Abonentlarga
Tariflar
Chiroyli raqamli “Istalgan raqam 2.0” aksiyasi

Chiroyli raqamli “Istalgan raqam 2.0” aksiyasi

Va yana chiroyli raqamlar, va "Istalgan raqam 2.0" aksiyasi bilan yana o‘shanday bepul!

Mamnuniyat bilan sizga shuni ma’lum qilamizki, 2018-yilning 24-sentabridan Ucell oylik tarif rejalariga ega "Istalgan raqam 2.0" aksiyasini yo‘lga qo‘ymoqda. Shunchaki "A’lo kayfiyat BN", "Active 40 BN", "Active 60 BN" va "Active 90 BN" tarif rejalariga ulanib, oddiy raqam narxida 1 258 790 so‘mgacha narxdagi chiroyli raqamga, O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar va SMSlar to‘plamlariga hamda internet-trafikka ega bo‘ling.
Buning uchun, tanlangan chiroyli raqamning toifasiga bog‘liq holda, 3 oydan boshlangan muddatda ushbu tarifda qolish kifoya.

Tariflarga ulanish narxi – atigi 4000 so‘m.
Aksiyaning amal qilish muddati – 2018-yilning 24-sentabridan to 2019-yilning 24-sentabrigacha yoki chiroyli raqamlar miqdori bilan cheklanadi.

Tarif rejalari
Tarif rejasining nomi A’lo kayfiyat BN Active 40 BN Active 60 BN Active 90 BN
Oylik abonent to‘lovi* 20 000 so‘m 40 000 so‘m 60 000 so‘m 90 000 so‘m
Tarmoq ichidagi chiquvchi daqiqalarning oylik limiti 1 000 daqiqa 2 500 daqiqa 3 000 daqiqa  
cheksiz*
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning oylik limiti 100 daqiqa
(tarmoqdan tashqari chiquvchi daqiqalar)
500 daqiqa 1 500 daqiqa
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlarning oylik limiti - 500 SMS 500 SMS 3 000 SMS
Oylik internet-trafik limiti 700 MB 2 000 MB 5 000 MB 10 000 MB
Tungi vaqt (01:00-09:00) uchun internet-trafikning oylik limiti - 1 000 MB 1 500 MB 2 000 MB
TAS-IX uchun internet-trafikning oylik limiti - 1 500 MB 3 500 MB 10 000 MB
Telegram va Facebook uchun internet-trafikning oylik limiti 1 250 MB
Kunlik abonent to‘lovi** 1 000 so‘m  2 000 so‘m 3 000 so‘m 4 500 so‘m
Tarmoq ichidagi chiquvchi daqiqalarning kunlik limiti 33 daqiqa 83 daqiqa 100 daqiqa  
166 daqiqa
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi daqiqalarning kunlik limiti - 16 daqiqa 50 daqiqa
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMSlarning kunlik limiti - 15 SMS 15 SMS 100 SMS
Kunlik internet-trafik limiti 15 MB 66 MB 166 MB 333 MB
Tungi vaqt (01:00-09:00) uchun internet-trafikning kunlik limiti - 33 MB 50 MB 66 MB
TAS-IX uchun internet-trafikning kunlik limiti - 35 MB 70 MB 200 MB
Telegram va Facebook uchun internet-trafikning kunlik limiti 33 MB
Limitlar qoldig‘ini tekshirish (USSD-so‘rov) *103# *102# – daqiqalar va SMSlar
*103# – internet-trafik MBlari
Yo‘nalishlar bo‘yicha narxlash
Barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar  0 so‘m
Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 95 so‘m
1 MB internet narxi (berilgan limitdan tashqari) 350 so‘m
Tarmoqdan tashqari qo‘ng‘iroqlar uchun chiquvchi daqiqa narxi (berilgan limitdan tashqari) 125 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS narxi (berilgan limitdan tashqari) 80 so‘m
Xalqaro SMSlar 505,2 so‘m
O‘zbekiston bo‘yicha MMSlar 210,5 so‘m
Xalqaro MMSlar 1263 so‘m

*Texnik cheklanma – oyiga 45000 daqiqa.
Cheksiz qo‘ng‘iroqlar faqatgina 1 ta abonentga taqdim etilib, “konferens-aloqa” xizmati doirasidagi guruh qo‘ng‘iroqlari uchun amal qilmaydi.

Shuni e’tiborga olishingizni so‘raymizki, tarif reja shartlarining doirasida Facebook ijtimoiy tarmog‘i, Telegram va Tas-IX uchun taqdim etiluvchi bonus limitlar VPN/boshqa saytlar orqali/ "begona" mobil brauzerlar (masalan, Opera Mini, Chrome v.b.) orqali ulanishda sarflanmaydi.

E’tibor bering!
Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari ma’lum IP-manzillar va protokollar doirasida o‘z xizmatlarini taqdim etishadi. Ucell aynan o‘sha (ro‘yxatga kiritilgan) doiradagi manzillar uchun trafik hajmini ajratadi. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari IP-manzillarini yoki protokollarini o‘zgartirganlari uchun mas’uliyatni Ucell o‘z zimmasiga olmaydi, bu holda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarga va messenjerlarga proksi-server, VPN yoki uchinchi sayt orqali kirishda, trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.

Eslatma
Smartfonlar, standart holatda, mobil trafikni quyidagilarga fon rejimida sarflaydi: tizim va ilovalarni yangilashga; vidjetlar (ob-havo, kalendar va boshqalar) va ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlarini sinxronlashga, hamda analitik-hisoblagichlarga (Google, google-analytics.com , googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net). Ushbu holatlarda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.

Ushbu tarif rejalarida "Shartnomani qayta ro'yxatdan o'tkazish" xizmati amal qilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar

Tarif rejalariga faqat yangidan ulanish yoki shu aksiya doirasida boshqasidan o‘tish mumkin.
  • "A’lo kayfiyat BN", "Active 40 BN", "Active 60 BN" va "Active 90 BN" tarif rejalarida hisob 0 so‘mga tushishi bilan abonent raqami avtomatik tarzda Bloklangan holatga o‘tadi; bu holatda u 30 kungacha turishi mumkin. Agarda bloklangan paytidan keyingi 30 kun mobaynida abonent raqami Faol holatga o‘tkazilmasa, u holda abonent bilan tuzilgan "COSCOM" MChJ XK tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish haqidagi Shartnoma bir tomonlama asosda bekor qilinadi. Bunda, bloklanganidan keyingi birinchi yetti kun davomida abonent bepul kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMSlarni qabul qila oladi.
  • "A’lo kayfiyat BN", "Active 40 BN", "Active 60 BN" va "Active 90 BN" tarif rejalari abonentlari uchun "Raqamni saqlab qolish" xizmati amal qilmaydi.
  • O‘zbekiton Respublikasi hududida pullik xizmatlardan kiruvchi qo‘ng‘iroqlardan tashqari barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar bepul.
  • *Oylik abonent to‘lovi har oyda kalendar oyining 1-sanasiga bog‘lanmagan holda yechiladi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga 24-sanada ulansa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi keyingi oyning 24-sanasida yechiladi. Agar abonent 31-sanada ulangan bo‘lsa, u holda keyingi oylik abonent to‘lovi 30-sanada, fevral oyining 28/29-sanasida, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 31-sanasida yechiladi.
  • Tarif bo‘yicha oylik limitlar faqat joriy davr uchun tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi samarali yechilganidan keyingina belgilanadi. Tarif rejasi doirasidagi oylik/kunlik limitlarning amal qilish muddati – 1 oy. Bu 1 oy tarif rejasiga o‘tilgan/ulanilgan kundan to navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechiladigan kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Oylik va kunlik limitlardan abonentlar faqat Faol holatdagina foydalana oladilar.
    Tarif rejasi doirasidagi limitlarning foydalanilmagan qoldig‘idan yangi davrda foydalanib bo‘lmaydi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga oyning 24-sanasida ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda joriy davr uchun abonent to‘lovi samarali yechilganida tarif doirasidagi limitlardan abonent keyingi oyning 23-sanasigacha foydalana oladi. Agar abonent, masalan, oyning 31-sanasida ulangan bo‘lsa, u holda abonent limitlardan keyingi oyning so‘nggi kunigacha, masalan 29-sanasigacha, fevral oyining 27/28-sanasigacha, agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 30-sanasigacha foydalana oladi.
    Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun tarif rejasi doirasidagi limitlardan foydalanishdan avval oldindan *102# va/yoki *103# USSD-so‘rovlari yordamida daqiqalar, SMS va internet-trafik limitlari belgilanganligini tekshirib olishni tavsiya etamiz. Limitlar belgilanguniga qadar qo‘ng‘iroqlar va internet limitdan tashqari ko‘rsatilgan narxlarda narxlanadi. Belgilangan daqiqalar va internet-trafik limitlarining amal qilish muddatini ham shu so‘rovning o‘zida tekshirish mumkin.
  • *Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilishi hamda oylik limitlarning belgilanishi har oyda soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Tarif rejasiga ulanish yoki o‘tish sanasi oylik abonent to‘lovining yechilish sanasi hisoblanadi. Buning uchun abonent hisobida oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lishi kerak. Agar oylik abonent to‘lovining yechilishi sanasida abonent hisobida oylik abonent to‘lovining yechilishi uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, abonent uchun ulanish sanasidan keyingi 16 kun mobaynida o‘ziga qulay paytda o‘z hisobini to‘ldirish imkoni mavjud. Abonent o‘z hisobini to‘ldirishi bilan oylik abonent to‘lovi to‘liq hajmda yechiladi (kunlik abonent to‘lovi yechilgan kunlar uchun ham) hamda barcha limitlar (oylik abonent to‘lovi doirasida) to‘liq hajmda belgilanib, oylik mudday oxirigacha amalda bo‘ladi. 16-kuni oylik abonent to‘lovining yechilishini tizim faqatgina soat 08:00 gacha amalga oshiradi.
  • 16-kuni oylik abonent to‘lovi yechilishi va limitlar belgilanishi uchun soat 00:00 dan 07:59 gacha bo‘lgan davrda faqatgina bitta urinish amalga oshiriladi va uning yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan. Oylik abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechilishi va tegishli limitlar shu kuni belgilanishi uchun soat 00:00 da hisobingizda oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lishini lozim. Agar oylik abonent to‘lovi yechilishi kerak bo‘lgan paytda hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, hatto abonent hisobi soat 08:00 qadar to‘ldirilsa ham Kompaniya tizimi to‘lovni yechish uchun boshqa urinishni amalga oshirmaydi. Hatto abonent raqamining hisobida oylik abonent to‘lovini yechish uchun mablag‘ yetarli bo‘lsa ham, 16-kuni soat 08:00 dan keyin va oyning oxirigacha oylik abonent to‘lovi yechilmaydi va tarif rejasi bo‘yicha limitlar belgilanmaydi. Agar 16-kuni abonent hisobidan oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, u holda shu kundan boshlab va oylik davrning oxirigacha abonent hisobidan kunlik abonent to‘lovi yechiladi.
  • Agar oylik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida oylik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda abonent hisobidan kunlik abonent to‘lovi yechiladi.
  • **Agar abonent hisobidan joriy davr uchun oylik abonent to‘lovi yechilmagan bo‘lsa, u holda tarif rejalarida kunlik abonent to‘lovining yechilishi va limitlarning belgilanishi har kuni soat 00:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda (yechilish vaqti qat’iy belgilanmagan) amalga oshadi. Agar kunlik abonent to‘lovini yechish paytida abonent hisobida kunlik abonent to‘lovi qiymatidan kam mablag‘ qolgan bo‘lsa, u holda kunlik abonent to‘lovi bir marta to‘liq hajmda yechiladi; bunda abonent hisobi qarzga kiradi va tarifda ko‘zda tutilgan kunlik limitlar to‘liq hajmda taqdim etiladi. Abonent raqami Faol holatga o‘tishi bilan bu kunlik limitlardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Tarif bo‘yicha kunlik limitlar joriy kun uchun tarif bo‘yicha kunlik abonent to‘lovi yechilganidan keyingina belgilanadi.
  • Tarif rejasi bo‘yicha (oylik va kunlik) limitlardan abonentlar bir oyga teng davr mobaynida foydalana oladilar. Tarif rejasi doirasidagi limitlarning foydalanilmagan qoldig‘idan yangi davrda foydalanib bo‘lmaydi. Bir oyga teng davr tarif rejasiga ulanish/o‘tish sanasidan boshlab belgilanadi. Masalan, agar abonent tarif rejasiga oyning 24-sanasida ulangan/o‘tgan bo‘lsa, u holda joriy davr uchun abonent to‘lovi samarali yechilganida tarif doirasidagi limitlardan abonent keyingi oyning 24-sanasigacha (bu kuni emas) foydalana oladi. Agar abonent oyning 31-sanasida ulangan bo‘lsa, u holda abonent limitlardan keyingi oyning so‘nggi kunigacha, masalan 30-sanasigacha (bu kuni emas), fevral oyining 27/28-sanasigacha (bu kuni emas), agarda keyingi oy 31 kunlik bo‘lsa, unda 31-sanasigacha (bu kuni emas) foydalana oladi.
  • Tarif rejasidagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar axborot-ko‘ngilochar xizmatlarga hamda xalqaro yo‘nalishlardagi qo‘ng‘iroqlarga sarflanmaydi.
  • Tarif rejasidagi limitlar doirasida taqdim etilgan daqiqalar, SMSlar va MBlar roumingdagi abonentlar uchun amal qilmaydi.
  • Aksiya bo‘yicha ulangan ushbu tarif rejalari abonentlari uchun "Tarmoq ichida 0" va "VIP" xizmatlari amal qilmaydi.
  • Tungi internet-trafik limitidan faqat soat 01:00 dan 09:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida foydalanish mumkin. Berilgan internet limitining to‘g‘ri narxlanishi uchun, tungi hamda kunduzgi trafiklarning amal qilish vaqtlari almashinish paytlarida (soat 09:00 da va 01:00 da) internetni uzib turishni, shu vaqtlardan sal o‘tgach internetga qayta ulanib foydalana boshlashni tavsiya etamiz.
  • "Istalgan raqam 2.0" doirasidagi tariflarga yangi ulanishda birinchi o‘rinda kunlik abonent to‘lovi yechiladi, oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun abonent oylik abonent to‘lovi yechilishi shartlarini bajarishi lozim.
  •  "Active 40 BN", "Active 60 BN", "Active 90 BN" tarif rejalaridan boshqa tarif rejalariga o‘tishda tungi vaqtga va TAS-IX yo‘nalishiga berilgan limitlardagi MBlar qoldig‘i amal qilmaydi. "A’lo kayfiyat BN" tarif rejasiga o‘tishda oldingi O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga belgilangan daqiqalar tarmoqdan tashqari yo‘nalishlar uchun sarflanadi.
  • "Active 40 BN", "Active 60 BN", "Active 90 BN" tarif rejalaridan "Oddiy" tarif rejasiga o‘tishda oldingi Telegram ilovasi uchun belgilangan internet-trafik TAS-IX yo‘nalishi uchun sarflanadi. Umumiy hisobdagi internet-trafik tarif rejasi almashgan sutkaning oxirigacha amal qiladi. Keyingi sutkadan boshlab oldingi trafik bekor qilinadi, yangisi esa yangi tanlangan tarif rejasi shartlariga muvofiq kunlik asosda taqdim etiladi. Internet-trafikni sarflashdan oldin belgilangan bonuslarni *102# USSD-so‘rovi yordamida tekshirib olishingizni so‘raymiz.
  • TAS-IX hududidagi saytlardan yuklangan torrent fayllar (yuklangan fayllar, torrent protokollari, bittorrent) uchun, TAS-IX uchun ajratilgan internet-trafik emas, balki tarif doirasida belgilangan trafik sarf etiladi.
  • TAS-IX hududiga kiruvchi IP-manzillar ro‘yxatini bu yerdan ko‘chirib olish mumkin. Agar TAS-IX hududida, deb hisoblangan sayt yuqorida ko‘rsatilgan IP-manzillar doirasiga kirmasa, unga sarflangan trafik uchun mas’uliyatni Kompaniya o‘z zimmasiga olmaydi.
  • Internet xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlarga mablag‘larni rezervatsiya qilish tizimi va 4G tarmog‘ining ishlash xususiyati haqida qo‘shimcha ma’lumot bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz. 
Aksiya shartlari
Chiroyli raqam toifasi Aksiya bo‘yicha tarif rejasi Aksiya bo‘yicha tarif rejasi uchun abonent to‘lovining muvaffaqiyatli yechilishlari soni*
"Bronze" "A’lo kayfiyat BN" 90 kun
"Silver" "Active 40 BN" 90 kun
"Gold" "Active 60 BN" 180 kun
"Platinum" 360 kun
"VIP" "Active 90 BN" 450 kun

*Jadvalda ko‘rsatilgan miqdordagi kunlar mobaynida abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechilganidan so‘ng, abonent "Oddiy" tarif rejasiga o‘tishi mumkin. Oylik abonent to‘lovini yechishda abonentga to‘lov 30 kun uchun hisoblanadi. Ruxsat etilgan ("Oddiy") tarif rejasiga o‘tish uchun *140# terish kerak. Tarifni faqat maxsus *140# USSD-so‘rovi orqaligina almashtirish mumkin. Muvaffaqiyatli yechilgan abonent to‘lovlarini tekshirish uchun ham *140# terishingiz mumkin.

Ushbu tarif rejalarida "Shartnomani qayta ro'yxatdan o'tkazish" xizmati amal qilmaydi.

Ushbu tarif rejalarida "Shartnomani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish" xizmati amal qilmaydi.

Aksiya ishtirokchisi bo‘lgan abonentlar biriktirilgan tarif rejalarini aksiya doirasidagi boshqa biriga *140# USSD-so‘rovi yordamida almashtirishlari mumkin.
  • "Bronze" toifasidagi chiroyli raqamni ulatgan abonentlar mustaqil tarzda o‘z tarif rejalarini "Active 40 BN", "Active 60 BN" va "Active 90 BN"ga almashtirishlari, yoki mazkur tarif rejalaridan "A’lo kayfiyat BN"ga qaytishlari mumkin.
  • "Silver" toifasidagi chiroyli raqamni ulatgan abonentlar mustaqil tarzda o‘z tarif rejalarini "Active 60 BN" va "Active 90 BN"ga almashtirishlari, yoki mazkur tarif rejalaridan "Active 40 BN"ga qaytishlari mumkin.
  • "Gold" toifasidagi chiroyli raqamni ulatgan abonentlar mustaqil tarzda o‘z tarif rejalarini "Active 90 BN"ga almashtirishlari, yoki mazkur tarif rejasidan "Active 60 BN"ga qaytishlari mumkin.
  • "VIP" toifasidagi chiroyli raqamni ulatgan abonentlar bunday imkoniyatdan foydalana olmaydilar.
Shuni ta’kidlash muhimki, aksiya doirasida tarif rejasini almashtirish aksiya bo‘yicha tarif rejasi uchun abonent to‘lovining muvaffaqiyatli yechilishlarining majburiy soniga ta’sir etmaydi, bu shartlar faqat chiroyli raqamning toifasigagina bog‘liq.

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.