Abonentlarga
Tariflar
Baxtli 25+

"Baxtli 25+" tarif rejasi

Oyiga 31575 so'm evaziga birato‘la barchasini oling va qulay muloqot qiling.

Ushbu tarif doirasida har oy quyidagilar taqdim etiladi:

 O‘zbekiston bo‘yicha 600 daqiqa

 O‘zbekiston bo‘yicha 300 ta SMS

 450 MB Internet-trafik

 Abonent to‘lovi faqat hisobingizda yetarli mablag‘ bo‘lganda yechiladi.

Limitlar qoldig‘ini USSD orqali tekshirish - *103#

Tarifga o‘tish narxi – 0 so'm («Aniq+» va «Omadli +» tariflaridan tashqari)

Tarifga o'tish uchun:


Narxlash

Abonent to‘lovi, oyiga
31575 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalarning oylik limiti 600
O‘zbekiston bo‘yicha SMSlarning oylik limiti 300
Oylik Internet-trafik limiti 450
Qo‘ng‘iroq turi 1 daqiqa narxi
Barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar 0 so‘m
Tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar, limitdan tashqari 105.25 so‘m
tarmoqdan tashqari chiquvchi qo'ng'iroqlar 147.35 so‘m
SMS turi 1 SMS narxi
Tarmoq ichidagi chiquvchi SMSlar, limitdan tashqari 84.2 so‘m
Tarmoqdan tashqari chiquvchi SMS, limitdan tashqari 84.2 so‘m
Xalqaro chiquvchi SMSlar 505.2 so‘m
MMS turi 1 MMS narxi
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi MMSlar 210.5 so‘m
Xalqaro chiquvchi MMSlar 1263 so‘m
Internet 1 MB narxi
Ucell Internet, limitdan tashqari 421 so‘m
Ucell WAP, limitdan tashqari 421 so‘m
Tarif rejasi shartlari
«Baxtli 25+» tarif rejasiga o‘tish uchun abonent hisobida kamida 33680 so‘m bo‘lishi kerak.
«Baxtli 25+»  tarifiga o‘tish yoki yangi ulanish paytida tarif bo‘yicha abonent to‘lovining yechilishi hamda tarif doirasida daqiqa/SMS/MBlar limitining belgilanishi kalendar oyining oxirigacha qolgan kunlar soniga mos tarzda amalga oshiriladi. Limit belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar, SMS va Internet limitdan tashqari ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha narxlanadi.
Birinchi abonent to‘lovining yechilishi hamda limitlar belgilanishi ulanishdan keyin birinchidan o‘n yettinchi kungacha (abonent ulangan paytga qarab), abonent hisobida mablag‘ yetarli bo‘lgan paytda amalga oshiriladi. Tizim 17-kuni faqatgina soat 08:00 gacha abonent to‘lovini yechishga urunishni amalga oshiradi. Belgilangan limitlar joriy oyining oxirgi kuniga qadar amal qiladi.
Yangi ulanishda abonent to‘lovining yechilishi raqam faol holatda bo‘lganida, hisob tarif bo‘yicha abonent to‘lovining yechilishi uchun yetarli miqdorga to‘ldirilganida amalga oshiriladi.
Agar birinchi hisob to‘ldirilishi raqam bloklangan holatda payti amalga oshirilsa, abonent to‘lovi ulanishdan keyingi kunning boshida (soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda) va hisobda uning yechilishi uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lsagina amalga oshiriladi.
Abonent to‘lovi hisobni to‘ldirish kunida yechilishi uchun hisobni ketma-ket ikki marta, umumiy qiymati abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli bo‘lgan miqdorga to‘ldirishni tavsiya etamiz.

Anglashilmovchiliklarning oldini olish uchun, bepul limitdan foydalanishdan avval daqiqa, SMS va Internet-trafik limitining belgilanganligini tekshirib ko‘rishni tavsiya etamiz (USSD *103#). Limit belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar, SMS va Internet limitdan tashqari ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha narxlanadi.

*«Baxtli 25+» tarifida oylik bepul daqiqa, SMS va MB belgilanishi va abonent to‘lovining yechilishi har oyning birinchi kuni (soat 00:00 dan – 08:00 gacha bo‘lgan davrda) amalga oshadi. Buning uchun hisobda oylik abonent to‘lovining to‘liq yechilishi uchun mablag‘ yetarli bo‘lishi kerak. Agar oyning birinchi kuni hisobning oylik abonent to‘lovining to‘liq yechilishi uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, u holda oyining 1-dan to 16-chi kunigacha, o‘zingizga qulay bo‘lgan vaqt hisobingizni to‘ldirish imkoniyatiga egasiz. Qachonki hisobingiz kerakli mablag‘ga to‘ldirilgach, abonent to‘lovi yechiladi va daqiqa, SMS hamda megabaytlar to‘liq hajmda belgilanib, ular kalendar oyining oxiriga qadar amal qiladi. E’tibor qiling – abonent to‘lovi faqatgina raqamingiz hisobi to‘ldirilganida raqamingiz faol holatda bo‘lsagina yechiladi. Agar raqamingiz blok holatiga o‘tgan bo‘lsa, avval raqam hisobini ikki marta to‘ldirish tavsiya etiladi: Birinchi to‘ldirish - raqamni faol holatga o‘tkazish uchun, ikkinchi to‘ldirish – abonent to‘lovini yechish uchun. Ikki to‘lov summasi abonent to‘lovini yechish uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Kalendar oyining 17-kunidan abonent to‘lovi yechilishi uchun va daqiqalar, SMS hamda MB belgilanishi uchun soat 00:00 dan 07:59 gacha bo‘lgan davrda faqatgina bitta urunish amalga oshiriladi va belgilanish vaqti qayd qilinmagan. Abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechilishi uchun va tegishli limitlar joriy kalendar oyining kunida yechilishi uchun soat 00:00 da hisobingizda 31 575 so‘m yoki ko‘proq mablag‘ bo‘lishini lozim. Agar abonent to‘lovi yechilishi kerak bo‘lgan paytda hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, hatto abonent hisobi 08:00 qadar to‘ldirilsa ham Kompaniya tizimi to‘lovni yechish uchun boshqa urunishni amalga oshirmaydi. Hatto abonent raqamining hisobida yechish uchun mablag‘ yetarli bo‘lsa ham kalendar oyining 17-kuni 08:00 dan keyin va oyning oxirigacha abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi.

**Tarif doirasidagi daqiqa/SMS/MBlar limiti abonent to‘lovi yechilganidan keyin to‘liq hajmda belgilanadi va kalendar oyining oxiriga qadar amalda bo‘ladi. Taqdim etilgan limitlar keyingi kalendar oyiga o‘tmaydi.

Anglashilmovchiliklarning oldini olish uchun, bepul limitdan foydalanishdan avval daqiqa, SMS va Internet-trafik limitining belgilanganligini tekshirib ko‘rishni tavsiya etamiz. Limit belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar, SMS va Internet limitdan tashqari ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha narxlanadi.

Oylik abonent to‘lovi hisobdan yechilishining imkoni bo‘lmagan hollarda tarmoq ichidagi va tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar, SMS, shuningdek Internet uchun oylik MB limiti taqdim etilmaydi va bu xizmatlar limitdan tashqari ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha narxlanadi.

«Baxtli 25+» tarifidagi abonentlar, agar abonent tomonidan hech qanday pulli harakatlar amalga oshirilmasa yoki hisobi to‘ldirilmasa, oxirgi abonent to‘lovi yechilganidan 60 kun keyin bloklangan holatga o‘tadilar. Tarif bo‘yicha taqdim etilgan limitga kiruvchi daqiqa, SMS va MBlardan foydalanish pulli harakat hisoblanmaydi va abonentning faol holati saqlanib qolishiga sabab bo‘la olmaydi.
  • «Baxtli 25+» tarifida «Tarmoq ichida 0» va «VIP» qo‘shimcha xizmatlari amal qilmaydi.
  • «Aniq» tarifiga o‘tish holatida O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar, SMS hamda Internet-trafik limitlari kuyib ketadi.
  • CONTENT xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishdagi qo‘ng‘iroqlar tarif shartlariga binoan taqdim etilgan limitdan sarflanmaydi.
  • «Oson hisob» tarifiga o‘tish holatida to‘plangan MBlar amal qilmaydi.
  • Tarif rejasi bo‘yicha taqdim etilgan limitlardan faqat faol holatda foydalanish mumkin. Agar limitlardan foydalanayotgan paytda raqamingiz faol holatdan bloklangan holatga o‘tsa, u holda siz to sessiya yakunlanguniga yoki tarif rejasi doirasidagi limitlar tugaguniga qadar limitlardan foydalanishda davom etishingiz mumkin.
«Baxtli 25+» tarif rejasi faqat Prepaid tizimi abonentlari uchun amal qiladi.

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.