Abonentlarga
Xizmatlar
Abonent xizmatlari
Zaxiradagi SIM-karta

"Zaxiradagi SIM-karta"

"Zaxiradagi SIM-karta" - xizmati sizning asosiy SIM-kartangiz ishdan chiqqan, yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan hollarda Ucell ofislariga murojaat etmasdan turib, kunning istalgan vaqtida SIM-kartangizni mustaqil ravishda almashtirish imkonini beradi.

Xizmatga ulanish narxi:

  •  4000  so‘m – standart, ya’ni klassik (2FF), mikro SIM (3FF) va nano SIM (4FF) formatidagi SIM-kartalar uchun;
  •  4000 so‘m – MultiSIM formatidagi SIM-kartalar uchun.

Xizmatga ulanish

Xizmatga ulanish faqat Kompaniya ofislarida hamda dilerlik shaxobchalarida amalga oshiriladi, bunda Sizga zaxira (faollashtirilmagan) SIM-karta hamda 14 ta raqamli maxsus kodga ega "Zaxiradagi SIM-karta" xizmatidan foydalanuvchilar uchun Qo‘llanma taqdim etiladi*.

Подключение услуги

  1. Istalgan Ucell raqamidan quyidagi shaklda USSD-so‘rov yuboring:*121*1*(14 ta raqamli maxsus kod)# chaqirish tugmachasi;
  2. "Zaxiradagi SIM-karta" xizmatiga ulangan paytingizda taqdim etilgan SIM-kartani mobil telefoningizga o‘rnating.
  3. Mobil telefoningizni yoqqaningizdan so‘ng bir necha daqiqa ichida SIM-karta muvaffaqiyatli almashtirilganligi haqida SMS-xabar keladi.

* 14 ta raqamli maxsus kod maxfiy hisoblanib, abonent uning maxfiy saqlanishini ta’minlashi kerak.

E’tibor bering
  1. «Zaxiradagi SIM-karta« xizmatiga ulanish uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi shart.
  2. Ushbu xizmatga ulangandan so‘ng, zaxiradagi SIM-karta 3 yil davomida amal qiladi va uni faqat bir marta faollashtirish mumkin.
  3. Xizmat amal qilish davrida raqamingiz uchun tuzilgan shartnoma bekor bo‘lsa, «Zaxiradagi SIM-karta« xizmati bekor qilinadi va xizmatga ulanish uchun to‘langan mablag‘ qaytarilmaydi.
  4. «Zaxiradagi SIM-karta« xizmati faol, ammo zaxiradagi SIM-kartadan foydalanilmagan holda xizmatga qayta ulanish mumkin emas.
  5. Zaxiradagi SIM-karta asosiy SIM-karta bilan bir vaqtda ishlamaydi.
  6. Abonent raqami bir vaqtning o‘zida ikkita SIM-kartada amal qilmaydi. Zaxiradagi SIM-karta faollashtirilganda asosiy SIM-karta bekor qilinadi va shu vaqtdan boshlab faqat zaxiradagi SIM-karta ishlaydi.

Quyidagi hollarda Kompaniyaning o‘z ofislaridan biriga murojaat qiling::

  1. zaxiradagi SIM-kartani yo‘qotganingizda – «Zaxiradagi SIM-karta« xizmatiga qaytadan ulanish uchun (xizmatga qayta ulanish pulli hisoblanadi);
  2. SIM-kartani faollshtirish uchun kerak bo‘ladigan 14 ta raqamli maxsus kodni yo‘qotganingizda* (14 ta raqamli maxsus kodni qayta tiklash bepul).

Diqqat!

Kompaniyaning o‘z ofislaridan biriga murojaat qilganingizda, quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz kerak: рasport, harbiy guvohnoma + № 33 shakl (harbiy xizmatni o‘tayotgan shaxslar uchun), akkreditatsiya kartasi (diplomatik vakolatxonalar va missiyalar xodimlari uchun), istiqomat qilish uchun ruxsatnoma (chet el fuqarolari uchun) yoki guvohnoma (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun). Shu borada Abonent (Ishonch bildiruvchi) vakili bo‘lish uchun yoki uning nomidan ish tutish uchun Kompaniyaga murojaat qilib Ishonchnoma taqdim etganingizda, pasportingiz yoningizda bo‘lishi hamda quyidagi ma’lumot va harakatlar Ishonchnomada albatta aks ettirilgan bo‘lishi kerak:

  • Ishonchnoma berilgan joy va sana;
  • Ishonch bildiruvchi va Ishonchli vakilning familiyasi, ismi va otasining ismi;
  • Pasport ma’lumotlari (seriya va raqami, berilgan sana\kim tomondan berilganligi, amal qilish muddati);
  • Ishonch bildiruvchi va Ishonchli vakilning doimiy yoki vaqtinchalik propiska (ro‘yxat) bo‘yicha yashash joyi;
  • Ishonchli vakilga berilgan vakolatlar doirasi (aniq abonent raqam(lar)ini ko‘rsatgan holda);
  • Abonent raqamining qo‘ng‘iroqlar tafsilotini olish uchun aniq davri;
  • Ishonch bildiruvchining imzosi;
  • Ishonch bildiruvchining pasport nusxasi;
  • Ishonchli vakil pasportining asl nusxasi.

Dilerlik nuqtalarida “Zaxiradagi SIM-karta” xizmati faqatgina O‘zR fuqarolariga, taqdim etilgan pasportga muvofiq, VIP va undan pastroq toifali raqamlar uchun taqdim etiladi.

* Kompaniya "Zaxiradagi SIM-karta" xizmati doirasida abonentga taqdim etiladigan 14 ta raqamli maxsus kodning maxfiy saqlanishiga mas’ul emas. Shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi uchun abonentning o‘zi javobgar hisoblanadi. Abonent maxfiylik talablariga rioya qilmasa, uning raqamidan foydalangan holda amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun uning o‘zi javobgar hisoblanadi.

Izoh

Abonentga taqdim etilgan zaxira SIM-karta qiymatidan maksimal stavka bo‘yicha jismoniy shaxs daromad solig‘i Kompaniya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga to'lanadi.

 

Tavsiya etilgan xizmatlar

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.