Abonentlarga
Tariflar
“Yengil hafta” tarif rejasi

"Yengil hafta" tarif rejasi

Qulay narxda yengil muloqot haftasi!

Haftasiga 1 marta to‘lang va qulay muloqot uchun O‘zbekiston bo‘yicha 100 daqiqa, 100 SMS hamda 100 MB internet oling. Bularning barchasi haftasiga 5 000 so‘m evaziga!

Limitlar qoldig‘ini tekshirish: *103#

Tarifga o‘tish: *120#.

Tarifga o‘tish narxi tarif – 0 so‘m.


Narxlash
Haftalik abonent to‘lovi 5 000 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning haftalik limiti 100
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlarning haftalik limiti 100
Haftalik internet-trafik MBlari limiti 100
Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash:
Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 95 so‘m
Tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 125 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS narxi (berilgan limitdan tashqari) 80 so‘m
1 MB internet narxi (berilgan limitdan tashqari)  350 so‘m
Xalqaro SMSlar 505,2 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha MMSlar 210,5 so‘m
Xalqaro MMSlar 1263 so‘m
Qo‘shimcha shartlar
  • Tarif rejasida haftalik abonent to‘lovining yechilishi hamda daqiqalar, SMS va MBlarning belgilanishi ulanish/o‘tish kunidan boshlab, har 7 kunda amalga oshadi. Abonent to‘lovi abonent hisobida qolgan mablag‘ miqdoridan qat’i nazar, faol holatda (soat 00:01 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda) bo‘lganidagina yechiladi.
  • Agar haftalik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida haftalik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda haftalik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda belgilanadi. Abonent raqami faol holatga o‘tishi bilan bu limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
  • Agar haftalik abonent to‘lovi yechilishi paytida abonent raqami blok holatida bo‘lsa, haftalik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Bu holda haftalik abonent to‘lovi faqatgina abonent 6 kun ichida faol holatga o‘tganida (soat 00:01 dan 08:00 gacha) yechiladi, shu borada, blok holatidan chiqqandan keyin yechilgan abonent to‘lovi, tarif rejasi doirasida keyingi abonent to‘lovi yechilishi muddatini surmaydi. Masalan, agar haftalik abonent to‘lovi har hafta seshanba kuni yechilsa, abonent to‘lovi yechilishi paytida esa abonent blok holatida bo‘lgan bo‘lsa, unda tizim haftalik abonent to‘lovini keyingi seshanba kunigacha yechishga urinadi. Agar abonent raqami faol holatga payshanba kuni (soat 08:01 dan 23:59 gacha) o‘tsa, unda abonent to‘lovi (5000 so‘m) juma kuni 00:01 dan 08:00 gacha bo‘lgan muddat ichida yechiladi, limitlar esa to‘liq hajmda 7 kunga abonent abonent to‘lovi muddatini (ushbu tarif rejaga ulangan/o‘tilgan muddat) o‘zgartirmasdan yechiladi. Keyingi abonent to‘lovi seshanba kuni yechiladi. Abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechilganida, yangi limitlar oldingi, juma kuni 7 kunlik muddatga belgilangan, limitlar qoldig‘i bilan jamlanadi. Tushunmovchiliklarni oldini olish uchun tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval oldindan *103# USSD-so‘rovi yordamida daqiqa, SMS va internet trafik limitlari belgilanganligini tekshirib olishni tavsiya etamiz. Belgilanish amalga oshishidan avval qo‘ng‘iroqlar, SMS va internet limitlari limitdan tashqari narxda narxlanadi.
  • Haftalik abonent to‘lovining yechilishi hamda limitlarning belgilanishi uchun, texnik sabablarga ko‘ra, soat 00:00 dan 07:59 gacha bo‘lgan davrda faqatgina bitta urinish amalga oshiriladi va uning belgilanish vaqti aniq qayd qilinmagan. Haftalik abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechilishi va tegishli limitlar joriy kalendar haftasining shu kunida belgilanishi uchun soat 00:01 da abonent raqami Faol holatda (abonent raqami hisobi musbat holatda) bo‘lishi lozim. Agar haftalik abonent to‘lovi yechilishi kerak bo‘lgan paytda abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, hatto abonent hisobi 08:00 qadar to‘ldirilsa ham Kompaniya tizimi to‘lovni yechish uchun boshqa urinishni amalga oshirmaydi. Hatto abonent raqami Faol holatga o‘tsa va hisobi musbat holatda bo‘lsa ham soat 08:00 dan keyin va haftaning oxirigacha haftalik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi.
  • Haftalik abonent to‘lovi bo‘yicha belgilanuvchi limitlardan abonentlar limitlar belgilangan kunidan boshlab 7 kun davomida foydalanishlari mumkin (7-kunning 23:59 gacha).
  • Abonentlar mazkur limitlardan faqat faol holatdagina foydalana oladilar. 
  • Ushbu tarif rejasi faqat haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid) abonentlari uchun amal qiladi.
  • Mazkur tarif rejasiga yangi ulanish hamda boshqa tarif rejasidan o‘tish mumkin.
  • "Yengil hafta" tarif rejasiga yangi ulanishda va boshqa tarif rejasidan o‘tishda haftalik abonent to‘lovi to‘liq yechiladi va limitlarning amal qilish muddati 7 kunga teng bo‘ladi. Ushbu haftaning kuni haftalik abonent to‘lovi yechilishi kuni bo‘ladi.
  • "Qadrdonlar!" sodiqlik dasturi va "Ko‘proq ol" aksiyasi mazkur tarif rejasi abonentlari uchun amal qiladi.
  • "Yengil hafta" tarif rejasiga o‘tish holatida quyidagilar nolga teng bo‘lib qoladi:
    • Aksiyalar, tarif rejalari, xizmatlar doirasida yoki bonus tarzida belgilangan tarmoq ichidagi, tarmoqdan tashqari va O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar;
    • "Qulay" xizmatlar to‘plamlari va tarif rejalari doirasidagi SMSlar;
    • Tarif rejalari doirasida belgilangan MB.
  • Quyidagi tarif rejalaridan o'tish mumkin emas: "Baxtli 25", "Aniq", "Omadli", "Baxtli 25+", "Aniq+", "Omadli+", "Kayfiyat" va "Active".
  • Tarif rejasidagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
  • Tarif rejasidagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar, SMSlar va MBlar limiti roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
  • "Tarmoq ichida 0" va "VIP" xizmatlari "Yengil hafta" tarif rejasi abonentlari uchun mavjud emas.
  • Tarif reja abonentlari "Qulay daqiqalar" xizmatlar to‘plamidan foydalanishlari mumkin.
  • "Yengil hafta" tarif rejasidan "Oddiy" tarif rejasiga o‘tishda oldingi tarif reja doirasidagi internet-trafik TAS-IX yo‘nalishi uchun sarflanadi. "Qulay internet" va "OK" tarif rejalariga o‘tishda esa, yangi tanlangan tarif rejasi shartlariga muvofiq Telegram ilovasiga sarflanadi. Umumiy hisobdagi internet-trafik tarif rejasi almashgan sutkaning oxirigacha amal qiladi. Keyingi sutkadan boshlab oldingi trafik bekor qilinadi, yangisi esa tarif rejasi shartlariga muvofiq kunlik asosda taqdim etiladi. Internet-trafikni sarflashdan oldin belgilangan bonuslarni *102# USSD-so‘rovi yordamida tekshirib olishingizni so‘raymiz. "Kayfiyat" va "Active" tarif rejalariga o‘tishda internet-trafik qoldig‘i Telegram ilovasiga sarflanadi.

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.