Abonentlarga
Tariflar
Omadli

"Omadli" tarifi

Kun bo‘yi erkin muloqot!

  tarmoq ichida 500 daqiqa

  tarmoqdan tashqarida 100 daqiqa

  O‘zbekiston bo‘yicha 500 SMS

  100 MB Internet-trafik

Limitlar qoldig‘ini USSD orqali tekshirish – *102# va *104#

Tarifga o‘tish narxi: $0

Tarifga o'tish uchun:


Narxlash

Abonent to‘lovi, kuniga
$1
Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalarning kunlik limiti
500
Tarmoqdan tashqaridagi qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalarning kunlik limiti
100
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS-xabarlarning oylik limiti
500
Kunlik Internet-trafik limiti
100
kiruvchi qo‘ng‘iroqlar $0.00
Limitdan tashqari 1 daqiqa narxi
tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar
$0.02
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar
$0.03
Limitdan tashqari 1ta chiquvchi SMS-xabar narxi
tarmoq ichida
$0.02
O‘zbekiston bo‘yicha
$0.02
xalqaro
$0.10
Limitdan tashqari 1ta chiquvchi MMS-xabar narxi
O‘zbekiston bo‘yicha
$0.02
xalqaro
$0.30
Limitdan tashqari 1 Mb Internet-trafik narxi
Ucell Internet - 2G, 3G, 4G/LTE
$0.10
Tarif rejasi shartlari
 

Abonent to‘lovi abonent hisobida qolgan mablag‘ miqdoridan qat’i nazar, faol holatda bo‘lganidagina yechiladi.

Abonent istalgan Prepaid tarifdan "Omadli" tarifiga o‘tganida, shu vaqtning o‘zidayoq birinchi kun uchun abonent to‘lovi hisobdan yechiladi, bepul daqiqalar, SMS va megabaytlar darhol taqdim etiladi. Belgilangan daqiqalar va megabaytlar qoldig‘ini tekshirish uchun *102# tarzida, belgilangan SMSlar qoldig‘ini tekshirish uchun esa 104# tarzida USSD-so‘rov yuborish lozim.

"Aniq" tarifiga o‘tish holatida O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar, SMS, hamda Internet-trafik limitlari kuyib ketadi.

"Oson hisob" tarifga o‘tish holatida to‘plangan MBlar amal qilmaydi. 

Hurmatli "Omadli" tarifi abonentlari! Shuni e’tiborga olishingizni so‘raymizki, kunlik bepul daqiqalar, SMS va Internet-trafik texnik shartlarga ko‘ra soat 00:00dan keyin belgilanadi. Tushunmovchiliklar va noto‘g‘ri narxlanish bo‘lmasligi uchun, belgilangan limitlardan foydalanish oldidan hisobingizga daqiqalar, SMSlar va Internet-trafik belgilanganligini tekshirib qo‘yishingizni tavsiya etamiz. Abonent to‘lovining yechilishi va kunlik limitlar belgilanishi tungi vaqtda amalga oshirilishini inobatga olgan holda, sizdan har kuni kunning yakunida o‘z hisobingizda yetarli mablag‘ mavjudligini tekshirishingizni so‘raymiz. Bu abonent raqamining bloklangan holatga o‘tkazilishi va kunlik limitlar belgilanmasligi bilan bog‘liq noqulayliklarning oldini olishga yordam beradi.

Kunlik abonent to‘lovi hisobdan yechilishi imkoni bo‘lmay qolgan hollarda tarmoq ichidagi, tarmoqdan tashqaridagi qo‘ng‘iroqlar daqiqalar, SMSlar, shuningdek Internet uchun MBlar kunlik limiti taqdim qilinmaydi. Agar buning sababi hisobda mablag‘ yetarli emasligida yoki abonent so‘nggi kunlik to‘lov yechib olinganidan keyingi bir kecha-kunduzdan oshiq vaqt davomida bloklangan holatda ekanligida bo‘lsa, xizmatlarni narxlash prays varag‘ida ko‘rsatilgan limitidan tashqari narxlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Abonent to‘lovi har kuni sutkaning tungi vaqtida, faqat tarif abonentlari faol holatda bo‘lganida va hisobida mablag‘i mavjud bo‘lgan har qanday holatda yechiladi.

"Omadli" tarifiga *120# raqamini terib o‘tish mumkin. 2017-yilning 1-iyuligacha tarifga o‘tish narxi – $0 (tarif muvaffaqiyatli almashtirilganida).

"Ko‘proq!" tarifiga o‘tish narxi - $0.75. Prepaid tizimidagi ruxsat etilgan boshqa tariflarga o‘tish narxi - $0.50.

"Omadli" tarif rejasi doirasida 2015-yilning 5-martidan 2015-yilning 9-sentabrigacha o‘tkazilgan chiroyli raqamlar bilan bog‘liq aksiya shartlariga ko‘ra, "Omadli" tarifidan "Do‘stlar orasida", "FRESH" va "Ko‘proq!" tariflariga o‘tish Ucell tarmog‘iga ulangandan keyin bir kalendar yili o‘tgach, *811# raqamiga USSD-so‘rov yuborish orqali amalga oshirilishi mumkin. Mazkur shart "Omadli" tarifidagi aksiya o‘tkazilishi davrida "chiroyli" raqamlarni chegirma bilan ulatgan abonentlarga tatbiq etiladi.

Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.

"Omadli" tarif rejasi faqat Prepaid tizimidagi abonentlar uchun amal qiladi.


 


Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!