Abonentlarga
Tariflar
“Kayfiyat” tarif rejalari tizimi

"Kayfiyat" tarif rejalari tizimi

Qulay narxda maksimum muloqot!

  Oyda atigi 1 marta to‘lov qiling va atigi 10 000, 15 000 yoki 20 000 so‘m evaziga naq bir oylik muloqot uchun daqiqalar va MBlar oling!

 Abonent to‘lovi faqat hisobda yetarlicha mablag‘ bo‘lsagina yechiladi. Agar abonentning hisobida oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, u holda kunlik abonent to‘lovi opsiyasi ulanadi hamda abonentga daqiqalar va MBlarning kunlik limiti belgilanadi.

Tarifga o'tish uchun:
Limitlar qoldig‘ini tekshirish uchun USSD-so‘rov –

Tarifga o‘tish narxi – 0 so‘m
"Active" tarif rejalari, “Yengil hafta”, "Baxtli 25", "Aniq", "Omadli", "Baxtli 25+", "Aniq+" va "Omadli+" tariflari uchun o‘tish narxi 2105 so‘mni tashkil etadi 2105 so‘m


Narxlash

Tarif rejasining nomi Yaxshi kayfiyat Zo‘r kayfiyat A’lo kayfiyat
Oylik abonent to‘lovi*
(oylik abonent to‘lovi yechilganida, kunlik abonent to‘lovi yechilmaydi)
10 000 so‘m 15 000 so‘m 20 000 so‘m
Tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning oylik limiti 500 daqiqa 750 daqiqa 1000 daqiqa
Tarmoqdan tashqari chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning oylik limiti 0 daqiqa 50 daqiqa 100 daqiqa
Oylik internet-trafik limiti 100 MB 300 MB 700 MB
Facebook, Telegram uchun oylik internet-trafik limiti 500 MB 750 MB 1250 MB
Kunlik abonent to‘lovi** 
(Kunlik abonent to‘lovi faqatgina abonent hisobida oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarlicha mablag‘ bolmaganida yechiladi)
500 so‘m 750 so‘m 1000 so‘m
Tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning kunlik limiti 15 daqiqa 25 daqiqa 33 daqiqa
Kunlik internet-trafik limiti 0 MB 10 MB 15 MB
Facebook, Telegram uchun kunlik internet-trafik limiti 10 MB 15 MB 33 MB
Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash:
Barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar  0 so‘m
Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 95 so‘m
1 MB internet narxi (berilgan limitdan tashqari / Telegram uchun berilgan limitdan tashqari) 350 so‘m
Tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 125 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS narxi 80 so‘m
Xalqaro SMSlar 505,2 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha MMSlar 210,5 so‘m
Xalqaro MMSlar 1263 so‘m

Shuni e’tiborga olishingizni so‘raymizki, tarif reja shartlarining doirasida Facebook ijtimoiy tarmog‘i va Telegram uchun taqdim etiluvchi bonus limitlar VPN/boshqa saytlar orqali/ "begona" mobil brauzerlar (masalan, Opera Mini, Chrome v.b.) orqali ulanishda sarflanmaydi.
Qo‘shimcha shartlar
  • Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent hisobidan kunlik abonent to‘lovi yechiladi. Agar kunlik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida kunlik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda kunlik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan kunlik limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
  • *Tarif rejalarida oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda daqiqalar va megabaytlarning belgilanishi har oyning birinchi sanasida soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qayd qilinmagan) amalga oshadi. Buning uchun abonent hisobida oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lishi kerak. Agar oyning birinchi kuni abonent hisobida oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, abonent uchun oyning 1-dan 15-sanasigacha (shu kunlari ham) o‘ziga qulay paytda o‘z hisobini to‘ldirish imkoni mavjud. Abonent o‘z hisobini to‘ldirishi bilan oylik abonent to‘lovi to‘liq hajmda yechiladi (kunlik abonent to‘lovi yechilgan kunlar uchun ham) hamda barcha daqiqalar va megabaytlar limitlari ham to‘liq hajmda belgilanib, kalendar oyining oxirigacha amalda bo‘ladi.
  • E’tibor qiling – abonent to‘lovi faqat hisobi to‘ldirilgan payti raqami faol holatda bo‘lsagina yechiladi. Agar abonent raqami blok holatiga o‘tgan bo‘lsa, raqam hisobini ikki marta to‘ldirish tavsiya etiladi: birinchi to‘ldirish – raqamni faol holatga o‘tkazish uchun, ikkinchi to‘ldirish – oylik abonent to‘lovini yechish uchun. Ikki to‘lov yig‘indisi oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli bo‘lishi kerak.
  • Kalendar oyining 16-kunidan oylik abonent to‘lovi yechilishi va limitlar belgilanishi uchun soat 00:00 dan 07:59 gacha bo‘lgan davrda faqatgina bitta urunish amalga oshiriladi va uning yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan. Oylik abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechilishi va tegishli limitlar kalendar oyining shu kunida belgilanishi uchun soat 00:00 da hisobingizda oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lishini lozim. Agar oylik abonent to‘lovi yechilishi kerak bo‘lgan paytda hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, hatto abonent hisobi soat 08:00 qadar to‘ldirilsa ham Kompaniya tizimi to‘lovni yechish uchun boshqa urinishni amalga oshirmaydi. Hatto abonent raqamining hisobida oylik abonent to‘lovini yechish uchun mablag‘ yetarli bo‘lsa ham, kalendar oyining 16-kuni soat 08:00 dan keyin va oyning oxirigacha abonent to‘lovi yechilmaydi va tarif rejasi bo‘yicha limitlar belgilanmaydi.
  • **Agar abonent hisobidan joriy davr uchun oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, u holda tarif rejalarida kunlik abonent to‘lovining yechilishi va limitlarning belgilanishi har kuni soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qayd qilinmagan) amalga oshadi. Agar kunlik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida kunlik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda kunlik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan kunlik limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu kunlik limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Agar oyning 16-kuni abonent hisobidan oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, u holda shu kundan boshlab va oyning oxirigacha abonent hisobidan kunlik abonent to‘lovi yechiladi.
  • Oylik va kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha belgilangan limitlardan abonentlar ular belgilangan oyning oxiriga qadar foydalana oladilar. Abonentlar mazkur limitlardan faqat Faol holatdagina foydalana oladilar.
  • Tushunmovchiliklarni oldini olish uchun tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval oldindan *103# USSD-so‘rovi yordamida daqiqa va internet trafik limitlari belgilanganligini tekshirib olishni tavsiya etamiz. Belgilanish amalga oshishidan avval qo‘ng‘iroqlar va internet limitlari limitdan tashqari narxda narxlanadi.
  • "Yaxshi kayfiyat", "Zo‘r kayfiyat" va "A’lo kayfiyat" tarif rejalaridan Prepaid tizimi abonentlari foydalana oladilar. "Yaxshi kayfiyat", "Zo‘r kayfiyat" va "A’lo kayfiyat" tarif rejalariga yangidan ulanish ham, boshqa tarifdan o‘tish ham mumkin.
  • "Kayfiyat" tarif rejalariga yangi ulanishda birinchi o‘rinda kunlik abonent to‘lovi yechiladi, oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun abonent oylik abonent to‘lovi yechilishi shartlarini bajarishi lozim.
  • "Baxtli 25", "Aniq", "Omadli", "Baxtli 25+", "Aniq+", "Active 40", "Active 60" "Active 90"  tarif rejalari doirasida O‘zbekiston ichidagi qong‘iroqlar uchun limitlar qoldig‘i "Kayfiyat" tarif rejalaridan biriga o‘tganda faqatgina tarmoqdan tashqari chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun mavjud bo'ladi.
  • "Baxtli 25", "Aniq", "Omadli", "Baxtli 25+", "Aniq+" tarif rejalari doirasida MBlar limiti qoldig‘i "Kayfiyat" tarif rejalaridan biriga o‘tganda Telegram va Facebook uchun mavjud bo'ladi.
  • "Qulay internet", "Qulay 4G". "O‘zbekiston ichida qulay" to‘plamlari doirasidagi O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar qoldig‘i "Kayfiyat" tarif rejasiga o‘tganda faqatgina tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar uchun mavjud bo‘ladi.
  • Mazkur tarif rejalariga boshqa tarif rejalaridan o‘tishda oylik abonent to‘lovi mos holda yechiladi (oylik abonent to‘lovi qiymati va limitlar joriy oyning oxirigacha qolgan kunlar soniga mos tarzda yechiladi/belgilanadi), limitlarning amal qilish muddati joriy oyning oxirigacha qilib belgilanadi. Agarda tarifga o‘tish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda tarifga o‘tishdan keyin kunlik abonent to‘lovi yechiladi, ya’ni abonent oylik va kunlik abonent to‘lovi yechilish shartlarini hisobga olishi lozim.
  • Yangi ulanishda/o‘tishda agar abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lsa birinchi oylik abonent to‘lovi va limitlar oyning so‘ngigacha qolgan kunlar uchun yechiladi va belgilanadi. Agar ulanish/o‘tish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovini yechish uchun yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, unda tizim kunlik abonent to‘lovini yechadi. Abonent hisobida oylik abonent to‘lovi yechilishi imkoni paydo bo‘lishi bilan, tizim oylik abonent to‘lovini yechib oladi va limitlarni belgilaydi (abonent to‘lovi va limitlar tarif rejasiga ulanish/o‘tish kunidan boshlab oyning so‘ngigacha qolgan kunlar uchun yechiladi va belgilanadi). Tizim abonent to‘lovini ulanishdan/o‘tishdan keyin 16 kun davomida abonent to‘lovini yechishga urinadi (agar ushbu muddat yangi oyga o‘tgan bo‘lsa, va hisobda kerakli miqdorda mablag‘ bo‘lsa, unda birinchi o‘rinda to‘lanmagan muddat uchun oylik to‘lov yechilib olinadi). 16-kuni abonent to‘lovini tizim faqatgina 08:00 gacha yechishi mumkin. Belgilangan limitlar belgilangan kalendar oyining so‘ngigacha amal qiladi.
  • “Kayfiyat” tarif rejalaridan “Oddiy” tarif rejasiga o‘tishda oldingi Telegram ilovasi uchun belgilangan internet-trafik TAS-IX yo‘nalishi uchun sarflanadi. Umumiy hisobdagi internet-trafik tarif rejasi almashgan sutkaning oxirigacha amal qiladi. Keyingi sutkadan boshlab oldingi trafik bekor qilinadi, yangisi esa  tarif rejasi shartlariga muvofiq kunlik asosda taqdim etiladi. Internet-trafikni sarflashdan oldin belgilangan bonuslarni *102# USSD-so‘rovi yordamida tekshirib olishingizni so‘raymiz.
  • Tarif rejasidagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
  • Tarif rejasidagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar va MBlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
  • Internet xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlarga mablag‘larni rezervatsiya qilish tizimi va 4G tarmog‘ining ishlash xususiyati haqida qo‘shimcha ma’lumot bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.
  • "Tarmoq ichida 0" va "VIP" xizmatlari ushbu tarif rejalar abonentlari uchun mavjud emas.
Muhim
Tarif rejalariga 2018-yilning 12-noyabridan boshlab ulangan/o‘tgan abonentlar uchun.

1. Oylik abonent to‘lovi har oyda kalendar oyining 1-sanasiga bog‘lanmagan holda yechiladi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga 24-sanada ulansa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi keyingi oyning 24-sanasida yechiladi. Agar abonent 31-sanada ulangan bo‘lsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi 30-sanada, fevral oyining 28/29-sanasida, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 31-sanasida yechiladi.
2. Tarif bo‘yicha oylik limitlar faqat joriy davr uchun tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali yechilganidan keyingina belgilanadi. Tarif rejasi doirasidagi oylik/kunlik limitlarning amal qilish muddati – 1 oy. Bu 1 oy tarif rejasiga o‘tilgan/ulanilgan kundan to navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechiladigan kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Oylik va kunlik limitlardan abonentlar faqat Faol holatdagina foydalana oladilar.
Tarif rejasi doirasidagi limitlarning foydalanilmagan qoldig‘idan yangi davrda foydalanib bo‘lmaydi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga oyning 24-sanasida ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda joriy davr uchun abonent to‘lovi samarali yechilganida tarif doirasidagi limitlardan abonent keyingi oyning 23-sanasigacha foydalana oladi. Agar abonent, masalan, oyning 31-sanasida ulangan bo‘lsa, u holda abonent limitlardan keyingi oyning so‘nggi kunigacha, masalan 29-sanasigacha, fevral oyining 27/28-sanasigacha, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 30-sanasigacha foydalana oladi.
Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval oldindan *103# USSD-so‘rovi yordamida daqiqalar va internet-trafik limitlari belgilanganligini tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar va internet limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi. Belgilangan daqiqalar va internet-trafik limitlarining amal qilish muddatini ham shu so‘rovning o‘zida tekshirish mumkin.
3. Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda daqiqalar va megabaytlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) amalga oshadi. Mazkur tarifga ulanish yoki o‘tish sanasi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovi to‘liq hajmda yechilishi uchun abonent hisobida shunga yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lishi kerak. Agar agar oylik abonent to‘lovini yechishga urinish paytida abonent hisobida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, abonent uchun tarifga ulanish/o‘tish sanasidan keyingi 16 kun mobaynida o‘ziga qulay paytda o‘z hisobini to‘ldirish imkoni mavjud. Abonent o‘z hisobini to‘ldirishi bilan oylik abonent to‘lovi to‘liq hajmda yechiladi (kunlik abonent to‘lovi yechilgan kunlar uchun ham) hamda barcha (oylik abonent to‘lovi doirasidagi) limitlar ham to‘liq hajmda belgilanib, bir oylik davrning oxirigacha amalda bo‘ladi. 16-kuni oylik abonent to‘lovini yechishga urinishni tizim faqat soat 08:00 gacha amalga oshiradi.
4. 16-kuni oylik abonent to‘lovi yechilishi va limitlar belgilanishi uchun soat 00:00 dan 07:59 gacha bo‘lgan davrda faqatgina bitta urinish amalga oshiriladi va uning yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan. Oylik abonent to‘lovi samarali yechilishi va tegishli limitlar belgilanishi uchun shu kuni soat 00:00 da hisobingizda oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lishini lozim. Agar oylik abonent to‘lovi yechilishi kerak bo‘lgan paytda hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, hatto abonent hisobi soat 08:00 qadar to‘ldirilsa ham Kompaniya tizimi to‘lovni yechish uchun boshqa urinishni amalga oshirmaydi. Hatto abonent raqamining hisobida oylik abonent to‘lovini yechish uchun mablag‘ yetarli bo‘lsa ham, 16-kuni soat 08:00 dan keyin va oyning oxirigacha abonent to‘lovi yechilmaydi va tarif rejasi bo‘yicha limitlar belgilanmaydi. Agar oylik davrning boshlanishidan 16-kunigacha abonent hisobidan oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, u holda shu kundan boshlab va oylik davrning oxirigacha abonent hisobidan kunlik abonent to‘lovi yechiladi.
5. Oylik abonent to‘lovi faqat hisobi to‘ldirilgan payti raqami faol holatda bo‘lsagina yechiladi. Agar abonent raqami blok holatiga o‘tgan bo‘lsa, raqam hisobini ikki marta to‘ldirish tavsiya etiladi: birinchi to‘ldirish – raqamni faol holatga o‘tkazish uchun, ikkinchi to‘ldirish – oylik abonent to‘lovini yechish uchun. Ikki to‘lov yig‘indisi oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli bo‘lishi kerak.
6. Agar oylik abonent to‘lovini yechishga urinish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent hisobidan kunlik abonent to‘lovi yechiladi.
7. Agar abonent hisobidan joriy davr uchun oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, u holda tarif rejalarida kunlik abonent to‘lovining yechilishi va limitlarning belgilanishi har kuni soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) amalga oshadi. Agar kunlik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida kunlik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda kunlik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan kunlik limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu kunlik limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Tarif bo‘yicha kunlik limitlar faqat joriy kun uchun tarif bo‘yicha kunlik abonent to‘lovi samarali yechilganidan keyingina belgilanadi.
8. Tarif rejasi bo‘yicha (oylik va kunlik) limitlardan abonentlar bir oyga teng davr mobaynida foydalana oladilar. Tarif rejasi doirasidagi limitlarning foydalanilmagan qoldig‘idan yangi davrda foydalanib bo‘lmaydi. Bir oyga teng davr tarif rejasiga ulanish/o‘tish sanasidan boshlab belgilanadi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga oyning 24-sanasida ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda joriy davr uchun abonent to‘lovi samarali yechilganida tarif doirasidagi limitlardan abonent keyingi oyning 24-sanasigacha (bu kuni emas) foydalana oladi. Agar abonent oyning 31-sanasida ulangan bo‘lsa, u holda abonent limitlardan keyingi oyning so‘nggi kunigacha, masalan 30-sanasigacha (bu kuni emas), fevral oyining 27/28-sanasigacha (bu kuni emas), agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 31-sanasigacha (bu kuni emas) foydalana oladi.
9. Yangi ulanishda/o‘tishda, agar abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi va limitlar to‘liq hajmda (QOLGAN KUNLAR UCHUNGINA EMAS) yechiladi va belgilanadi. Agar ulanish/o‘tish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovini yechish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda tizim kunlik abonent to‘lovini yechadi. Abonent o‘z hisobini to‘ldirishi va to‘ldirishdan so‘ng abonent hisobida oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lishi bilan, tizim oylik abonent to‘lovini to‘liq hajmda (shu jumladan, kunlik abonent to‘lovi yechilgan kunlar uchun ham) yechib oladi va limitlarni ham to‘liq hajmda belgilaydi, ular oylik davrning oxiriga qadar amalda bo‘ladi. Tizim ulanishdan/o‘tishdan keyingi 16 kun davomida oylik abonent to‘lovini yechishga urinadi. 16-kuni oylik abonent to‘lovini yechishga urinishni tizim faqat soat 08:00 gacha bir martagina amalga oshiradi.
10. «Yengil hafta», «Do‘stlar orasida», «Baxtli 25», «Aniq», «Omadli», «Baxtli 25+», «Aniq+», «Omadli+», «Yangi ijobiy», «Ijobiy», «Ko‘proq» tarif rejalari, «Kayfiyat» va «Active» tizimlari tariflari doirasidagi limitlar qoldiqlari «Kayfiyat» tizimi tarif rejalariga o‘tishda tanlangan tarif rejasi doirasidagi limitlarga qo‘shiladi, bunda avvalgi limitlarning amal qilish muddati uzaytirilmaydi, ya’ni oldin belgilangan limitlarning amal qilish muddati avvalgidek qoladi. Bilish muhim: *103# USSD-so‘rovi yordamida limitlarni tekshirishda abonentlarga «Kayfiyat» tarif rejasi doirasida belgilangan limitlarning amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
 

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.