Abonentlarga
Tariflar
“Active” tarif rejalari tizimi

"Active" tarif rejalari tizimi

Imtiyozlar olish uchun o‘zgacha bo‘lish shart emas!

  Oyda atigi 1 marta to‘lov qilib, tarmoq ichida va O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar, O‘zbekiston bo‘yicha SMSlar, Internet uchun MBlar va Telegram uchun trafik, Tas-IX uchun MBlar va tungi internet oling. Bularning barchasi oyiga atigi 40000, 60000 yoki 90000 so‘m evaziga!

  Oylik abonent to‘lovi faqat hisobda yetarlicha mablag‘ bo‘lsagina yechiladi. Agar abonentning hisobida oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, u holda kunlik abonent to‘lovi opsiyasi ulanadi hamda abonentga daqiqalar, SMS va MBlarning kunlik limiti belgilanadi.

  Muhim! Kunlik abonent to‘lovi faqatgina abonent hisobida oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarlicha mablag‘ bolmaganida yechiladi. Oylik abonent to‘lovi yechilganida, kunlik abonent to‘lovi yechilmaydi.

Tarifga o'tish:

Limitlar qoldig‘ini tekshirish:   – daqiqa va SMSlar,
                                               – internet-trafik

"Active" tarif rejalariga o‘tish narxi – 0 so‘m


Narxlash

Tarif rejasining nomi Active 40 Active 60 Active 90
Oylik abonent to‘lovi*
(oylik abonent to‘lovi yechilganida, kunlik abonent to‘lovi yechilmaydi)
40 000 so‘m 60 000 so‘m 90 000 so‘m
Tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning oylik limiti 2 500 daqiqa 3 000 daqiqa 5 000 daqiqa
(Umumiy limit)
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning oylik limiti 500 daqiqa 1 500 daqiqa
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlarning oylik limiti 500 SMS 500 SMS 3 000 SMS
Oylik internet-trafik limiti 2 000 MB 5 000 MB 10 000 MB
Oylik internet-trafik limiti (tungi vaqtga 01:00-09:00) 1 000 MB 1 500 MB 2 000 MB
"Telegram" ilovasi uchun oylik internet-trafik limiti 500 MB 1 500 MB 6 000 MB
Oylik internet-trafik limiti (TAS-IX) 1 000 MB 2 000 MB 4 000 MB
Kunlik abonent to‘lovi**
(Kunlik abonent to‘lovi faqatgina abonent hisobida oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarlicha mablag‘ bolmaganida yechiladi)
2 000 so‘m 3 000 so‘m 4 500 so‘m
Tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning kunlik limiti 83 daqiqa 100 daqiqa 166 daqiqa
(Umumiy limit)
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning kunlik limiti 16 daqiqa 50 daqiqa
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlarning kunlik limiti 15 SMS 15 SMS 100 SMS
Kunlik internet-trafik limiti 66 MB 166 MB 333 MB
Kunlik internet-trafik limiti (tungi vaqtga 01:00-09:00) 33 MB 50 MB 66 MB
"Telegram" ilovasi uchun kunlik internet-trafik limiti 16 MB 50 MB 200 MB
Kunlik internet-trafik limiti (TAS-IX) 33 MB 66 MB 133 MB
Limitlar qoldig‘ini tekshirish (USSD-so‘rov) *102# – daqiqa va SMSlar
*103# – internet-trafik MBlari
Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash:
Barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar 0 so‘m
Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 95 so‘m
1 MB internet narxi (berilgan limitdan tashqari / Telegram uchun berilgan limitdan tashqari) 350 so‘m
Tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 125 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS narxi (berilgan limitdan tashqari) 80 so‘m
Xalqaro SMSlar 505,2 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha MMSlar 210,5 so‘m
Xalqaro MMSlar 1263 so‘m
Qo‘shimcha shartlar
  • Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent hisobidan kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Agar kunlik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida kunlik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda kunlik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan kunlik limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
  • *Tarif rejalarida oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda daqiqalar va megabaytlarning belgilanishi har oyning birinchi sanasida (soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda) amalga oshadi. Buning uchun abonent hisobida oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lishi kerak. Agar oyning birinchi kuni abonent hisobida oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, abonent uchun oyning 1-dan 15-sanasigacha (shu kunlari ham) o‘ziga qulay paytda o‘z hisobini to‘ldirish imkoni mavjud. Abonent o‘z hisobini to‘ldirishi bilan oylik abonent to‘lovi to‘liq hajmda yechiladi (kunlik abonent to‘lovi yechilgan kunlar uchun ham) hamda barcha daqiqalar va megabaytlar limitlari ham to‘liq hajmda belgilanib, kalendar oyining oxirigacha amalda bo‘ladi.
  • E’tibor qiling – abonent to‘lovi faqat hisobi to‘ldirilgan payti raqami faol holatda bo‘lsagina yechiladi. Agar abonent raqami blok holatiga o‘tgan bo‘lsa, raqam hisobini ikki marta to‘ldirish tavsiya etiladi: birinchi to‘ldirish – raqamni faol holatga o‘tkazish uchun, ikkinchi to‘ldirish – oylik abonent to‘lovini yechish uchun. Ikki to‘lov yig‘indisi oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli bo‘lishi kerak.
  • Kalendar oyining 16-kunidan oylik abonent to‘lovi yechilishi va limitlar belgilanishi uchun soat 00:00 dan 07:59 gacha bo‘lgan davrda faqatgina bitta urunish amalga oshiriladi va uning yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan. Oylik abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechilishi va tegishli limitlar kalendar oyining shu kunida belgilanishi uchun soat 00:00 da hisobingizda oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lishini lozim. Agar oylik abonent to‘lovi yechilishi kerak bo‘lgan paytda hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, hatto abonent hisobi soat 08:00 qadar to‘ldirilsa ham Kompaniya tizimi to‘lovni yechish uchun boshqa urinishni amalga oshirmaydi. Hatto abonent raqamining hisobida oylik abonent to‘lovini yechish uchun mablag‘ yetarli bo‘lsa ham, kalendar oyining 16-kuni soat 08:00 dan keyin va oyning oxirigacha abonent to‘lovi yechilmaydi va tarif rejasi bo‘yicha limitlar belgilanmaydi.
  • **Agar abonent hisobidan joriy davr uchun oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, u holda tarif rejalarida kunlik abonent to‘lovining yechilishi va limitlarning belgilanishi har kuni (soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda) amalga oshadi. Agar kunlik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida kunlik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda kunlik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan kunlik limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu kunlik limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Agar oyning 16-kuni abonent hisobidan oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, u holda shu kundan boshlab va oyning oxirigacha abonent hisobidan kunlik abonent to‘lovi yechiladi.
  • Oylik va kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha belgilangan limitlardan abonentlar ular belgilangan oyning oxiriga qadar foydalana oladilar. Abonentlar mazkur limitlardan faqat Faol holatdagina foydalana oladilar.
  • "Active" tarif rejalaridan Prepaid tizimi abonentlari foydalana oladilar.
  • "Active" tarif rejalariga yangidan ulanish ham, boshqa tarifdan o‘tish ham mumkin.
  • "Baxtli 25", "Aniq", "Omadli", "Baxtli 25+", "Aniq+" va "Omadli+" tarif rejalari doirasidagi MBlar limiti qoldig‘i "Active" tarif rejalaridan biriga o‘tilganida faqatgina "Telegram" ilovasi uchun mavjud bo'ladi.
  • "Active" tarif rejalariga yangi ulanishda birinchi o‘rinda kunlik abonent to‘lovi yechiladi, oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun abonent oylik abonent to‘lovi yechilishi shartlarini bajarishi lozim.
  • Mazkur tarif rejalariga boshqa tarif rejalaridan o‘tishda oylik abonent to‘lovi mos holda yechiladi (oylik abonent to‘lovi qiymati va limitlar joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mos tarzda yechiladi/belgilanadi), limitlarning amal qilish muddati joriy oyning oxirigacha qilib belgilanadi. Agarda tarifga o‘tish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda tarifga o‘tishdan keyin kunlik abonent to‘lovi yechiladi, ya’ni abonent oylik va kunlik abonent to‘lovi yechilish shartlarini hisobga olishi lozim.
  • Yangi ulanishda/o‘tishda agar abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lsa birinchi oylik abonent to‘lovi va limitlar oyning so‘ngigacha qolgan kunlar uchun yechiladi va belgilanadi. Agar ulanish/o‘tish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovini yechish uchun yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, unda tizim kunlik abonent to‘lovini yechadi. Abonent hisobida oylik abonent to‘lovi yechilishi imkoni paydo bo‘lishi bilan, tizim oylik abonent to‘lovini yechib oladi va limitlarni belgilaydi (abonent to‘lovi va limitlar tarif rejasiga ulanish/o‘tish kunidan boshlab oyning so‘ngigacha qolgan kunlar uchun yechiladi va belgilanadi). Tizim abonent to‘lovini ulanishdan/o‘tishdan keyin 16 kun davomida abonent to‘lovini yechishga urinadi (agar ushbu muddat yangi oyga o‘tgan bo‘lsa, va hisobda kerakli miqdorda mablag‘ bo‘lsa, unda birinchi o‘rinda to‘lanmagan muddat uchun oylik to‘lov yechilib olinadi). 16-kuni abonent to‘lovini tizim faqatgina 08:00 gacha yechishi mumkin. Belgilangan limitlar belgilangan kalendar oyining so‘ngigacha amal qiladi.
  • Tarif rejasidagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
  • Tarif rejasidagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar va MBlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
  • "Tarmoq ichida 0" va "VIP" xizmatlari ushbu tarif rejalar abonentlari uchun mavjud emas.
  • Tungi internet-trafik limitidan faqat soat 01:00 dan 09:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida foydalanish mumkin. Berilgan limitning to‘g‘ri narxlanishi uchun, tungi hamda kunduzgi trafiklarning amal qilish vaqtlari almashinish paytlarida (soat 09:00 da va 01:00 da) internetni uzib turishni, shu vaqtlardan sal o‘tgach internetga qayta ulanib foydalana boshlashni tavsiya etamiz.
  • "Active" tarif rejalaridan boshqa ochiq tarif rejalariga o‘tishda tungi vaqtga va TAS-IX yo‘nalishiga berilgan limitlardagi MBlar qoldig‘i amal qilmaydi.
  • “Active” tarif rejalaridan “Oddiy” tarif rejasiga o‘tishda oldingi Telegram ilovasi uchun belgilangan internet-trafik TAS-IX yo‘nalishi uchun sarflanadi. “Qulay internet” va “OK” tarif rejalariga o‘tishda esa, yangi tanlangan tarif rejasi shartlariga muvofiq Telegram ilovasiga sarflanadi. Umumiy hisobdagi internet-trafik tarif rejasi almashgan sutkaning oxirigacha amal qiladi. Keyingi sutkadan boshlab oldingi trafik bekor qilinadi, yangisi esa  tarif rejasi shartlariga muvofiq kunlik asosda taqdim etiladi. Internet-trafikni sarflashdan oldin belgilangan bonuslarni *102# USSD-so‘rovi yordamida tekshirib olishingizni so‘raymiz.
  • TAS-IX hududidagi saytlardan yuklangan torrent fayllar (yuklangan fayllar, torrent protokollari, bittorrent) uchun, TAS-IX uchun ajratilgan internet-trafik emas, balki tarif doirasida belgilangan trafik sarf etiladi.
  • TAS-IX hududiga kiruvchi IP-manzillar ro‘yxatini bu yerdan ko‘chirib olish mumkin. Agar TAS-IX hududida, deb hisoblangan sayt yuqorida ko‘rsatilgan IP-manzillar doirasiga kirmasa, unga sarflangan trafik uchun mas’uliyatni Kompaniya o‘z zimmasiga olmaydi.
  • Internet xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlarga mablag‘larni rezervatsiya qilish tizimi va 4G tarmog‘ining ishlash xususiyati haqida qo‘shimcha ma’lumot bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz. 

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.