Call Center: +998 (93) 180 00 00, 8123 (с номеров Ucell)
Abonentlarga
Xizmatlar
Abonent xizmatlari
Abonent Qo‘ng‘roqlar tafsiloti

"Qo‘ng‘iroqlar tafsiloti"

Zaruriyat tug‘ilganda Ucell sizga qo‘ng‘iroqlaringizning turli davrdagi (oy, hafta va xk) to‘liq tafsilotini taqdim etadi. Bunday ma‘lumotni siz har oy yoki zaruriyat tug‘ilganida olishingiz mumkin. Qaysi davrga taaluqli ma‘lumot bo‘lishini, o‘zingiz tanlaysiz.

Qo‘ng‘iroqlaringizning to‘liq tafsilotini olish uchun shahsan o‘zingiz Kompaniyaning ofislariga o‘z pasportingiz bilan kelishingiz lozim. Shundagina siz “Qo‘ng‘iroqlar tafsiloti” xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz yuridik shaxs (kompaniya, firma, HT, MChJ va hokazo) bo‘lsangiz, unda “Qo‘ng‘iroqlar tafsiloti” xizmatini taqdim etish uchun tafsilotni qabul qiluvchi aniq bir shaxsni belgilab (shaxsni bildiruvchi hujjatlari bilan),arizani to‘ldirishingiz kerak.


Muhim

Internet-xizmatlardan foydalanish tafsilotida faqat Internet-sessiya vaqti, uning davomiyligi va qabul qilingan va yuborilgan ma‘lumot hajmi qayd qilinadi.

Ucell Kompaniyasi abonentlarga Internetdan foydalanish imkoniyatini taqdim etib, abonent raqamlarining tafsilotida Internet saytlar (shuningdek IP-manzil), Internet ulanishlar va Internet-manzillar orqali amalga oshirilgan serverlarni qayd etmaydi.

Kompaniya shuningdek, SMS-xizmatlar orqali abonentlar tomonidan yuborilgan SMS-xabarlar matnini ham qayd etmaydi.

Quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroqlar qo‘ng‘iroqlar tafsilotida aks etmaydi:

  • 101 – O‘t o‘chirish xizmati
  • 102 – Militsiya
  • 103 – Tibbiy Yordam
  • 104 – Tabiiy gaz xizmati
  • 1050 – Favqulodda vaziyatlar Vazirligi
  • 8123 – Prepaid tizimi abonentlarini qo‘llab-quvvatlash markazi
  • 8111 – Postpaid tizimi abonentlarini qo‘llab-quvvatlash markazi
Xizmat shartlari
“Qo‘ng‘iroqlar tafsiloti” xizmatini taqdim etish shartlari
Xizmatga ulanish $ 0.00
Har vaqt abonent talabiga binoan xizmatni taqdim etish (tafsilot davri chegaralanmagan). Bir oyiga $ 3.60
Oylik Qo‘ng‘iroqlar tafsilotini taqdim etish (tafsilot davri – o‘tgan oy) $ 3.60
Korporativ mijozlar uchun xizmatning bir martalik ta'minoti 1 raqam uchun (tafsilotlar davri - 1 oy) $ 1.00

0
Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!