Abonentlarga
Tariflar
“Special” tarif rejalari tizimi - HAMMA UCHUN!

Special tizimida yangi tarif rejalari

HAMMA UCHUN Special!

“Special 35”


  •   Qo‘ng‘iroqlar:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 1 300 daqiqa

  •  Internet:
  • 2 GB internet-trafik
  • 1 GB internet-trafik , va uchun

  •  SMS:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 500 SMS

Oylik abon. to‘lovi 35 000 so‘m

“Special 55”


  •   Qo‘ng‘iroqlar:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 3 000 daqiqa

  •  Internet:
  • 7 GB internet-trafik
  •  

  •  SMS:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 1 000 SMS

Oylik abon. to‘lovi 55 000 so‘m

“Special 80”


  •   Qo‘ng‘iroqlar:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 7 000 daqiqa

  •  Internet:
  • 11 GB internet-trafik

  •  SMS:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 1 000 SMS

Oylik abon. to‘lovi 80 000 so‘m
 

“Special 125”


  •   Qo‘ng‘iroqlar:
  • O‘zbekiston bo‘yicha CHEKSIZ QO‘NG‘IROQLAR*

  •  Internet:
  • 24 GB internet-trafik

  •  SMS:
  • O‘zbekiston bo‘yicha 1 000 SMS

Oylik abon. to‘lovi: 125 000 so‘m
*- texnik cheklanma – 45000 daqiqa

O‘tish narxi:

0 so‘m*

Tarifga o‘tish:

*120#

Limitlar qoldig‘ini tekshirish:

*102# - daqiqalar va SMSlar
*103# - internet-trafik MBlari

*Special 35 tarif rejasiga Active tariflar tizimidan, Special Mix, Special Super, Special X, Special 55, Special 80 va Special 125 tarif rejalaridan o‘tish narxi - 2105 so‘m.
Special 55 tarif rejasiga Active 70, Active 100, Special Super, Special X, Special 80 va Special 125 tarif rejalaridan o‘tish narxi - 2105 so‘m.
Special 80 tarif rejasiga Active 100, Special X va Special 125 tarif rejalaridan o‘tish narxi - 2105 so‘m.
 
"2 GB" internet-to‘plamini faollashtirish - *255#
Internet-to‘plam narxi – 10 000 so‘m.
 
  • Narxlash
    Tarif rejasining nomi Special 35 Special 55 Special 80 Special 125
    Oylik abonent to‘lovi 35 000 so‘m 55 000 so‘m 80 000 so‘m 125 000 so‘m
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi daqiqalarning oylik limiti 1 300 3 000 7 000 Cheksiz*
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlarning oylik limiti 500 1 000 1 000 1 000
    Oylik internet-trafik limiti 2 GB 7 GB 11 GB 24 GB
    Facebook, Telegram, WhatsApp uchun oylik internet-trafik limiti 1 GB - - -
    Limitlarni tekshirish *102# - daqiqalar va SMSlar
    *103# - internet-trafik MBlari
    Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash:
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS narxi (berilgan limitdan tashqari) 80 so‘m
    Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi 95 so‘m
    Tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 125 so‘m
    1 MB internet narxi 350 so‘m
    O‘zbekiston bo‘yicha MMSlar 210,5 so‘m
    Xalqaro SMSlar 505,2 so‘m
    Xalqaro MMSlar 1263 so‘m

    *Texnik cheklanma – oyiga 45000 daqiqa.
    Cheksiz qo‘ng‘iroqlar faqatgina 1 ta abonentga taqdim etilib, “Konferens-aloqa” xizmati doirasidagi guruh qo‘ng‘iroqlari uchun amal qilmaydi.

    Shuni e’tiborga olishingizni so‘raymizki, tarif rejasining shartlari doirasida Facebook ijtimoiy tarmog‘i, Telegram va WhatsApp messenjerlari uchun taqdim etiluvchi limitlar VPN/boshqa saytlar orqali/ "begona" mobil brauzerlar (masalan, Opera Mini, Chrome v.b.) orqali ulanishda sarflanmaydi.

    E’tibor bering!
    Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari ma’lum IP-manzillar va protokollar doirasida o‘z xizmatlarini taqdim etishadi. Ucell aynan o‘sha (ro‘yxatga kiritilgan) doiradagi manzillar uchun trafik hajmini ajratadi. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari IP-manzillarini yoki protokollarini o‘zgartirganlari uchun mas’uliyatni Ucell o‘z zimmasiga olmaydi, bu holda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik hamma yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.
    Ijtimoiy tarmoqlarga va messenjerlarga proksi-server, VPN yoki uchinchi sayt orqali kirishda, trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik hamma yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi.

    Eslatma
    Smartfonlar, standart holatda, mobil trafikni quyidagilarga fon rejimida sarflaydi: tizim va ilovalarni yangilashga; vidjetlar (ob-havo, kalendar va boshqalar) va ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlarini sinxronlashga, hamda analitik-hisoblagichlarga (Google, google-analytics.com , googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net). Ushbu holatlarda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik hamma yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.
  • Muhim!

    1. Oylik abonent to‘lovi har oyda kalendar oyining 1-sanasiga bog‘lanmagan holda yechiladi: agar abonent tarif rejasiga 24-sanada ulansa/o‘tsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi keyingi oyning 24-sanasida yechiladi. Agar abonent 31-sanada ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi 30-sanada, fevral oyining 28/29-sanasida, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 31-sanasida yechiladi.
    2. Tarif rejasi doirasidagi oylik limitlar faqat joriy davr uchun tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali yechilganidan keyingina belgilanadi. Tarif rejasi doirasidagi oylik limitlarning amal qilish muddati – 1 oy; bu 1 oy tarifga o‘tilgan/ulanilgan kundan to navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechiladigan kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Oylik limitlardan abonentlar faqat Faol holatdagina foydalana oladilar.
    Tarif rejasi doirasidagi limitlarning foydalanilmagan qoldig‘idan yangi davrda foydalanib bo‘lmaydi: agar abonent tarifga oyning 24-sanasida ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda joriy davr uchun abonent to‘lovi samarali yechilganida tarif doirasidagi limitlardan abonent keyingi oyning 23-sanasigacha foydalana oladi. Agar abonent, masalan, oyning 31-sanasida ulangan bo‘lsa, u holda abonent limitlardan keyingi oyning so‘nggi kunigacha, masalan 29-sanasigacha, fevral oyining 27/28-sanasigacha, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 30-sanasigacha foydalana oladi.
    3. Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda oylik limitlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Tarif rejasiga ulanish yoki o‘tish sanasi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi kerak. Agar abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi.
    4. Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan oylik limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu kunlik limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
    5. Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Bunday holatda abonent raqami Faol holatga o‘tganida, oylik abonent to‘lovi quyidagicha yechiladi:
    - Agar Kompaniya tizimi abonent to‘lovini yechishga urinmasidan AVVAL abonent raqami Faol holatga o‘tgan bo‘lsa – navbatdagi tunda, soat 00:01 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) yechiladi. Abonent to‘lovini yechishga urinish yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida bir marta amalga oshiriladi.
    - Agar Kompaniya tizimi abonent to‘lovini yechishga uringanidan SO‘NG abonent raqami Faol holatga o‘tgan bo‘lsa – undan keyingi tunda, soat 00:01 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) yechiladi. Abonent to‘lovini yechishga urinish yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida bir marta amalga oshiriladi.
    6. Oylik abonent to‘lovi yechilganidan so‘ng abonentning tarif rejasiga muvofiq limitlar belgilanadi. Yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining keyingi yechilishi sanasini o‘zgartirmaydi, limitlarning amal qilish muddati ham surilmaydi.
    7. Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejalari doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval limitlari belgilanganligini *102# va *103# USSD-so‘rovlari yordamida albatta tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar, SMSlar va internet MBlari limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.
    8. Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, agar Bloklangan holatdan chiqqandan so‘ng oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, *255# USSD-so‘rovi yordamida «Restart» xizmatini faollashtirishni tavsiya etamiz. Mazkur xizmat samarali faollashtirilganidan so‘ng abonent hisobidan oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif rejasi doirasidagi limitlar belgilanadi; oylik davr va limitlarning amal qilish muddati esa «Restart» xizmati oxirgi marta samarali faollashtirilgan kunidan bir oy keyingi sanadan o‘rnatiladi. Eslatib o‘tamiz, tarif doirasidagi limitlardan faqat raqam Faol holatda bo‘lsagina foydalanish mumkin.
    9. Yangi ulanishda/o‘tishda, agar abonent balansi musbat holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi va limitlar to‘liq hajmda (qolgan kunlar uchungina emas) yechiladi va belgilanadi.
    10. Special tizimidagi yangi tarif rejalari abonentlari uchun «Qadrdonlar» sodiqlik dasturi amal qiladi.
    Tarif rejalarining limitlari doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
    11. Tarif rejalari doirasida taqdim etilgan limitlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
    12. Special tizimidagi yangi tarif rejalari abonentlari uchun «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi», «Tungi Internet», «Qulay daqiqalar» va «Raqamni saqlab qolish», «Limitlarni almashtirish» xizmatlari, shuningdek «2 GB» aksiyasi amal qiladi.
    13. Special tizimidagi yangi tarif rejalari abonentlari uchun «Tarmoq ichida 0», VIP xizmatlari hamda «Tarmoq ichida qulay», «O‘zbekiston bo‘yicha qulay» xizmatlar to‘plamlari amal qilmaydi.
    14. Yangi Special tarif rejalarida “Kayfiyat” tizimining tarif rejalariga o‘tishda (“Superkayfiyat” tarifidan tashqari) O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar limitining qoldig‘idan tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar yo‘nalishida foydalanish mumkin bo‘ladi.
    15. “Yengil hafta” tarif rejasiga o‘tishda yangi Special tarif rejalarining doirasidagi limitlar qoldig‘i nolga teng bo‘lib qoladi.
    16. Special tizimidagi yangi tarif rejalariga Special («Daqiqalar» va «Megabaytlar» opsiyasi), Special Mini, Special Mix, Special Super, Special X hamda Best tarif rejalari abonentlari ham o‘tishlari mumkin.
    17. Special tizimidagi yangi tarif rejalariga o‘tganda Special («Daqiqalar» va «Megabaytlar» opsiyasi), Special Mini, Special Mix, Special Super, Special X tarif rejalari doirasida O‘zbekiston bo‘yicha belgilangan daqiqalar limiti qoldig‘ini *109# USSD-so‘rovi yordamida tekshirish mumkin.
    18. Special tizimidagi yangi tarif rejalariga o‘tishda Special («Megabaytlar» opsiyasi) tarif rejasi doirasidagi tungi internet-trafik limitidan foydalanib bo‘lmaydi.
    19. Special tizimidagi yangi tarif rejalariga o‘tishda Special («Daqiqalar» opsiyasi) tarif rejasi doirasidagi tarmoqdan tashqari yo‘nalishlarga belgilangan qo‘ng‘iroqlar limiti O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun sarflanadi.
    20. 02.10.2019-y. dan Special 35, Special 55, Special 80 va Special 125 tarif rejalari abonentlari faqat mazkur tariflar tizimiga hamda Active tarif rejalariga o‘tishlari mumkin bo‘ladi, boshqa tarif rejalarga o‘tish imkoniyati bo‘lmaydi.
    21. Mazkur tarifda “chiroyli raqam” ulatishda hisobni to‘ldirgandan keyin *102* va *103# USSD-so‘rovlari yordamida abonent to‘lovi yechilganligi hamda limitlar belgilanganligini tekshirish lozim.
    Agar hisob to‘ldirilgandan keyin abonent to‘lovi yechilmasa Restart xizmatidan foydalanishni maslahat beramiz.

  • Special 35, Special 55, Special 80 va Special 125 tarif rejalari uchun Restart xizmati shartlari
    1. Restart xizmati *222# USSD-so‘rovi yordamida faollashtiriladi.
    2. Restart xizmatidan abonentlar raqami Faol holatda bo‘lganida foydalana oladilar.
    3. Restart xizmati abonentga mustaqil tarzda tarif rejasi shartlari bo‘yicha oylik abonent to‘lovini faollashtirish va oylik limitlarni olish imkonini beradi. Restart xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonentning oylik davri mazkur xizmatning so‘nggi samarali faollashtirilgan kuniga muvofiq yangilanadi.
    4. Restart xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonent hisobidan to‘liq oylik abonent to‘lovi yechiladi va abonentning tarif rejasi oylik abonent to‘lovi doirasida to‘liq oylik limitlar belgilanadi. Keyinchalik abonentdan oylik abonent to‘lovi abonentning yangi oylik davriga muvofiq yechiladi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi va oylik limitlarning belgilanishi abonentning tarif rejasi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
    5. Agar Restart xizmatini faollashtirish paytida abonent hisobida abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va oylik abonent to‘lovida ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
    6. Restart xizmati samarali faollashtirilganida, limitlarning amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi sifatida mazkur xizmat faollashtirilganidan 1 oy keyingi sana o‘rnatiladi.
    7. Restart xizmati samarali faollashtirilganida, abonentga 1 oy muddatli yangi oylik davr belgilanadi.
  • «2 GB» aksiyasi
    «2 GB» aksiyasi doirasida 10 000 so‘mga 2 GB hajmidagi internet-to‘plamni ulatish shartlari:

    • Aksiyaning o‘tkazilish davri – 30.07.2019 dan to 26.12.2019 gacha.
    • Internet-to‘plamni faqat joriy oy uchun oylik abonent to‘lovi yechilganidan so‘ng yechilganidan so‘ng ulatish mumkin;
    • Bir abonent uchun internet-to‘plamni bir abonentga joriy oyda 1 marta ulash mumkin;
    • Internet-to‘plam avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi bilan yoqiladi;
    • Internet to'plamni *255# USSD-so'rovi orqali ulash/o'chirish mumkin;
    • Internet-trafik qoldig‘ini tekshirish *107# USSD-so'rovi orqali amalga oshiriladi;
    • Yangi ulatganda, ortiqcha xarajatlarning oldini olish maqsadida, internetdan foydalanishdan avval yangi internet-to‘plam belgilanganligini tekshirish zarur;
    • Avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi faol vaqtida xizmat yoqilganidan keyin 30 kun o‘tib (sotib olingan to‘plamga muvofiq), abonent hisobida yetarli mablag‘ bo‘lsa, tizim oldin xarid qilingan hajmdagi to‘plamni yangidan belgilaydi. Bu holda avval xarid qilingan to‘plamdan qolgan trafik nolga tenglashtiriladi. Yangi internet-to‘plam trafigi xizmat ulanganidan yoki avtomatik tarzda belgilanganidan keyingi 31-kuni, yangi to‘plam uchun mablag‘ yechib olinganidan so‘ng soat 00:00 dan boshlab belgilanadi;
    • Avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi ochirilgan bo‘lsa, internet-to‘plam faollashtirilgan kundan 30 kun o‘tgach, trafik qoldig‘i nolga tenglashtiriladi;
    • Internet-to‘plamdagi trafikdan faqat raqam Faol holatda bo‘lganidagina foydalanish mumkin.
 

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Raqam tanlash

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Ofisni to'pish

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.