Ma’lumotlar
Ma’lumotlarning maxfiyligi bilan bog‘liq Mijoz huquqi

Ma’lumotlarning maxfiyligi bilan bog‘liq Mijoz huquqi


Maxfiylik bo‘yicha Ucell bildirishnomasi

"COSCOM" MCHJ XK, Ucell SB (keyin matnda – Ucell deb ataladi) sifatida biz maxfiylikni saqlash abonentlarimiz uchun muhim ekanini tan olamiz hamda abonentlarimizning maxfiyligini hurmat qilish va himoya qilishni o‘z burchimiz deb bilamiz. Abonentlarimiz bizga o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini ishonib topshiradilar va biz bu ishonchni har kuni oqlash uchun mas’uliyatni o‘z bo‘ynimizga olamiz.
Biz ushbu Maxfiylik bo‘yicha bildirishnomani quyidagilarni amalga oshirish uchun yaratdik:
  • Ucell sizning maxfiyligingizni himoya va hurmat qilishga hozirligi va mas’uliyatini namoyish etish;
  • Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday yig‘ishimizni, ulardan qanday foydalanishimizni va himoyasini qanday ta’minlashimizni tushuntirib berish;
  • Sizga ma’lumotlaringiz qanday yig‘ilishi va foydalanilishini, shuningdek, bu borada qanday haq-huquqqa ega ekaningizni tushunishingizga yordam berish.
Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashda biz O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy-huquqiy aktlari hamda vakolatli davlat organlarining yo‘riqnomalari (Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”, “Aloqa to‘g‘risida”, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonunlari, Adliya vazirligi tomonidan 1900-raqam ostida ro‘yxatga olingan “Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”, Maxfiy axborotlar sirasiga kiritilgan ma’lumotlar ro‘yxati (O‘zR VMning 07.11.2011dagi 296-sonli qaroriga 2-ilova)) talablariga rioya qilamiz.

Ushbu Maxfiylik bildirishnomasi siz Ucell xizmatlaridan foydalanganingizda, shuningdek bizning veb-saytimizga kirganingizda qo‘llaniladi. Ushbu Maxfiylik bildirishnomasi siz Ucell tarmog‘i va xizmatlari orqali boshqa kompaniyalar veb-saytlari va xizmatlaridan foydalangan taqdirda ham, ularga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Atamalar
Tafsilotlarga o‘tishdan oldin biz ushbu Bildirishnomada ishlatilgan atamalar izohini keltirishni foydali, deb hisoblaymiz.
  • Anonimlashtirilgan ma’lumotlar – bu, shaxsni aniqlovchi elementlar shaxsiy ma’lumotlar to‘plamidan o‘chirib tashlanganligi sababli ortiq muayyan bir abonentga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlardir.
  • Abonent – jismoniy yoki yuridik shaxs bo‘lib, u Ucell bilan uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish haqidagi shartnomani (keyingi o‘rinlarda Shartnoma deb yuritiladi) tuzish orqali Ucell xizmatlarini yoqtiradi, sotib oladi va foydalanadi. Ucell bilan Shartnoma tuzgan abonent, o‘z Shartnomasi bo‘yicha Ucell xizmatlaridan foydalanadigan barcha foydalanuvchilar (Ucell bilan uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish haqidagi shartnomani tuzmagan, ammo Ucell xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar, masalan oila a’zolari, do‘stlar, yuridik shaxs xodimlari va h.k.) ushbu Bildirishnomani tushunishlari va undagi ma’lumotlarga rozilik bildirishlari bo‘yicha mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oladi.
  • Joylashgan yer haqida ma’lumotlar – Ucell elektron aloqa tarmoqlarida qayta ishlanadigan har qanday axborotlar bo‘lib, erkin aloqa xizmati foydalanuvchisi qurilmasining geografik joylashuvini ko‘rsatadi. Masalan, qurilma muayyan mobil aloqa baza stansiyasining xizmat hududida ekanligi to‘g‘risidagi axborot joylashgan yer haqidagi ma’lumot hisoblanadi.
  • Shaxsiy ma’lumotlar – bu sizga jismoniy shaxs o‘laroq bevosita yoki bilvosita taalluqli bo‘lgan har qanday ma’lumotdir. Biz qayta ishlaydigan shaxsiy ma’lumotlar turlari ushbu Bildirishnomada quyida batafsil keltirilgan.
  • Abonent haqidagi maxfiy ma’lumotlar abonent raqamlari, to‘lovlar haqida ma’lumotlar, to‘lanishi kerak bo‘lgan hisoblar va h.k. kabi ham shaxsiy ma’lumotlarni, hamda yuridik shaxs haqidagi boshqa maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
  • Xizmatlar – Ucell tarafidan taklif etiladigan barcha mahsulot va xizmatlar bo‘lib, onlayn rejimda va tarmoqdan tashqarida taqdim etiladi.
  • Trafik haqidagi ma’lumotlar deganda elektron kommunikasiyalar tarmoqlari orqali aloqani o‘rnatish maqsadida yoki aloqa xizmatlari uchun hisob-kitob qilish uchun foydalaniladigan yoki qayta ishlanadigan har qanday ma’lumotlar nazarda tutiladi. Aloqa xizmatlaridan foydalanganda yaratiladigan ma’lumotlar, masalan, abonentler va tomonlar o‘rtasida qo‘llaniladigan so‘ng nuqtadagi qurilmalar, aloqa boshlangan va tugatilgan vaqt, aloqa davomiyligi va yo‘nalishi, ma’lumotlarni uzatish protokoli, uzatilgan ma’lumotlar hajmi, abonent yoki muayyan mobil aloqa baza stansiyasining xizmat hududidagi terminal qurilma joylashgan nuqta, yoki boshqa bir qancha joylashuv parametrlari, kommunikasiya tarmog‘idagi ma’lumotlar formati va kommunikasiya tarmog‘ida xabarlarni jo‘natish, tarqatish yoki taqdim etish jarayonida qayta ishlanadigan shu kabi boshqa axborotlardan iborat bo‘ladi. Agar trafik haqidagi ma’lumotlar bevosita yoki bilvosita sizga jismoniy shaxs o‘laroq taalluqli bo‘lsa, ular ham shaxsiy ma’lumotlar sifatida baholanadi.
Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday to‘playmiz?
Ucell keng ko‘lamdagi xizmatlarni taqdim etadi. Siz haqingizda biz to‘playdigan ma’lumot siz foydalanadigan, yoqtiradigan yoki sotib oladigan xizmat turiga va siz biror xizmatimizga obuna bo‘lganda taqdim etadigan axborotlarga bog‘liq.
Biz quyidagi ko‘rinishdagi ma’lumotlarni to‘playmiz:
  • Siz ma’lumotni biz bilan bog‘langanda yoki biz bilan shartnoma tuzganda taqdim etasiz, masalan bizning xizmatga obuna bo‘lganda yoki sotib olganda, yoki bizga ma’lumot so‘rab murojaat qilganda taqdim etasiz.
  • Ma’lumotlar siz xizmatdan foydalanganda shakllanadi, masalan siz bizning tarmoqdan yoki boshqa xizmatlarimizdan foydalanganda (telefon orqali qo‘ng‘iroq qilganda, elektron pochta orqali xat jo‘natganda yoki veb-saytga kirganingizda).
  • Biz boshqa manbaalardan olamiz, masalan boshqa xizmat ko‘rsatuvchilar yoki ochiq ma’lumotlar bazasidan.
    Biz ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining telekommunikasiyalar sohasidagi talablari asosida to‘playmiz va shu sabab, agar shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etmasangiz, sizga xizmatlarimizni taqdim eta olmasligimiz mumkin.
Biz siz haqda qanday shaxsiy ma’lumotlarni to‘playmiz?
Biz quyidagi toifalarga mansub shaxsiy ma’lumotlarni to‘playmiz:
  • Ism-sharif, pasport ma’lumotlari va kontaktlar haqidagi asosiy axborotlar;
  • Demografik ma’lumotlar: yosh, tug‘ilgan vaqt, jins va aloqa tili kabilar;
  • Abonent bilan o‘zaro aloqani talab etadigan ma’lumotlar: xizmatlar va buyurtmalar haqidagi ma’lumot, hisoblar, avanslar, to‘lovlar, marketing ta’qiqlari va ruxsatlari, abonentlarning kontakt ma’lumotlari va ularga tegishli yozuvlar, masalan, bizning ma’lumot berish xizmatimizga qo‘ng‘iroqlar;
  • Aloqa xizmatidan foydalanganda shakllantirilgan ma’lumotlar, masalan trafik, qo‘ng‘iroqlar va SMSlar haqidagi ma’lumotlar, aloqa seansi qatnashchilari haqida ma’lumot, ulanish davomiyligi, ma’lumot uzatish protokollari, joylashuv nuqtasi va foydalanilgan qurilmalar haqida ma’lumotlar;
  • Xizmatlardan foydalanish borasidagi boshqa ma’lumotlar: mobil qurilmalar orqali internetdan foydalanganda yoki internetda ma’lumot qidirish va ko‘rish natijasi o‘laroq cookie-fayllar va shu kabi texnologiyalar  yordamida to‘plangan axborotlar;
  • Sizning ruxsatingiz asosida to‘planadigan va ruxsat so‘ralgan vaqtda batafsil aniqlanadigan boshqa ma’lumotlar.
Biz shaxsiy ma’lumotlaringizdan qanday foydalanamiz?
Ucell ish maqsadlari uchun, abonentlarga samarali xizmat ko‘rsatish uchun va tegishli savdo faoliyati uchun zarur hisoblangan shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdi, qayta ishlaydi va foydalanadi, jumladan anonym ma’lumotlarni ham qayta ishlaydi.
Biz shaxsiy ma’lumotlaringizni ruxsatingiz asosida to‘playmiz, ammo ularni qayta ishlash qonun talablariga yoki biz xizmatlarimizni taqdim eta olishimiz uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlash zaruriyatiga asoslangan.

Ucell sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni quyidagi maqsadlar uchun qayta ishlaydi:
  • Xizmatlarni taqdim etish: Biz shaxsiy ma’lumotlarni sizga xizmat ko‘rsatish uchun qayta ishlaymiz. Masalan, sizning axborotlaringiz sizga aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun, ya’ni qabul qilib oluvchiga qo‘ng‘iroqlaringiz, xabarlaringiz yoki elektron xatlaringizni yetkazish uchun qayta ishlanadi. Undan tashqari, xizmat ko‘rsatish bizdan abonentlarni shaxsini aniqlash, buyurtmalarni qayta ishlash va yetkazish, xizmat haqlarini talab qilish, debitorlik qarzdorligini nazorat qilish, qarzlarni undirish, xatolarni tuzatish yoki shikoyatlar bilan ishlash uchun shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashni talab etadi. Biz xizmatlarimizga taalluqli bildirishnomalarni jo‘natganda va abonentlar bilan xizmatlarimiz bo‘yicha savollar tug‘ilib, ular bilan bog‘lanish zarur bo‘lganda aloqa xizmatlari tarixida qayd etilgan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanamiz.
  • Rivojlanish va tahlil: Biz shaxsiy ma’lumotlarni Ucellning rivojlanish va biznesni boshqarish, xizmatlarimiz bilan bog‘liq ichki maqsadlari uchun qayta ishlaymiz. Biz, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni sizning abonent sifatidagi talablaringizni yaxshiroq tushunish uchun qayta ishlaymiz. Biz trafik haqidagi ma’lumotlarni aloqa sifatini yaxshilash uchun qayta ishashimiz mumkin, masalan aloqa tarmoqlari ishini optimizatsiya qilish uchun. Biz yangi xizmatlarni joriy qilish yoki tahlil bilan bog‘liq boshqa maqsadlarda statistik ma’lumotlarni yig‘ishimiz mumkin. Biz o‘z abonentlarimizni taqdim etilgan hisoblarga ko‘ra, ishlatilgan trafik hajmi va o‘zaro aloqalarimiz tarixiga yoki turli xil abonentlar guruhlari qanday xizmatlardan foydalanishi yoki abonent yoshi bilan yashash joyi xizmatlardan foydalanishga qanday ta’sir o‘tkazishi borasidagi tashqi klassifikatorlarga asoslanib guruhlarga ajratishimiz mumkin.
  • Sotuvlar va marketing: Biz amaldagi qonunchilikka asoslanib marketing maqsadlarida ham anonym, ham shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlaymiz va foydalanamiz. Biz shaxsiy ma’lumotlarni alohida yondashuvli xizmatlarni taqdim etish uchun qayta ishlashimiz mumkin, masalan tavsiyalar berganda hamda o‘z xizmatlarimiz va xizmat ko‘rsatish kanallarimizdagi maqsadli kontentni taqdim etganda. Biz shaxsiy ma’lumotlardan marketing sohasiga tegishli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari doirasida foydalanamiz, jumladan, ham o‘z xizmat va mahsulotlarimiz, hamda sheriklarimizning xizmat va mahsulotlarida, bevosita marketing maqsadlarida, marketing tadqiqotlarida va abonentlarning qoniqish darajasini aniqlash uchun so‘rovnomalar uchun foydalanamiz.
  • Axborot xavfsizligi va xizmatlardan noqonuniy foydalanish: Biz shaxsiy ma’lumotlarni va trafik haqidagi axborotlarni barcha xizmatlarimiz va aloqa tarmoqlarimiz xavfsizligini ta’minlash uchun qayta ishlashimiz mumkin. Biz, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni xizmatlardan noto‘g‘ri foydalanish yoki firibgarlik holatlarining oldini olish uchun qayta ishlashimiz mumkin, ya’ni bu holatda pulli aloqa xizmatlaridan bepul foydalanilishi mumkin.
  • Qonun talablariga amal qilish: Biz shaxsiy ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi oldidagi majburiyatlarimizni bajarish uchun qayta ishlaymiz, ya’ni moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish va tegishli ma’lumotlarni davlat organlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talab etgan holatlarda taqdim etish uchun qayta ishlaymiz. 
  • Sizning ruxsatingizni olishdagi boshqa maqsadlar: Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni siz ruxsat bergan taqdirda, boshqa har qanday maqsadlarda qayta ishlashimiz mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha holatlarda biz shaxsiy ma’lumotlar va trafik haqidagi axborotlarni faqat xizmat ko‘rsatish doirasida, sizning maxfiyligingizni ta’minlashni hisobga olgan holda qayta ishlaymiz. Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz Ucell tomonidan faqatgina to‘plashga sabab bo‘lgan maqsadlarga erishish uchun zarur doiradan chiqmagan holda foydalaniladi. Biz to‘plangan ma’lumotlarni turli xizmatlar ma’lumotlari bilan birlashtirishimiz mumkin, agar ushbu barcha ma’lumotlar mushtarak maqsadlar uchun to‘plangan bo‘lsa. Biz hech qachon shaxsiy ma’lumotlarni dastlabki maqsadga zid uslublarda va boshqa maqsadlarga erishish uchun qayta ishlamaymiz.

Biz sizning ma’lumotlaringizni qanday himoya qilamiz?
Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish – bizning muhimligi bo‘yicha birlamchi vazifamizdir.
Ucell o‘z abonentlari manfaatlarini himoya qilish ustida muntazam ishlaydi. Bizning xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tadbirlarimiz xodimlar, ma’lumotlar, IT-infratuzilmasi, ichki va tashqi tarmoqlar, shuningdek ofis binolari va texnik qurilmalar xavfsizligini o‘z ichiga oladi.
Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha bizning harakatlarimiz ma’lumotlarni oshkor qilish, biznes qiymati, ochiq texnologiyalar, nuqsonlar va tahdidlar xatarlarining muvozanatini ta’minlash va shu tariqa O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va shartnomaviy majburiyatlarga amal qilishga qaratilgan.
Axborot xavfsizligi va abonentlar ma’lumotlarini himoya qilish biz uchun ustuvor maqsadlardan biri hisoblanadi. Biz kerakli axborot himoyasini ta’minlashga, shaxsiy ma’lumotlarni vakolati bo‘lmagan shaxslarga oshkor etilishi holatlarining oldini olish va aniqlashga imkon beradigan xavfsizlik choralarini joriy etish ustida ishlamoqdamiz. 

Sizning ma’lumotlaringizni kim bilan o‘rtoqlashamiz?
Biz sizning ma’lumotlarni quyidagilar bilan o‘rtoqlashamiz:
  • Pudratchilar (“Ma’lumotlarni qayta ishlovchilar”)1 – Ucell uchun ishlaydigan va Ma’lumotlar nazoratchisi2 bo‘lgan Ucell nomidan sizning ma’lumotlaringizni qayta ishlaydigan tashkilotlar. Ushbu uchinchi taraflar shaxsiy ma’lumotlarni Ucell bilan kelishilgan va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadlardan tashqari hech qanday maqsadda foydala olmaydilar. Pudratchilar bilan ishlashda biz pudratchilarimiz ham o‘z faoliyatlarini berilgan lisenziya, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ushbu bildirishnoma asosida amalga oshirishlarini ta’minlash uchun kerakli choralarni ko‘ramiz.
    O‘z xizmatlarini taqdim etuvchi ma’lumotlarni qayta ishlovchilar O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan bo‘lishi mumkin. Biz agar sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni shu kabi Ma’lumotlarni qayta ishlovchilarga taqdim qilsak, biz sizning maxfiyligingiz himoya qilinishiga bo‘lgan haqqingizni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan barcha kerakli choralarni ko‘ramiz.
  • Boshqa telekommunikasiya operatorlari yoki xizmat ko‘rsatuvchilar – sizga xizmat ko‘rsatuvchi va xizmat ko‘rsatishda ishtirok etuvchi tomonlar bo‘lib, ular tarifikatsiya qilish yoki xato va buzilishlarni aniqlashda qatnashadilar.
    Siz bizning tarmoqni tark etib, boshqa aloqa operatorlari tomonidan taqdim etiladigan mobil roumingdan foydalanganda (ya’ni chet elda yurganda), bu kabi operatorlar sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlab ulardan foydalanishlari mumkin va Ucelldan shu kabi ma’lumotlarni olishlari mumkin. Biz sizga shu kabi operatorlarning maxfiylik qonun-qoidalari bilan tanishib chiqishingizni maslahat beramiz.
  • Sizning roziligingiz mavjud holatdagi boshqa tomonlar, masalan ma’lum bir xizmatdan foydalanish uchun olish kerak bo‘lgan rozilik.
    Biz, shuningdek, sizning ma’lumotlaringizni quyidagilarga taqdim etishimiz mumkin:
  • Sud ishi bo‘yicha so‘rovga javoban yoki vakolatli davlat organlari talabiga asosan, bu O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini bajarish yoki sud hukmini bajarish uchun yoxud sud jarayoni yoki boshqa yuridik amaliyotlarni bajarishda talab etiladi.
  • Abonent talabiga ko‘ra – masalan, abonentlarga batafsil hisoblarni taqdim etishda.
  • Qayta tashkil etilish sababli, masalan, birlashish, sotib olish, Ucell aktivlarini sotish yoki xizmatni boshqa kompaniyaga o‘tkazish.
Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qancha vaqt saqlaymiz?
Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni ushbu Maxfiylik bildirishnomasida ko‘rsatilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun talab etilgan muddat davomida saqlaymiz, lekin uzoqroq muddat davomida saqlash O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan talab yoki ruxsat etilgan holatlar bundan mustasno. Anonimlashtirilgan ma’lumotlarni saqlash muddati shu kabi cheklov yoki talablar tomonidan idora etilmaydi.
Biz keraksiz yoki ahamiyatsiz bo‘lgan ma’lumotlarni saqlashni va abonentlar haqidagi shaxsiy va boshqa ma’lumotlarning ahamiyatli va aniq ekanini ta’minlashni maqsad qilmaganmiz.

Biz cookie-fayllar (identifikatsiyon fayllar)dan qanday foydalanamiz?
Boshqa ko‘pgina veb-saytlar kabi bizning veb-sayt ham cookie-fayllar texnologiyasidan foydalanadi. Cookie-fayllar bizning veb-saytning eng ommabop bo‘limlarini, foydalanuvchilar qaysi sahifalarga ko‘proq kirishlarini va u yerda qancha vaqt qolishlarini aniqlashga yordam beradi. Bu ma’lumotlar, masalan, xizmatlarni yaratish va tahlil qilish hamda saytda Ucell va bizning hamkorlar tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar uchun maqsadli reklama yaratishda ishlatiladi.
Ucell saytida uchinchi tomonlarning veb-saytlariga, mahsulotlariga va xizmatlariga, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarga (masalan, Facebook) havolalar bo‘lishi mumkin. Ucell veb-saytidagi uchinchi tomonlarning xizmatlari yoki dasturlari uchinchi tomonlarning maxfiylik qonun-qoidalariga bo‘ysunadi. Biz sizga shu kabi uchinchi tomonlarning maxfiylik qonun-qoidalari bilan tanishib chiqishingizni maslahat beramiz.

Qanday tanlovga va haq-huquqlarga egasiz?
Sizning quyidagilarga haqqingiz bor:
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida aksi nazarda tutilmagan bo‘lsa, siz haqingizda qanday ma’lumotlarni to‘plab saqlashimizni bilish.
  • O‘rinli va aniq shaxsiy ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgandan so‘ng noaniq, noo‘rin yoki zararlangan ma’lumotlarni to‘g‘rilashni yoki o‘chirib tashlashni talab qilish.
  • Bevosita marketing yoki marketing tadqiqotlari va so‘rovnomalari maqsadida shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishga rozilik bildirish yoki rad etish.
  • O‘zingiz bildirgan har qanday rozilikdan voz kechish. Agar siz oldinroq bergan rozilikdan voz kechishga qaror qilsangiz, biz sizga boshqa xizmat ko‘rsata olmasligimiz ehtimoli mavjud.
Agar siz Ucell harakatlari ushbu Maxfiylik bildirishnomasi yoki maxfiylikni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mos kelmasligidan xavotirda bo‘lsangiz, siz Ucellga shikoyat qilishingiz yoki rasmiy shikoyat bilan O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlariga murojaat etishingiz mumkin.
Ucell mas’uliyatli va barqaror biznes yuritishni o‘zining burchi deb biladi. Agar sizda ushbu Maxfiylik bildirishnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari buzilayotganligi haqida xavotir mavjud bo‘lsa, siz o‘z xavotirlaringiz haqida Speak-Up Line nomli ishonch liniyasiga murojaat qilishingiz mumkin. Ushbu liniya tashqaridan boshqariladigan himoyalangan va maxfiy veb-portal bo‘lib, qoidabuzarliklar haqida xabar berish uchun ishlatiladi.

Ushbu Bildirishnomada o‘zgartirishlar kiritilganini qanday bilish mumkin?
Biz ushbu Bildirishnomaga o‘zgartirish kiritishimiz talab etilishi mumkin, chunki bizning amaliyotlarimiz va xizmatlarimiz tez rivoj olmoqda, va shu sabab biz bizning veb-saytda ushbu Maxfiylik bildirishnomasining so‘nggi nusxasi bilan tanishish uchun veb-saytni doimo tekshirib turishingizni so‘raymiz.

Biz bilan qanday bog‘lanish mumkin?
Biz sizga ushbu Maxfiylik bildirishnomasi bilan bog‘liq savollar yoki sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash bilan bog‘liq har qanday savollar bilan quyidagi manzillardan foydalanib Ucellga murojaat qilishni tavsiya qilamiz:
http://www.ucell.uz/feedback (Murojaat mavzusi – «Shaxsiy ma’lumotlar»)
https://my.ucell.uz/Account/ (Shaxsiy kabinet)
 


1Ma’lumotlarni qayta ishlovchi – alohida vakolatga ega Ma’lumotlar nazoratchisi bilan bog‘liq yuridik shaxs bo‘lib, Ma’lumotlar nazoratchisi nomidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlaydi.
2Ma’lumotlar nazoratchisi – abonentning shaxsiy ma’lumotlariga “ega” bo‘lgan kompaniya bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlari va qurollarini belgilab beradi, hamda odatda abonent bilan shartnomaviy javobgarlik ko‘rinishida bog‘langan bo‘ladi. Ushbu hujjatda Ucell Ma’lumotlar nazoratchisi hisoblanadi.

Murojaat qoldirish

Taklif, murojaat yoki shikoyatingizni qoldiring

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.