Abonentlarga
Tariflar
Azizlarim

“Azizlarim” tarif rejasi

Yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qilish imkoni.

Guruhga birlashing, umumiy hisob va limitlardan foydalaning.

Har bir abonentga limitlarni taqsimlang:

  • umumiy mablag‘ xarajatlari uchun
  • daqiqalarga (guruh ichida va O‘zbekiston bo‘yicha)
  • Internet MBlariga

Xarajatlarni "Bosh abonent" boshqaradi.
Guruh ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun maxsus imtiyozli narx – daqiqasiga atigi 25 so‘m.
Guruhdagi barcha raqamlar trafikdan foydalanishi uchun maxsus xizmatlar opsiyalari.
Maxsus USSD-menyu - *141#


Narxlash
Belgilangan limitlar qoldig'ini tekshirish - *102#
Umumiy balans va guruh limitlari qoldig'ini tekshirish  - *141#

Oylik abonent to‘lovi 7000 so‘m
Qo‘ng‘iroq turi 1 daqiqa efir vaqti narxi
Barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar 0 so‘m
Guruh ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar 25 so‘m
Tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar 95 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar 125 so‘m
Xabar turi Bitta xabar narxi
Guruh ichidagi chiquvchi SMSlar 25 so‘m
Tarmoq ichidagi chiquvchi SMSlar 79.99 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlar 79.99 so‘m
Xalqaro chiquvchi SMSlar 505.20 so‘m
Tarmoq ichidagi va O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi MMSlar 210.50 so‘m
Xalqaro chiquvchi MMSlar 1263so‘m
Internet 1 MB narxi
Ucell Internet 350 so‘m
Maxsus xizmat opsiyalari

"Azizlarim" tarif rejasi uchun oylik abonent to‘loviga ega maxsus xizmat opsiyalari. Maxsus xizmat opsiyalari *141# USSD-so‘rovi yordamida faollashtiriladi.

Daqiqalar to‘plamlari* 1-opsiya 2-opsiya 3-opsiya
Oylik abonent to‘lovi, so‘m 65 255 110 302 151 560
Tarmoq ichidagi va O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar limiti 1000 5000 10000
Guruh ichida muloqot qilish uchun qo‘shimcha daqiqalar
O‘z guruhi ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar limiti 1000 5000 10000
Daqiqalarning amal qilish muddati Joriy oyning oxirigacha
 
MBlar to‘plamlari* 1-opsiya 2-opsiya 3-opsiya
Oylik abonent to‘lovi, so‘m 65 255 so‘m 130 510 so‘m 170 505 so‘m
Internet limiti, GB 1,5 5 10
Guruh ichida muloqot qilish uchun qo‘shimcha daqiqalar
O‘z guruhi ichidagi qo‘rg‘iroqlar uchun daqiqalar limiti 1000 5000 10000
Daqiqalar va internetning amal qilish muddati Joriy oyning oxirigacha

*Faqatgina “Bosh abonent” opsiyasini ulagan abonent oylik abonent to‘loviga ega maxsus xizmat opsiyalarini ulashi mumkin, shuningdek ushbu abonent umumiy hisobdan mazkur guruh abonentlari foydalanishi mumkin bo‘lgan limitlarni belgilashi mumkin. Guruhning “Bosh abonent” opsiyasi ulanmagan abonentlari ushbu guruhning boshqa abonentlariga oylik abonent to‘loviga ega maxsus xizmat opsiyalarini va limitlarni belgilay olishmaydi.
  • Oylik abonent to‘loviga ega maxsus xizmat opsiyalarini birinchi marta faollashtirishda limitlarning amal qilish muddati to‘plamlar faollashtirilgan oyning oxirigacha qilib belgilanadi (To‘plam narxi va limitlar joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mos tarzda yechiladi/belgilanadi).
  • Oylik abonent to‘loviga ega "MBlar to‘plami" (1-opsiya, 2-opsiya va 3-opsiya) maxsus xizmat opsiyalarini takroran faollashtirishda, mazkur yo‘nalish bo‘yicha oldingi ulangan opsiya bekor qilinadi, bunda foydalanilmay qolgan limitlar yangi limitlarga qo‘shiladi, ammo barcha limitlarning amal qilish muddati avvalgidek – joriy oyning oxirigacha holida qoladi.
  • Oylik abonent to‘loviga ega "Daqiqalar to‘plami" (1-opsiya, 2-opsiya va 3-opsiya) maxsus xizmat opsiyalarini takroran faollashtirishda, mazkur yo‘nalish bo‘yicha oldingi ulangan opsiya bekor qilinadi, bunda foydalanilmay qolgan limitlar yangi limitlarga qo‘shiladi, ammo barcha limitlarning amal qilish muddati avvalgidek – joriy oyning oxirigacha holida qoladi.
  • Oylik abonent to‘loviga ega "Daqiqalar to‘plami" (1-opsiya, 2-opsiya va 3-opsiya) maxsus xizmat opsiyalarini faollashtirishda, "MBlar to‘plami" yo‘nalishi bo‘yicha oldingi ulangan opsiya bekor qilinmaydi, bunda foydalanilmay qolgan limitlar (guruh ichidagi daqiqalar) yangi limitlarga qo‘shiladi, barcha limitlarning amal qilish muddati avvalgidek – joriy oyning oxirigacha holida qoladi.
  • Oylik abonent to‘loviga ega "MBlar to‘plami" (1-opsiya, 2-opsiya va 3-opsiya) maxsus xizmat opsiyalarini faollashtirishda, "Daqiqalar to‘plami" yo‘nalishi bo‘yicha oldingi ulangan opsiya bekor qilinmaydi, bunda foydalanilmay qolgan limitlar (guruh ichidagi daqiqalar) yangi limitlarga qo‘shiladi, barcha limitlarning amal qilish muddati avvalgidek – joriy oyning oxirigacha holida qoladi.
  • Oylik abonent to‘loviga ega "Daqiqalar to‘plami" va "MBlar to‘plami" maxsus xizmat opsiyalari avtomatik tarzda belgilanishga sozlangan, ya’ni, to‘plamlardan birini xarid qilganda, mazkur to‘plam har oyning birinchi sanasida avtomatik tarzda faollashadi. Avtomatik faollashtirish faqat guruhning umumiy hisobida mablag‘ yetarli bo‘lsagina amalga oshadi, agarda guruhning umumiy hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, u holda faollashtirish uchun qayta urinish oyning 2-sanasida amalga oshadi, oyning 2-sanasidan keyin va oyning oxirigacha faollashtirish uchun urinish amalga oshmaydi.
  • Oylik abonent to‘loviga ega "Daqiqalar to‘plami" va "MBlar to‘plami" maxsus xizmat opsiyalari bo‘yicha abonent to‘lovining yechilishi hamda limitlarning belgilanishi har yangi oyning birinchi sanasida (soat 00:00 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda) bo‘lib o‘tadi. Bunda guruhning umumiy hisobida abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lishi lozim. Agar oyning birinchi sanasida guruhning umumiy hisobida abonent to‘lovining yechilishi uchun yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lmagan bo‘lsa, u holda mazkur guruh abonentlarida to oyning 2-sanasigacha hisobni abonent to‘lovining yechilishi uchun yetarli miqdorga to‘ldirish imkoni mavjud.
  • Oyning 2-sanasida oylik abonent to‘loviga ega "Daqiqalar to‘plami" va "MBlar to‘plami" maxsus xizmat opsiyalari bo‘yicha abonent to‘lovining yechilishi hamda limitlarning belgilanishi uchun urinish, texnik shartlarga ko‘ra, soat 00:00 dan to 07:59 gacha bo‘lgan davrda bir marta amalga oshiriladi va uning yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan. Abonent to‘lovining muvaffaqiyatli yechilishi hamda tegishli limitlarning belgilanishi uchun kalendar oyining ushbu kuni soat 00:00 da guruhning umumiy hisobida ulangan to‘plam narxi bo‘yicha abonent to‘lovining yechilishi uchun yetarli miqdorda mablag‘ga ega bo‘lish tavsiya etiladi. Agar abonent to‘lovining yechilishi paytida pul mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, hatto abonent tomonidan soat 08:00 gacha guruhning umumiy hisobi to‘ldirilgan taqdirda ham, Kompaniya tizimi uni yechish uchun qayta urinishni amalga oshirmaydi. Oyning 2-sanasi soat 08:00 dan keyin va kalendar oyining oxirigacha, hatto guruhning hisobida to‘lovlarning yechilishi uchun yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lsa ham, oylik abonent to‘loviga ega maxsus xizmat opsiyalari bo‘yicha abonent to‘lovi yechilmaydi hamda limitlar belgilanmaydi. Bunday holatda to‘plamni mustaqil tarzda boshqatdan faollashtirish tavsiya etiladi.

Diqqat, agar abonent joriy oyda "Daqiqalar to‘plami" opsiyalaridan birini va "MBlar to‘plami" opsiyalaridan birini faollashtirgan bo‘lsa, u holda yangi oyda ushbu ikki to‘plamning mazkur ikki opsiyasi avtomatik tarzda belgilanadi.
"Azizlarim" tarif rejasi abonentlari "Daqiqalar to‘plami" va "MBlar to‘plami" opsiyalaridagi taqdim etilgan limitlardan faqat raqam Faol holatda bo‘lsagina foydalanishlari mumkin. Bloklangan holatda shaxsiy hisob, shaxsiy limitlar, umumiy hisob va umumiy limitlardan foydalanib bo‘lmaydi.
 
USSD-menyu *141#
  • "Azizlarim" tarif rejasiga ulangan abonentlar maxsus *141# USSD-menyusi yordamida umumiy hisob va umumiy limitlarni faollashtirishlari mumkin. Mazkur opsiyaga ulanishda abonentlar umumiy hisobdan, shuningdek daqiqalarni hamda internet-trafikni o‘z ichiga oluvchi umumiy to‘plamlardan (Daqiqalar to‘plami va MBlar to‘plami) foydalanishlari mumkin. Mazkur opsiyani guruhdagi bitta abonent raqami faollashtirsa kifoya.
  • Guruhning barcha abonentlarida dastlabki holatda umumiy hisob va umumiy limitlardan foydalanish uchun "0" qiymati o‘rnatilgan. Limitlar bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilmagan holatda umumiy hisobdan foydalanib bo‘lmaydi. Hatto umumiy hisob va umumiy limitlarda mablag‘ yoki trafik mavjud bo‘lgan holda ham umumiy hisob va umumiy limitlardan foydalanib bo‘lmaydi.
  • "Azizlarim" tarif rejasidagi guruh abonentlari "Bosh abonent" opsiyasini faollashtirishlari mumkin. Bu opsiya istalgan bitta abonent tomonidan *141# USSD-so‘rovi yordamida mustaqil tarzda faollashtiriladi, "Bosh abonent" opsiyasi "Azizlarim" tarif rejasidagi bitta guruhning faqat bitta abonent raqamiga ulanishi mumkin.
  • "Azizlarim" tarif rejasidagi "Bosh abonent" opsiyasiga ega bo‘lgan abonent "Azizlarim" tarif rejasining oylik abonent to‘loviga ega maxsus xizmat opsiyalarini faollashtira oladigan yagona abonent bo‘ladi; shuningdek, bu abonent mazkur guruhdagi boshqa abonentlari foydalanishlari uchun cheklovlar/limitlarni o‘rnata oladi. Guruhning "Bosh abonent" opsiyasiga ega bo‘lmagan abonentlari oylik abonent to‘loviga ega maxsus xizmat opsiyalarini faollashtira olmaydilar va mazkur guruhning boshqa abonentlariga cheklovlar qo‘ya olmaydilar.
  • Cheklovlar joriy oyning oxirigacha amal qiluvchi limitlar ko‘rinishida o‘rnatiladi. Har oyning birinchi sanasida o‘rnatilgan cheklovlar yangilanadi, ya’ni, har bir yo‘nalish bo‘yicha cheklovlarning oxirgi qiymatlari avtomatik tarzda o‘rnatiladi. Cheklovlarni har bir o‘rnatishda tizim umumiy hisobdan foydalanish mumkin bo‘lgan eng yuqori qiymatni o‘rnatadi. Masalan, siz o‘z guruhingizdagi abonent raqami uchun 100 MB hajmida internet-trafik cheklovini o‘rnatsangiz, u holda mazkur abonent, belgilangan sanadan boshlab joriy oyning oxirigacha umumiy internet-hisobdan 100 MB internet-trafik sarflashi mumkin. Agar siz joriy oy mobaynida yangi qiymat o‘rnatsangiz, u holda ushbu abonent, avval qancha sarflaganidan qat’i nazar, yangi cheklov belgilangan paytidan boshlab to joriy oyning oxirigacha aynan shu yangi belgilangan miqdornigina sarflay oladi. Shuni e’tiborga olishingizni so‘raymizki, abonent raqami faqat umumiy hisobda mavjud limitnigina sarflay oladi. Masalan, siz 1000 MB ko‘rinishida cheklov o‘rnatdingiz, umumiy hisobda esa atigi 500 MB mavjud, demak, mazkur abonent umumiy hisobdan eng ko‘pi bilan faqat 500 MB sarflay oladi. Agarda internet-trafikni shakllantirish paytida, boshqa abonent raqamlari ham guruhning umumiy internet-hisobidagi internetdan foydalanayotganligi bilan bog‘liq holda, guruhning umumiy internet-hisobida 500 MBdan kam qolgan bo‘lsa, u holda mazkur abonent raqami faqat guruhning umumiy internet-hisobida qolgan internet-trafikdangina foydalana oladi. Cheklovlar abonent raqamlari umumiy hisobdan sarflashlari mumkin bo‘lgan qiymatlar ko‘rinishida o‘rnatiladi, ya’ni, guruhning umumiy internet-hisobida 1000 MB mavjud bo‘laturib, siz guruhdagi har bir abonent raqami uchun 1000 MBdan cheklov o‘rnatishingiz mumkin, bunda guruhdagi abonent raqamlarining barchasi umumiy hisobda faqat 1000 MB sarflay oladilar. Guruhning umumiy hisobi, O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun guruhning umumiy hisobi va guruh ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun guruhning umumiy hisobi bo‘yicha ham xuddi shu tartib amal qiladi.
  • "Azizlarim" tarif rejasidagi guruhning har bir abonenti maxsus *141# USSD-menyusi yordamida mobil o‘tkazma vositasida guruhning umumiy hisobini mustaqil tarzda to‘ldira oladi. Guruhning umumiy pul hisobidan pul mablag‘larini abonentning shaxsiy asosiy hisobiga faqat "Bosh abonent"gina, maxsus *141# USSD-menyusi yordamida qaytara oladi.
Qo‘shimcha shartlar
  • "Azizlarim" tarif rejasi Prepaid tizimi abonentlari uchun amal qiladi;
  • "Azizlarim" tarif rejasi faqat yangi ulanishlar uchun ochiq, amaldagi abonentlar mazkur tarif rejasiga o‘ta olmaydilar;
  • "Azizlarim" tarif rejasidan boshqa tarif rejasiga o‘tib ketganida, mazkur abonent guruhning umumiy hisobidan foydalana olmaydi. Ruxsat etilgan boshqa tarif rejalariga o‘tish uchun *141# USSD-so‘rovini terish lozim.
  • "Azizlarim" tarif rejasida abonent raqamlari bitta pasport ma’lumotlari asosida ulansagina guruh yaratiladi. Yangi ma’lumotlarga ega pasport asosida "Azizlarim" tarif rejasiga qo‘shimcha raqamlarni ulashda, sizga birinchi navbatda Ucell ofislaridan biriga borib, Kompaniya tizimidagi o‘z pasport ma’lumotlaringizni yangilashni tavsiya etamiz. Aks holda, yangi pasport ma’lumotlari asosida ulangan abonent raqamlari mavjud guruhga qo‘shila olmaydi.
  • "Azizlarim" tarif rejasida oylik abonent to‘lovi – daqiqalar, SMSlar va internet-trafikning narxlanishi, birinchi navbatda, abonent mansub bo‘lgan guruhning umumiy hisobidan yechiladi. Guruhning umumiy hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, yoki abonent o‘rnatilgan cheklovlardan foydalanib bo‘lgan bo‘lsa, shuningdek, agar cheklovlar o‘rnatilmagan bo‘lsa, u holda yuqorida sanab o‘tilgan toifalardagi mablag‘lar "Azizlarim" tarif rejasidagi abonentning shaxsiy hisobidan yechiladi.
  • "Azizlarim" tarif rejasi abonentlari, shuningdek, o‘z hisoblariga: daqiqalar, SMSlar va internet limitlariga ham egadirlar.
  • Bitta pasport ma’lumotlari asosida "Azizlarim" tarif rejasidagi faqat 5 ta abonent raqamini ulash mumkin.
  • Turli pasportlar ma’lumotlari asosida ulangan abonent raqamlari "Azizlarim" tarif rejasidagi bitta guruhda bo‘la olmaydilar.
  • Bitta pasport ma’lumotlari asosida ulangan abonent raqamlari "Azizlarim" tarif rejasidagi turli guruhlarda bo‘la olmaydilar.
  • Maxsus xizmatlar opsiyalarining faollashtirilishi *141# USSD-so‘rovi yordamida amalga oshiriladi.
  • "Azizlarim" tarif rejasi abonentlari uchun "Qadrdonlar" sodiqlik dasturi amal qiladi.
  • Oylik abonent to‘loviga ega "Daqiqalar to‘plami" va "MBlar to‘plami" maxsus xizmat opsiyalari shartlariga binoan limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
  • Oylik abonent to‘loviga ega "Daqiqalar to‘plami" va "MBlar to‘plami" maxsus xizmat opsiyalari shartlariga binoan limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar va MBlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
  • "Azizlarim" tarif rejasi abonentlari uchun "Shartnomani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish" xizmati amal qilmaydi.
  • "Azizlarim" tarif rejasi abonentlari uchun *877# va *717# USSD-so‘rovlari, Shaxsiy kabinet, shuningdek 8123 IVR xizmati orqali boshqa tarif rejalariga o‘tish imkoni taqdim etilmaydi.
  • "Azizlarim" tarif rejasi abonentlari uchun "Raqamni saqlab qolish" xizmati amal qilmaydi.
  • "COSCOM" MChJ XK tarmog‘ida Prepaid tizimi uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish haqidagi Shartnoma bekor qilingan taqdirda, mablag‘larni qaytarish tasdiqlangan ""COSCOM" MChJ XK tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish haqidagi Shartnoma bekor qilinganida Prepaid tizimi abonentlari uchun pul mablag‘larini qaytarish" tartibiga ko‘ra amalga oshiriladi. Agar guruhning umumiy hisobi musbat holatda bo‘lsa, u holda abonentga mablag‘ning qaytarilishi jarayoni yuqoridagi tartibga ko‘ra faqat shu shart bilan amalga oshiriladiki, mazkur abonent raqami "Azizlarim" tarif rejasidagi so‘nggisi bo‘lib, abonent umumiy hisobdagi mablag‘larni shaxsiy hisobga mustaqil tarzda qaytargan bo‘lishi lozim. Agarda guruhning umumiy hisobida "Azizlarim" tarif rejasidagi boshqa raqam ham mavjud bo‘lsa, u holda guruhning umumiy hisobidan mablag‘larni qaytarish amalga oshmaydi, guruhning umumiy hisobidan mablag‘larni qaytarish faqat, mazkur abonentdagi "Azizlarim" tarif rejasidagi oxirgi abonent raqami bekor qilingan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Umumiy hisobdagi mablag' "Azizlarim" tarif rejasidagi maxsus "Daqiqalar to'plami" va "MBlar to'plami"dan tashqari boshqa xizmat va to'plamlarni faollashtirish uchun mavjud emas.

"Azizlarim" tarif rejasi abonentlari uchun umumiy hisob va umumiy limitlar tafsilotlarini Shaxsiy kabinetdan ko‘rish vaqtincha imkonsiz.
Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tafsilotlarni olish uchun abonent raqamlari egalariga Kompaniya rasmiy ofislariga Pasport bilan murojaat qilishni tavsiya etamiz.

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.