Abonentlarga
Tariflar
"Ijobiy" tarifi

"Ijobiy" tarifi

Hisobni to‘ldirishda yanada ko‘proq bonuslar!

Faqatgina "Ijobiy" tarifi bilan Siz uchta afzallikni qo‘lga kiritasiz:

1. Hisobni bir matrotabalik to‘ldirishdagi bonuslar:*:

 $1.90 dan to $2.89 gacha – tarmoq ichida muloqot uchun 100 daqiqa

 $2.90 va undan ortiq miqdorga – tarmoq ichida 200 daqiqa va O‘zbekiston bo‘yicha 100 SMS

2. Joriy kunning oxirigacha tarmoq ichida bepul muloqot** 

3. Ucelldagi "Sevimli raqam"ga qo‘ng‘iroqlar daqiqasiga atigi $0.005! ***!

Bonuslar qoldig‘ini tekshirish: *102#

Tarifga o‘tish narxi: $0.50

Tarifga o‘tish:


"Yanada ko'p ijobiylik" aksiyasi
Endi "Ijobiy" tarifi abonentlarida a’lo kayfiyat uchun yanada ko‘proq sabablar bor!

20.07.2016-y. sanasidan (soat 18:00dan so‘ng) to 30.06.2017 gacha bo‘lgan muddatda mazkur tarif abonentlari har gal o‘z hisoblarini bir marotabalik:
  • $1.90 dan to $2.89 gacha miqdorga to‘ldirishda 7 kun muddatga tarmoq ichida muloqot uchun 100 daqiqa oladilar!
  • $2.90 va undan ortiq miqdorga to‘ldirishda – tarmoq ichida 7 kun muddatga 200 daqiqa, shuningdek O‘zbekiston bo‘yicha 100 SMS oladilar!*
Asosiy hisobdagi barcha mablag‘larni esa abonentlar o‘z ixtiyorlariga ko‘ra, Kompaniyaning o‘zlariga yoqqan xizmatlari va mahsulotlariga sarflashlari mumkin!
Narxlash
Abonent to‘lovi, kuniga
$0.06
Qo‘ng‘iroq turi
1 daqiqa efir narxi
Barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar
$0.00
Tarmoq ichida chiquvchi qo‘ng‘iroqlar*
$0.02
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar
$0.03
"Sevimli raqam"ga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar
$0.005
Xabar turi
1 xabar narxi
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS*
$0.02
Xalqaro chiquvchi SMS
$0.12
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi MMS
$0.05
Xalqaro chiquvchi MMS
$0.30
Internet
1 MB narxi
Ucell Internet
$0.10
Ucell Wap
$0.10
Tarif rejasi shartlari

* Bonus daqiqa va SMSlarning amal qilish muddati – belgilanganidan boshlab 7 kun.
Har bir yangi bonus avvalgi bonus qoldig‘iga qo‘shiladi, amal qilish muddati esa yangi bonus taqdim qilingan kundan boshlab 7 kunga uzaytiriladi!

Abonent to‘plashi mumkin bo‘lgan bonus daqiqalarning eng katta miqdori – tarmoq ichida 5000 daqiqa.
  • Bonus daqiqalar va SMSlar roumingda bo‘lgan abonentlarga belgilanmaydi, shuningdek, ular Kompaniyaning pullik xizmatlaridan va uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etiluvchi xizmatlardan foydalanish uchun mo‘ljallanmagan.
  • Belgilangan bonuslardan faqatgina faol holatda foydalanish mumkin.
** Agar abonent kun davomida (soat 02:00 dan 22:59:59 gacha) O‘zbekiston bo‘yicha (tarmoq ichidagi va tashqarisidagi) qo‘ng‘iroqlar uchun $1 va undan ko‘proq mablag‘ sarflasa, u shu kunning oxiriga (23:59:59 ga) qadar tarmoq ichida bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
  • Birinchi navbatda hisob to’ldirilganda taqdim etiladigan bonuslar sarf etiladi, so’ngra $1 kunlik sarf uchun berilgan bonuslar sarflanadi.
*** Ucell abonentining "Sevimli raqam" funksiyasi
  • "Sevimli raqam" sifatida faqat Ucell abonenti raqamini kiritish mumkin.
  • Ucell abonentini sevimli raqam deb faollashtirish uchun *797*1*9989xxxxxxxx# ga USSD-so‘rov yuboring.
  • Sevimli raqam xizmatini o‘chirish uchun *797*2*9989xxxxxxxx# tarzida USSD-so‘rov yuboring.
  • "Sevimli raqam" xizmati haqida batafsil ma’lumot olish uchun *797# raqamiga USSD-so‘rov yuboring.
  • Sevimli raqamlarni kuniga faqat bir marta o‘zgartirish va o‘chirish mumkin.
  • "Ijobiy" tarifidan istalgan boshqa tarifga o‘tilganidan so‘ng, mazkur raqamga qilinadigan qo‘ng‘iroqlar noto‘g‘ri narxlanishining oldini olish uchun, sevimli raqamni *797*2*abonent raqami# tarzida USSD-so‘rov yuborish orqali o‘chirish lozim.
Abonent to‘lovi abonent hisobida qolgan mablag‘ning miqdoridan qat’iy nazar, faqat faol holatda bo‘lganidagina yechiladi.

Abonent istalgan haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid) tarif rejasidan ushbu tarifga o‘tganidan so‘ng, birinchi kun uchun abonent to‘lovi shu vaqtning o‘zidayoq hisobdan yechiladi.

Belgilangan bonuslar qoldig‘ini tekshirish uchun *102# raqamiga USSD-so‘rov yuborish kerak.

"Ijobiy" tarifiga Siz *120# raqamiga USSD-so‘rov yuborish orqali o‘tishingiz mumkin.

So‘rov narxi – $0.50 (muvaffaqiyatli o’tishdan so‘ng).

Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.

"Ijobiy"  tarifda "Konferens aloqa", "Chaqiruvni saqlab turish/kutish" va "90 kunlik VIP" kabi qo’shimcha xizmatlar taqdim etilmaydi.




"Ijobiy" tarif rejasi faqat haqi oldindan to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimi abonentlari uchun amal qiladi.


Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!