Abonentlarga
Tariflar
«Student» maxsus tarif rejasi

Hatto o‘qish ham osonlashadi!

Tarif reja qulayliklari:

1100 MB*

700 DAQIQA**

200 SMS

OYIGA 8 000 SO‘M.

*1100 MB - 100 MB internet-trafik, 500 MB tungi vaqt (01:00-09:00) uchun va 500 MB uchun.
**700 Daqiqa - tarif reja ichida chiquvchi 500 daqiqa, O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi 200 daqiqa.

Daqiqa va SMS qoldig‘ini tekshirish:

*102#

internet-trafik qoldig‘ini tekshirish:

*103#

Tarif faqat yangi ulanishlar uchun amal qiladi.

  • Narxlash
    Tarif rejasining nomi Student
    Oylik abonent to‘lovi* 8 000 sum.
    «Student» tarif rejasi ichida chiquvchi daqiqalarning oylik limiti 500
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi daqiqalarning oylik limiti 200
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlarning oylik limiti 200
    Oylik internet-trafik limiti 100
    Tungi vaqt (01:00-09:00) uchun oylik internet-trafik limiti 500
    Facebook, Telegram, WhatsApp ilovalari uchun oylik internet-trafik limiti 500
    Limit qoldig‘ini tekshirish (USSD-so‘rov) *102# - daqiqalar va SMSlar
    *103# - interneta-trafik MBlari
    Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash:
    Barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar  0 so‘m
    Tarmoq ichida, "Student' tarif rejasi ichida chiquvchi daqiqa narxi (kiritilgan limitdan tashqari) 95 so‘m
    Tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 125 so‘m
    O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS narxi (berilgan limitdan tashqari) 80 so‘m
    1 MB internet narxi (berilgan limitdan tashqari) 350 so‘m
    Xalqaro SMSlar 505,2 so‘m
    O‘zbekiston bo‘yicha MMSlar 210,5 so‘m
    Xalqaro MMSlar 1263 so‘m

    * Oylik abonent to‘lovi har oyda kalendar oyining 1-sanasiga bog‘lanmagan holda yechiladi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga 24-sanada ulansa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi keyingi oyning 24-sanasida yechiladi. Agar abonent 31-sanada ulangan bo‘lsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi 30-sanada, fevral oyining 28/29-sanasida, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 31-sanasida yechiladi.
  • Qo‘shimcha shartlar:

    Tarif rejasi faqat yangi ulanishlar uchun amal qiladi.

    Tarif rejasiga haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid)dagi boshqa tarif rejalaridan o‘tish yopiq.

    Tarif rejasiga faqat O‘zbekiston Respublikasining barcha o‘quv yurtlari (litseylar, kollejlar, institutlar, universitetlar, akademiyalar va h.k.) hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv yurtlarining filiallari talabalarigina ulanishlari mumkin. Tarif rejasiga ulanish uchun, pasportni hamda o‘quv yurtida ta’lim olayotganini tasdiqlovchi amaldagi hujjatni taqdim etish lozim. Mazkur hujjatda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
    - F.I.O.;
    - Talabaning fotosurati;
    - O‘quv yurtining nomi;
    - O‘quv yurtining muhri va vakilining imzosi;
    - Amaldagi yil/o‘quv kursi bosqichi.

    Mazkur tarifga haydovchilik guvohnomasini taqdim etib, ulanib bo'lmaydi.

    Tarif rejasiga Kompaniyaning xizmat ko‘rsatish ofislarida va rasmiy dilerlarida ulanish mumkin. O‘qish davri tugallanishi bilan, mazkur tarif abonenti haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid)dagi boshqa bir ochiq tarif rejasiga mustaqil tarzda o‘tishi, yoki tarifini almashtirish uchun Kompaniya ofisiga kelishi lozim. Aks holda, Kompaniya abonentni oldindan ogohlantirgan holda, uyali aloqa xizmatlarini taqdim etishni to‘xtatishga haqli.

    Bitta pasport ma’lumotlariga «Student» tarif rejasidagi bittagina raqam ulatish mumkin.

    Tarif bo‘yicha oylik limitlar faqat joriy davr uchun tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali yechilganidan keyingina belgilanadi. Tarif rejasi doirasidagi oylik limitlarning amal qilish muddati – 1 oy. Bu 1 oy tarif rejasiga ulanilgan kundan to navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechiladigan kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Oylik limitlardan abonentlar faqat Faol holatdagina foydalana oladilar.

    Tarif rejasi doirasidagi limitlarning foydalanilmagan qoldig‘idan yangi davrda foydalanib bo‘lmaydi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga oyning 24-sanasida ulangan bo‘lsa, u holda joriy davr uchun abonent to‘lovi samarali yechilganida tarif doirasidagi limitlardan abonent keyingi oyning 23-sanasigacha foydalana oladi. Agar abonent, masalan, oyning 31-sanasida ulangan bo‘lsa, u holda abonent limitlardan keyingi oyning so‘nggi kunigacha, masalan 29-sanasigacha, fevral oyining 27/28-sanasigacha, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 30-sanasigacha (shu kuni ham) foydalana oladi.

    Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda limitlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) amalga oshadi. Mazkur tarifga ulanish sanasi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovi to‘liq hajmda yechilishi uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi kerak. Agar abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi.

    Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent raqami qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda belgilanadi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.

    Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent raqami Bloklangan holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Bunday hollarda abonent raqami Faol holatga o‘tgach, oylik abonent to‘lovi navbatdagi tunda, soat 00:01 dan to 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) yechiladi; bunda abonent raqami Bloklangan holatdan chiqqanidan so‘ng yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha navbatdagi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasini o‘zgartirmaydi.

    Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval oldindan *102# va *103# USSD-so‘rovlari yordamida limitlar belgilanganligini tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar, SMSlar va internet limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi.

    Yangi ulanishda, agar abonent balansi musbat holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi va limitlar to‘liq hajmda (qolgan kunlar uchungina emas) yechiladi va belgilanadi.

    "Qadrdonlar!" sodiqlik dasturi mazkur tarif rejasi abonentlari uchun amal qiladi.

    «Student» tarif rejasi abonentlari mustaqil tarzda haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid)dagi faqat «Oddiy» tarif rejasiga, *551# USSD-so‘rovi yordamida yoki «Mening kabinetim» xizmati yordamida o‘tishlari mumkin. tarif rejasini «Oddiy» tarifiga almashtirish bepul.

    «Student» tarif rejasi abonentlari boshqa ochiq tarif rejalariga o‘ta olmaydilar

    «Student» tarif rejasidan «Oddiy» tarif rejasiga o‘tishda:
    - Tarif ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun berilgan daqiqalar limiti qoldig‘idan tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun foydalanish mumkin bo‘ladi;
    - Tungi MB limiti qoldig‘i bekor qilinadi;

    Facebook, Telegram, WhatsApp uchun belgilangan limitlardan asosiy hisobda kamida 1750 so‘m yoki tashqi internet uchun 5 MB bo‘lganida foydalanish mumkin. 

    Tarif rejasidagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.

    Tarif rejasida doirasida taqdim etilgan limitlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi;

    «Student» tarif rejasi abonentlari «Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi», «Tungi Internet» va «Qulay daqiqalar» xizmatlaridan foydalana oladilar.

    «Student» tarif rejasi abonentlari uchun «Shartnomani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish», «Tarmoq ichida 0», «Raqamni saqlab qolish», «VIP» xizmatlari, shuningdek, «Tarmoq ichida qulay» va «O‘zbekiston bo‘yicha qulay» xizmatlar to‘plamlari amal qilmaydi.

    Tungi internet-trafik limitidan faqat soat 01:00 dan 09:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida foydalanish mumkin. Berilgan limitning to‘g‘ri narxlanishi uchun, tungi hamda kunduzgi trafiklarning amal qilish vaqtlari almashinish paytlarida (soat 09:00 da va 01:00 da) internetni uzib turishni, shu vaqtlardan sal o‘tgach internetga qayta ulanib foydalana boshlashni tavsiya etamiz

    “Oson almashuv” xizmati bilan “Student” tarifi abonentlar tungi MBlarni umumiy MBlarga almashtirishlari mumkin.

    Internet xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlarga mablag‘larni rezervatsiya qilish tizimi va 4G tarmog‘ining ishlash xususiyati haqida qo‘shimcha ma’lumot bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

  • Restart xizmati

    Tarif rejasi bo‘yicha limitlar tugadimi? Yangi oyni kutmang, Restart xizmatini faollashtiring!

    Restart xizmatini faollashtirganda abonentlar oylik davrning istalgan kunida bir oylik limitlarni olishadi, bunda oylik abonent to‘lovining yechilish muddati yangilanadi.

    Restart xizmatining shartlari
    1. Restart xizmati «Student » tarif rejasi va «Kayfiyat», Active, «Tantana» tariflar tizimlaridagi abonentlar uchun amal qiladi.
    2. Restart xizmati *222# USSD-so‘rovi yordamida faollashtiriladi.
    3. Restart xizmatidan raqami faol holatda bo‘lgan barcha abonentlar foydalana oladilar.
    4. Restart xizmati tarif rejasi shartlari bo‘yicha oylik limitlarni faollashtirish imkonini taqdim etadi. Abonent ushbu xizmatni muvaffaqiyatli faollashtirganidan so‘ng, hatto joriy davr uchun oylik abonent to‘lovini to‘lamagan bo‘lsa ham, undan kunlik abonent to‘lovi yechilmaydi.
    5. Restart xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonent hisobidan to‘liq oylik abonent to‘lovi yechiladi va abonentning tarif rejasi oylik abonent to‘lovi doirasida to‘liq oylik limitlar belgilanadi.
    6. Restart xizmatini muvaffaqiyatli faollashtirganida abonentning tarif rejasi va xizmatlari («Qulay daqiqalar» xizmatidan tashqari) doirasida belgilangan limitlar (tarmoq ichidagi va tarmoqdan tashqari/O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar, SMSlar) qoldiqlari, shuningdek tarif rejalari hamda «Internet-o‘tkazma» xizmati doiralaridagi internet-trafik bekor qilinadi.
    7. Restart xizmati muvaffaqiyatli faollashtirilganida, limitlarning amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi sifatida mazkur xizmat faollashtirilganidan 1 oy keyingi sana o‘rnatiladi.
    8. Restart xizmati muvaffaqiyatli faollashtirilganida, «Kayfiyat» va «Active» tarif rejalari abonentlaridan endi kunlik abonent to‘lovi yechilmaydi, keyinchalik ushbu abonentlardan faqat oylik abonent to‘lovi yechiladi.
    9. Restart xizmatini faollashtirgan abonentlarda oylik davr Restart xizmati oxirgi marta muvaffaqiyatli faollashtirilgan kundan bir oy keyinga belgilanadi.
    10. Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va oylik abonent to‘lovida ko‘zda tutilgan limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
    11. Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda daqiqalar va megabaytlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan davrda (yechilish vaqti aniq belgilanmagan) amalga oshadi. Restart xizmatining oxirgi marta muvaffaqiyatli faollashtirilish sanasi oylik davrda oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun abonent raqami Faol holatda bo‘lishi lozim.
    12. Agar abonent raqami bloklangan holatda bo‘lsa, u holda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va limitlar belgilanmaydi. Abonent raqami faol holatga o‘tganida oylik abonent to‘lovi quyidagicha yechiladi:
    1. Darhol – agar hisob to‘ldirilganidan so‘ng abonent balansi tarif bo‘yicha oylik abonent to‘loviga teng yoki undan oshiq bo‘lib qolsa. Oylik abonent to‘lovi yechilganidan keyin abonentning tarif rejasiga muvofiq limitlar belgilanadi. Yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining keyingi yechilishi sanasini o‘zgartirmaydi, limitlarning amal qilish muddati ham surilmaydi.
    2. Navbatdagi tun, soat 00:00 dan 08:00 gacha (echilish vaqti aniq belgilanmagan) – agarda hisob to‘ldirilganidan so‘ng abonent raqami faol holatga o‘tgan, ammo mablag‘ tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun yetarli bo‘lmasa. Oylik abonent to‘lovi yechilganidan keyin darhol abonentning tarif rejasiga muvofiq limitlar belgilanadi. Yechilgan oylik abonent to‘lovi tarif rejasi bo‘yicha oylik to‘lovining keyingi yechilishi sanasini o‘zgartirmaydi, limitlarning amal qilish muddati ham surilmaydi. Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, agar bloklangan holatdan chiqqandan so‘ng hisobdagi mablag‘ tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovi hajmidan kam bo‘lsa, *222# USSD-so‘rovi yordamida Restart xizmatini faollashtirishni tavsiya etamiz. Mazkur xizmat samarali faollashtirilganidan so‘ng abonent hisobidan oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif rejasi doirasidagi limitlar belgilanadi; oylik davr va limitlarning amal qilish muddati esa Restart xizmati oxirgi marta samarali faollashtirilgan kunidan bir oy keyingi sanadan o‘rnatiladi.
    Eslatib o‘tamiz, tarif doirasidagi limitlardan faqat faol holatdagina foydalanish mumkin.
    13. Restart xizmatini o‘z tarif rejasini haqi oldindan to‘lanuvchi boshqa bir tarif rejasiga almashtirgan holda o‘chirish mumkin.
    14. Tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval, daqiqalar, SMSlar va internet-trafik limitlari belgilanganligini tarif rejalarning shartlariga muvofiq *102#; *103# USSD-so‘rovlari yordamida oldindan tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar va internet tarif rejalarida limitdan tashqari narxlanishi shartlariga muvofiq narxlanadi.
     

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Raqam tanlash

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Ofisni to'pish

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.