Qo'shimcha ma'lumot

ABONENT RAQAMINING BLOKLANISH SHARTLARI

Hisobdagi pul miqdori $ 0.00 ga teng bo‘lganida yoki 30 kun mobaynida abonent pullik xizmatlardan foydalanmaganda abonent raqami blokirovka qilinadi.

Raqamning maksimal bloklanish muddati– 90 kun. Ushbu muddatning dastlabki 30 kuni mobaynida abonent har qanday qo‘ng‘iroqlarini va har qanday SMS xabarlarni qabul qilishi mumkin.

Agar shu 30 kun mobaynida hisob to‘ldirilmasa, 31-kundan boshlab barcha qo‘ng‘iroqlar bloklanadi, bunda IVR xizmati, favqulotda chaqiruv raqamlari va xizmat raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati mavjud. SMS xabarlarni qabul qilish imkoniyati saqlanib qolinadi.

Agar ko‘rsatilgan 90 kun mobaynida hisobingiz to‘ldirilmasa, siz bilan tuzilgan Shartnoma va sizning telefon raqamingiz esa Kompaniya ihtiyoridagi bo‘sh raqamlar ro‘yhatiga o‘tadi.

Ucell xizmatlaridan qayta foydalanishingiz uchun Prepaid tizimiga qayta ulanishingiz lozim.

 

AVTOMATIK AXBOROT-MA‘LUMOT XIZMATI 8123

Eslatma: 8123 raqamiga faqat Ucell abonentlari mobil telefonlari orqali qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

Ushbu xizmat orqali quyidagi ma‘lumotlarni olishingiz mumkin:

  • kompaniya ofislari va agentlik punktlarining manzillari;
  • kompaniya tarmog‘i holati;
  • xalqaro avtomatik rouming xizmati;
  • barcha xalqaro tariflar;
  • korporativ xizmat ko‘rsatish;
  • valyuta ayriboshlash kursi;
  • kompaniyamizdagi barcha o‘tkazilayotgan tadbirlar va yangiliklar haqida ma‘lumotlar.

8123 raqamiga qo‘ng‘iroqlar bepul.



0
Like