faktini aniqlashtiruvchi takrorlanmas raqamli kod.
1.8. Xizmat – Veb-sahifa orqali Foydalanuvchiga ko‘rsatiladigan Abonent raqamini zaxiralash xizmati.
1.9. Operatorning Sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish nuqtasi (ofisi) – Operatorning Veb-saytda ko‘rsatilgan manzillardan birida joylashgan, abonentlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan markazi.
1.10. Abonent raqamini Ro‘yxatdan o‘tkazish – Operator tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish to‘g‘risidagi Shartnoma tuzish jarayoni bo‘lib, uning natijasida Foydalanuvchi tomonidan Zaxiralash amalga oshirilgan Abonent raqami Foydalanuvchiga beriladi.
1.11. Zaxiralash muddati – Zaxiralash vaqtidan boshlanuvchi, Foydalanuvchi Operatorga murojaat etib, o‘zi tomonidan zaxiralangan abonent raqamini o‘z nomiga rasmiylashtirishi mumkin bo‘lgan davr oralig‘i.

2. XIZMATNI TAQDIM ETISH SHARTLARI
2.1. Xizmat Foydalanuvchiga Veb-sahifada joylashtirilgan va bevosita Veb-sahifada Zaxiralash mumkin bo‘lgan Abonet raqamini Zaxiralashni amalga oshirish imkonini taqdim etadi.
2.2. Veb-sahifada Abonet raqamini Zaxiralash uchun Foydalanuvchi Veb-sahifadagi tegishli joyga o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (Foydalanuvchining F.I.O., shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘yicha ma’lumotlari: O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilish uchun ruxsatnoma (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun) yoki O‘zbekiston Respublikasidagi propiskasi (yashash joyida  vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi) qayd etilgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki harbiy xizmatchining shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma, chet el fuqarosining milliy pasporti, akkreditatsiya kartochkasi yoki O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilish uchun ruxsatnomasi) kiritishi, shuningdek, mazkur xizmatni taqdim etish Qoidalari bilan tanishishi hamda ular bilan tanishganligi va roziligi haqida belgi qo‘yishi lozim.
2.3. Xizmatni taqdim etish Qoidalariga rozilik bildirar ekan, Foydalanuvchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarining Xizmatni taqdim etish doirasida va maqsadlarida uchinchi shaxslarga berilishi va ko‘rib chiqilishiga roziligini beradi.
2.4. Operator istalgan vaqtda mazkur Xizmatni taqdim etish Qoidalarini bir tomonlama tartibda o‘zgartirishga haqli. Bunda, Foydalanuvchi o‘zgarishlar bilan mustaqil tarzda tanishishi lozim bo‘ladi.
2.5. Foydalanuvchi mustaqil tarzda Zaxiralash muddatini dam olish va bayram kunlarini ham inobatga olgan holda Operatorning ish tartibi bilan solishtirishi lozim bo‘ladi. Veb-sahifada Zaxiralash muddati zaxiralash vaqtidan boshlab 48 soatni tashkil etadi, mazkur muddat tugashi bilan Foydalanuvchi tomonidan zaxiralangan Abonent raqami zaxiradan yechiladi.
2.6.  Foydalanuvchi shop.ucell.uz manzilida Xizmatdan bir kunda besh martagacha foydalanishi mumkin.
2.7. Operator Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, to‘liqligi va aniqligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi, agar ularning haqiqiy ma’lumotlar bilan mos kelmasligi holatida Foydalanuvchiga Abonent raqamini Ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga haqli.
2.8. Muvaffaqiyatli Zaxiralashdan keyin Foydalanuvchiga Operator tomonidan o‘rnatilgan usullarda (elektron pochta orqali va/yoki monitor ekranida aks ettirish yo‘li bilan) Zaxiralash kodi yuboriladi. Zaxiralash kodi Foydalanuvchi tomonidan Zaxiralash amalga oshirilganligining tasdig‘i hisoblanadi. Veb-sahifada zaxiralash holatida Zaxiralash kodi bilan birga Abonent raqami va Abonent raqamini Ro‘yxatdan o‘tkazishda Foydalanuvchini aniqlashtiruvchi ma’lumotlar ham zaxiralanganlikning tasdig‘i bo‘ladi.
2.9. Foydalanuvchi Zaxiralash kodini saqlash va uning maxfiyligini ta’minlashga majbur. Zaxiralash kodini oshkor etish holatida, bunday oshkor bo‘lish oqibatlari uchun javobgarlik to‘laligicha Foydalanuvchi zimmasiga yuklatiladi.
2.10. Muvaffaqiyatli Zaxiralashdan keyin Foydalanuvchi 48 soat mobaynida Operatorning Zaxiralashda Foydalanuvchi tomonidan tanlangan shahardagi Sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish nuqtasi (ofisi)ga murojaat etishi lozim. Abonent raqamini Ro‘yxatdan o‘tkazish Operatorning Foydalanuvchi tomonidan tanlangan shahardagi Sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish nuqtasi (ofisi) ish tartibiga muvofiq tarzda amalga oshiriladi.
2.11. Operatorning Sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish nuqtasi (ofisi)ga murojaat etishda Foydalanuvchining yonida o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lishi kerak:

  • chet el fuqarosining milliy pasporti, akkreditatsiya kartochkasi yoki O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilish uchun ruxsatnomasi;
  • O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilish uchun ruxsatnoma (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun) yoki O‘zbekiston Respublikasidagi propiskasi (yashash joyida  vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi) qayd etilgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki harbiy xizmatchining shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma. 

2.12. Operatorning Sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish nuqtasi (ofisi)ga murojaat etishda Foydalanuvchi o‘zi tomonidan zaxiralangan abonent raqamini va Zaxiralash kodini ko‘rsatishi, shuningdek, Zaxiralash qaysi hujjat asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha hujjatning aslini taqdim etishi lozim. Ko‘rsatilgan ma’lumotlar murojaat qilgan shaxs tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va zaxiralash jarayonida Foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan, Operatorda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bilan mos kelgan holda, Operator Foydalanuvchi nomiga Abonent raqamini Ro‘yxatdan o‘tkazadi. Mazkur ma’lumotlar o‘zaro mos kelmasa, Operator Foydalanuvchiga Abonent raqamini Ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga haqli.
2.13. Abonent raqamini Ro‘yxatdan o‘tkazishdan keyingi Foydalanuvchi va Operator orasidagi barcha o‘zaro munosabatlar Operator tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish to‘g‘risidagi Shartnoma bilan tartibga solinadi.
2.14. Agar Xizmatdan g‘ayrihuquqiy, noqonuniy va/yoki tijorat maqsadlarida foydalanilmoqda, deb hisoblash uchun Operatorda yetarli asoslar bo‘lsa, Foydalanuvchining Xizmatdan foydalanishi to‘xtatilishi yoxud avvaldan yoki keyinchalik ogohlantirilmagan holda tugatilishi mumkin.
2.15.  Foydalanuvchi tomonidan mazkur Qoidalarning istalgan sharti buzilishi sodir etilganligi aniqlansa, Operator avvaldan yoki keyinchalik ogohlantirmagan holda, mazkur foydalanuvchi tomonidan zaxiralangan barcha abonent raqamlaridan zaxiralashni bekor qilishga haqli.
2.16. Tomonlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha da’volashuv va kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi. Ularni tartibga solish imkoni bo‘lmasa, da’volashuv va kelishmovchiliklar Operatorning joylashgan o‘rni bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida hal qilinadi.
2.17. Foydalanuvchi Xizmat doirasida taqdim etiladigan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, to‘liqligi va aniqligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishiga rozilik bildiradi. Zaxiralashda Foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlarda har qanday mos kelmaslik holati kuzatilsa, Operator Abonent raqamini Ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga haqli.
2.18. Mazkur Qoidalar – shartlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tarzda Operator tomonidan mustaqil holda o‘rnatilgan ommaviy oferta hisoblanadi. Tomonlarning mazkur Qoidalarda ko‘zda tutilmagan o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko‘ra tartibga solinadi.
2.19. Mazkur Qoidalarning barcha ilovalari, o‘zgarish va qo‘shimchalari uning ajralmas qismlari hisoblanadi. Mazkur Qoidalar rus tilida tuzilgan va o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Mazkur Qoidalarning biror qismi bo‘yicha ixtilof yuzaga kelsa, rus tilidagi versiyasi ustun hisoblanadi.

Ofislar manzillari

Sotuvlar va abonentlarga xizmat ko‘rsatish markazlarining manzillari 

  • Toshkent
    Nomi Manzil Mo‘ljal Ish vaqti
    Ucell-Markazi
    Toshkent sh., Yunus-Obod t, Shaxrisabz ko‘chasi, 1.
    WYNDHAM mehmonxonasi (sobiq Dedeman)
    Dushanba - Juma 8:00 dan 19:00 gacha
    Shanba - Yakshanba 9:00 dan 17:00 gacha 
    Ucell-Tashkent
    Toshkent sh., Vohidov ko‘chasi, 118.
    "Grand Mir" mehmonxonasi – eski "Rossiya" mehmonxonasi. Dushanba - Juma 8:00 dan 19:00 gacha
    Shanba - Yakshanba 9:00 dan 17:00 gacha 
    Ucell-Qo’iliq
    Toshkent sh., Bektemir tumani, Nurafshon ko‘chasi, 12-а uy. "Qo‘yliq" bozori ro‘parasida Seshanba - Juma 8:00 dan 19:00 gacha
    Shanba - Yakshanba 9:00 dan 17:00 gacha
    Dushanba - dam olish kuni
    Ucell-Tinchlik
    Toshkent sh., Olmazor tumani, Beruniy ko‘chasi, B-1, 2- uy, seksiya 3. "G‘uncha" kinoteatri qarshisida, "Tinchlik" metro bekati Dushanba - Juma 8:00 dan 18:00 gacha
    Shanba -  9:00 dan 17:00 gacha
    Yakshanba - dam olish kuni
    Ucell Mirzo Ulugbek
    Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Muhammad Yusuf ko‘chasi, 68-145a. "Buyuk Ipak yo‘li" metro bekati Dushanba - Juma 8:00 dan 18:00 gacha
    Shanba -  9:00 dan 17:00 gacha
    Yakshanba - dam olish kuni
    Ucell-Chilonzor
    Toshkent sh., Uchtepa tumani, 21-kvartal, 30А.  
    Shaxar narkologik dispanser ro‘parasida.
    Dushanba - Juma 8:00 dan 18:00 gacha
    Shanba -  9:00 dan 17:00 gacha
    Yakshanba - dam olish kuni
  • Toshkent viloyati
    Nomi Shahar Manzil Mo‘ljal
    Ucell-Olmaliq 1
    Olmaliq
    Olmaliq sh., A. Timur ko‘chasi, 29A
    Olmaliq sh. Milliy Xavfsizlik Xizmati binosi
    Ucell-Angren
    Angren
    Angren sh., Chikrizov ko‘chasi, 33 - 25
    "Xalqa"
    Ucell-Chirchik Chirchik A. Navoiy ko‘chasi  Markaziy shahar dehqon bozori.
  • Qashqadaryo viloyati
    Nomi Manzil Mo‘ljal
    Ucell-Qarshi
    730000, B.Sherqulov ko‘ch. Qarshi shahri
    Afsona mehmonxonasi
  • Andijon viloyati
    Nomi Manzil Mo‘ljal
    Ucell-Andijon
    170100 Boburshox ko‘ch. 15-b, Andijon shahri
    Xolis Savdo Markazi
  • Buxoro viloyati
    Nomi Manzil
    Ucell-Buxoro
    200100,  Mustaqillik ko‘ch. Buxoro shahri, Do’konlar majmuasi, B literasi
  • Xorazm viloyati
    Nomi Manzil Mo‘ljal
    Ucell-Urgench
    Al Xorazmiy ko‘ch. 56A, Urganch shahri Farhod kafesi, Toshkent gastronomi
  • Samarqand viloyati
    Nomi Manzil Mo‘ljal
    Ucell-Samarqand
    140160, Yusuf Hamodoniy ko‘ch 74. Samarqand shahri
     
  • Sirdaryo Viloyati
    Nomi Manzil Mo‘ljal
    Ucell-Guliston
    Guliston shahri, O‘zbekiston ko‘ch. 40. Xokimlik binosi, Yoshlar ma‘naviyat markazi
  • Navoiy viloyati
    Nomi Manzil
    Ucell-Navoiy
    210100, G‘alaba Shox ko‘ch. 17 daha, Navoiy shahri

    Sotuvlar va abonentlarga xizmat ko‘rsatish punkti
    Nomi Manzil Mo‘ljal
    Ucell-Zarafshon Zarafshon sh. Zarafshon savdo markazi
  • Namangan viloyati
    Nomi Manzil Mo‘ljal
    Ucell-Namangan
    160100, Navoiy ko‘ch. 67, Namangan shahri
    Ipotekabank
  • Surxandaryo viloyati
    Nomi Manzil Mo‘ljal
    Ucell-Termiz
    At Termiziy ko‘ch. 24, Termiz shahri Yubileyniy bozori ro‘parasida

    Sotuvlar va abonentlarga xizmat ko‘rsatish punkti

    Nomi Manzil Mo‘ljal
    Ucell-Denov Denov sh, Sh.Rashidov ko'ch. 255  

     
  • Jizzax viloyati
    Nomi Manzil Mo‘ljal
    Ucell-Jizzax
    Jizzax shahri, Sh.Rashidov ko‘ch. 63, Tibbiyot kolleji yoki Viloyat shifoxonasi
  • Farg‘ona Viloyati

    Sotuvlar va abonentlarga xizmat ko‘rsatish markazi

    Nomi Manzil Mo‘ljal
    Ucell-Farg‘ona
    712000, Navoiy ko‘ch. 74, Farg‘ona shahri 
    Tennis korti

    Sotuvlar va abonentlarga xizmat ko‘rsatish punkti

    Nomi Manzil Mo‘ljal
    Ucell-Qo‘qon
    Istiqlol ko‘ch. 32a, Qo‘qon shahri Kitob do‘koni va Prada do‘koni
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi
    Nomi Manzil Mo‘ljal
    Ucell-Nukus
    742000,A.Dosnazarov ko‘ch. 60, Nukus shahri
    Shahar prokuraturasi
Savollar va javoblar

"Raqam tanlash" xizmatiga oid savol va javoblar

  • 1-savol: "Raqam tanlash" xizmati yordamida qanday raqamlarni tanlash mumkin?

    1-javob: "Raqam tanlash" xizmati yordamida Kompaniya saytidagi "Raqam tanlash" bo‘limida mavjud bo‘lgan raqamlarni mumkin. Bo‘limdagi ro‘yxatda taqdim etilmagan raqamlarni tanlash va band qilish amalga oshirilmaydi.

  • 2-savol: Tanlangan raqamni qachon band qilib qo‘yish va ulatish mumkin?

    2-javob: Saytda raqamlarni band qilish uzluksiz ishlaydi. Band qilingan raqamlarni olish Kompaniya ofislarida, ularning ish tartibiga mos holda amalga oshiriladi.

  • 3-savol: Tanlangan raqamni zaxiralashning eng uzoq muddati qanday?

    3-javob: Zaxiralashning eng uzoq muddati – 2 kun (48 soat). Ushbu muddat tugaguncha ulanish amalga oshirilmasa, zaxiralash bekor qilinadi va raqam qaytadan sayt orqali sotuvga qo‘yiladi.

  • 4-savol: Raqamni ulatish uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

    4-javob: Raqamni ulatish quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda amalga oshiriladi:

    • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki harbiy xizmatchining shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma;
    • chet el fuqarosining yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi qayd etilgan milliy xorijiy pasporti, akkreditatsiya kartochkasi yoki O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilish uchun ruxsatnoma;
    • O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilish uchun ruxsatnoma (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun) yoki O‘zbekiston Respublikasidagi propiskasi (yashash joyida  vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi) qayd etilgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi.
  • 5-savol: "Raqam tanlash" xizmatining narxi qancha?

    5-javob: "Raqam tanlash" xizmati bepul taqdim etiladi. Ammo, zaxiralangan raqamni ulatishda Kompaniya qoidalariga ko‘ra belgilangan ulanish narxi to‘lovini amalga oshirish lozim.

Tavsiya etilgan xizmatlar

Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.