Abonentlarga
Tariflar
"Omadli+" tarifi

"Omadli+" tarif

Oy bo‘yi erkin muloqot!

  tarmoq ichida 15000 daqiqa

  tarmoqdan tashqarida 3000 daqiqa

  O‘zbekiston bo‘yicha 15000 SMS

  3000 MB Internet-trafik

 Abonent to‘lovi faqat hisobda yetarli mablag‘ bo‘lganida yechiladi

Limitlar qoldig‘ini USSD orqali tekshirish – *102# va *104#

Tarifga o‘tish narxi – 0 so‘m

Tarifga o'tish uchun:


Narxlash
Abonent to‘lovi, oyiga*
126300 so‘m
Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalarning oylik limiti**
15000
Tarmoqdan tashqaridagi qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalarning oylik limiti**
3000
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS-xabarlarning oylik limiti**
15000
Oylik Internet-trafik limiti**
3000
kiruvchi qo‘ng‘iroqlar 0 so‘m 
Limitdan tashqari 1 daqiqa narxi
tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar*
105.25 so‘m
tarmoqdan tashqari chiquvchi qo'ng'iroqlar*
147.35 so‘m
Limitdan tashqari 1ta chiquvchi SMS-xabar narxi
tarmoq ichida*
84.2 so‘m
tarmoqdan tashqari chiquvchi SMS*
84.2 so‘m
xalqaro
421so‘m
Limitdan tashqari 1ta chiquvchi MMS-xabar narxi
O‘zbekiston bo‘yicha
84.2 so‘m
xalqaro
1263 so‘m
Limitdan tashqari 1 Mb Internet-trafik narxi
Ucell Internet - 2G, 3G, 4G/LTE*
421 so‘m
Tarif rejasi shartlari

"Omadli+" tarif rejasiga o‘tish uchun abonent hisobida kamida 126300 so‘m bo‘lishi kerak.

"Omadli+" tarifiga o‘tishda yoki yangi ulanish paytida tarif bo‘yicha abonent to‘lovining yechilishi hamda tarif doirasida daqiqa/SMS/MBlar limitining belgilanishi kalendar oyining oxirigacha qolgan kunlar soniga mos tarzda amalga oshiriladi. Limit belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar, SMS va Internet limitdan tashqari ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha narxlanadi.

Birinchi abonent to‘lovining yechilishi hamda limitlar belgilanishi ulanishdan keyingi birinchi 16 kun davomida (abonent ulangan paytda qarab), abonent hisobida mablag‘ yetarli bo‘lgan paytda amalga oshiriladi. Belgilangan limitlar abonent to‘lovi yechilgan oyining oxirgi kuniga qadar amal qiladi.

*"Omadli+" tarifida oylik bepul daqiqa, SMS va Internet-trafik limitining belgilanishi har oyning birinchi kuni (soat 00:00 dan – 08:00 gacha) amalga oshadi. Buning uchun hisobingizda oylik abonent to‘lovining to‘liq yechilishi uchun mablag‘ yetarli bo‘lish kerak. Agar oyning birinchi kuni hisobingizning oylik abonent to‘lovining to‘liq yechilishi uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, u holda oyining 1-dan to 16-chi kunigacha, o‘zingizga qulay bo‘lgan vaqt hisobingizni to‘ldirish imkoniyatiga egasiz. Qachonki hisobingiz kerakli mablag‘ga to‘ldirilgach, abonent to‘lovi yechiladi va daqiqa, SMS hamda megabaytlar to‘liq hajmda belgilanib, ular kalendar oyining oxiriga qadar amal qiladi. E’tibor qiling – abonent to‘lovi faqatgina raqamingiz hisobi to‘ldirilganida raqamingiz faol holatda bo‘lsagina yechiladi. Agar raqamingiz blok holatiga o‘tgan bo‘lsa, avval raqam hisobini to‘ldirib raqamni faol holatga o‘tkazish tavsiya etiladi. Raqam faol holatga o‘tgach, raqam hisobini yana bir bor, abonent to‘lovini yechish uchun yetarli bo‘lgunicha to‘ldirilishi lozim. Kalendar oyining 17-kunidan e’tiboran abonent to‘lovi yechilmaydi va tarif bo‘yicha limitlar belgilanmaydi.

** Tarif doirasidagi daqiqa/SMS/MBlar limiti abonent to‘lovi yechilganidan keyin to‘liq hajmda belgilanadi va kalendar oyining oxiriga qadar amalda bo‘ladi. Taqdim etilgan limitlar keyingi kalendar oyiga o‘tmaydi.

Anglashilmovchiliklarning oldini olish uchun, bepul limitdan foydalanishdan avval daqiqa, SMS va Internet-trafik limitining belgilanganligini tekshirib ko‘rishni tavsiya etamiz. Limit belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar, SMS va Internet limitdan tashqari ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha narxlanadi.

Oylik abonent to‘lovi hisobdan yechilishining imkoni bo‘lmagan hollarda tarmoq ichidagi va tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar, SMS, shuningdek Internet uchun oylik MB limiti taqdim etilmaydi va bu xizmatlar limitdan tashqari ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha narxlanadi.

"Omadli+" tarifidagi abonentlar, agar abonent tomonidan hech qanday pulli harakatlar amalga oshirilmasa yoki hisobi to‘ldirilmasa, oxirgi abonent to‘lovi yechilganidan 60 kun keyin bloklangan holatga o‘tadilar. Tarif bo‘yicha taqdim etilgan limitga kiruvchi daqiqa, SMS va MBlardan foydalanish pulli harakat hisoblanmaydi va abonentning faol holati saqlanib qolishiga sabab bo‘la olmaydi. 

  • "Omadli+" tarifida "Tarmoq ichida 0" va "VIP" qo‘shimcha xizmatlari amal qilmaydi.
  • "Aniq" tarifiga o‘tish holatida O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar, SMS, hamda Internettrafik limitlari kuyib ketadi.
  • CONTENT xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishdagi qo‘ng‘iroqlar tarif shartlariga binoan taqdim etilgan limitdan sarflanmaydi.
  • "Oson hisob" tarifga o‘tish holatida to‘plangan MBlar amal qilmaydi.  

"Omadli+" tarifi faqat Prepaid tizimi abonentlari uchun amal qiladi.



Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.