Call Center: +998 (93) 180 00 00, 8123 (с номеров Ucell)
Abonentlarga
Xizmatlar
Abonent xizmatlari
1 SIM-karta – 2 mamlakat

1 SIM-karta – 2 mamlakat

 Rossiyaga tez-tez borib turasizmi?

 Har gal borganingizda Rossiyaning turli uyali aloqa operatorlari bilan yangi shartnomalar tuzasizmi?

 O'zbekistonga qaytganingizdan keyin yangi SIM-karta sotib olishga yoki eskisini tiklashga to'g'ri keladimi?

"1 SIM-karta – 2 mamlakat" xizmati bilan bu kabi noqulayliklarni esingizdan ham chiqarib yuborasiz!

Xizmatga ulanish narxi – $0. 2018 yil 1 fevralga qadar. (ikkita profilli maxsus SIM-kartani o'z ichiga oladi)


Xizmatning afzalliklari
  •  Siz Rossiyaning uyali aloqa operatori SIM-kartasini sotib olishingiz shart bo'lmaydi – "1 SIM-karta – 2 mamlakatr" xizmati doirasida berilgan SIM-kartangizda ikkita – Ucelldan O'zbekiston va AIVA mobiledan Rossiya raqami bo'ladi *.
  •  Siz uyali aloqa xarajatlaringizni qisqartirish uchun Rossiyaning turli uyali aloqa operatorlaridan ko'plab raqamlar ulatishingizga hojat qolmaydi – AIVA mobile taqdim etgan "Mehmondo'st" tarifi uyga – O'zbekistonga qo'ng'iroqlar kabi, Rossiya Federatsiyasi hududida tarmoq ichidagi qo'ng'iroqlar uchun ham qulay narxlar taklif etadi. "Mehmondo'st" tarifi haqida batafsil
  •  Siz O'zbekistonga qaytgach, yangi SIM-karta sotib olishingiz shart bo'lmaydi – siz AIVA mobile aloqa xizmatlaridan foydalanayotgan vaqtingizda Ucell raqamingiz saqlanib turadi.
  •  "1 SIM-karta – 2 mamlakat" xizmati ulangan maxsus SIM-kartani Kompaniya ofislarida olish mumkin**.

* Siz Rossiya Federatsiyasiga yetib borganingizda maxsus USSD-buyruqni jo'natib, Rossiya raqamini olasiz.

** Kompaniya ofisiga murojaat qilganda, Shartnoma tuzishga asos bo'lgan hujjatni taqdim etish lozim: rasport, harbiy guvohnoma + № 33 shakl (harbiy xizmatni o'tayotgan shaxslar uchun), akkreditatsiya kartasi (diplomatik vakolatxonalar va missiyalar xodimlari uchun), istiqomat qilish uchun ruxsatnoma (chet el fuqarolari uchun) yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs guvohnomasi (fuqaroligi bo'lmagan shaxslar uchun).

Xizmatdan foydalanish qoidalari

To‘lov usullari:

  •  Har bir raqamning hisobi alohida to‘ldiriladi.
  •  Rossiyaning AIVA mobile raqami hisobini faqat Rossiya Federatsiyasi hududida to‘lovlarni qabul qilish terminallarida, aloqa salonlarida yoki elektron hamyon orqali to‘ldirish mumkin. To‘lovlarni qabul qilish nuqtalarining, aloqa salonlarining manzillari va to‘lovning boshqa usullari haqidagi ma’lumot aiva-mobile.com saytiga joylashtirilgan.
  •   Rossiya raqami hisobini to‘ldirish uchun to‘lovlarni qabul qilish terminallarida to‘lovni qabul qiluvchi sifatida "AIVA"ni tanlab, Rossiyadagi raqamingizni 7 958 XXX XX XX ko‘rinishida kiritishingiz lozim.
  •   Ucell raqami hisobini Rossiya hududidan turib UTK-kartalar (avval Kompaniya ofislarida xarid qilingan) yoki "Chegarasiz to‘lov" xizmati yordamida, O‘zbekiston hududida esa – Kompaniya ofislarida, saytida yoki elektron to‘lov tizimlari orqali to‘ldirish mumkin.

Rossiyaga borganingizda, siz AIVA mobile tarmog'ini tanlash yoki Ucell xalqaro roumingidan foydalanish taklif etilgan SMS-xabar olasiz.

Quyidagi so'rovlarni yuboring:

– AIVA mobile Moskva raqamini olish;
– AIVA mobile Sankt-Peterburg raqamini olish.

Bundan so'ng sizga SMS-xabar yuboriladi, unda sizning AIVA mobile raqamingiz, tarif rejangiz va uy hududingiz ko'rsatilgan bo'ladi.

Agar siz Rossiya hududida o'z Ucell raqamingizni ishlatmoqchi bo'lsangiz, u holda Ucell rouming-hamkori tarmog'ida xalqaro rouming xizmatidan foydalanish uchun buyrug'ini tering.

Rossiyaga takroran borganingizda AIVA mobile tarmog'iga o'tish avtomatik tarzda amalga oshadi va sizga avval berilgan raqam faollashadi.

Agar AIVA mobile tarmog'iga o'tish avtomatik tarzda amalga oshmasa, unda SIM-menyudan foydalanishni tavsiya qilamiz:

  • Android: Menyu → Sozlamalar → SIM-menyu → Operator → Qo'lda tanlash – AIVA mobile.
  • iOS: Telefon → SIM ilovalari → SIM-menyu → Operator → Qo'lda tanlash – AIVA mobile.
  • Java: Menyu → Sozlamalar → SIM-menyu → Operator → Qo'lda tanlash – AIVA mobile.
Agar AIVA mobile tarmog'idan berilgan Rossiya raqamingiz 6 oy davomida nofaol holatda bo'lsa, u tizimdan o'chiriladi, ammo Rossiyaga takroran borganingizda sizga yangi raqam beriladi.

 Abonentlarni qo'llab-quvvatlash

AIVA mobile tarmog'ining Abonent xizmati raqami: +7 958 555 8123 yoki 8123 (AIVA mobile tarmog'i abonentlari uchun). Rossiya hududida qo'ng'iroq bepul.

Tavsiya etilgan xizmatlar
Chegarasiz to‘lov

Bu Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Gruziya, Armaniston, BAA va Germaniya mamlakatlarida roumingda bo‘lib o‘z hisobingizni to‘ldirish

"Raqam tanlash" xizmati

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Oylik Internet to‘plamlari

"Oylik Internet-to‘plamlari" bilan 1 MB Internet narxi - $0.007!

"Men Kimman?" xizmati

Endi siz zarurat tug‘ilgan vaqtda o‘z raqamingiz va boshqa foydali ma‘lumotlarni bilib olishingiz mumkin!


0
Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!