Ma’lumotlar
FAQ
Korporativ mijozlarga

Korporativ mijozlarga

FAQ

Postpaid qanday tizim?

Postpaid – bu haqi keyin to‘lanuvchi xizmat tizimi. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov usuli hisoblanib, bunda operator avval abonentga o‘rtada tuzilgan shartnoma doirasida o‘z xizmatini taqdim etadi, so‘ng tariflashtirishni amalga oshirib, to‘lanadigan hisob natijasini chiqaradi. Tariflash va hisob natijasini chiqarish jarayoni reja va tartib asosida kechadi, u odatda shartnomada kelishilgan muddat (bir oy) hisobida amalga oshiriladi. Abonent shartnomada kelishilgan muddat orasida hisoblab berilgan mablag’ni to’lashi lozim, aks holda unga nisbatan shartnomada ko’rsatilgan jarimalar – raqamni bloklash va shartnomani bekor qilishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.
Sizning raqam qaysi to‘lov tizimida amal qilishini bilish uchun *450# raqamiga bepul so‘rov yuboring.


  • Dilerlarda korporativ tarif rejalari bo‘yicha shartnoma tuzsa bo‘ladimi?
    Ha, mumkin, ammo faqat eksklyuziv dilerlarda Prepaid tizimining Best, Special, Smartfon tariflariga yangi raqamlar ulangan holda.
  • Korporativ shartnomani tuzish uchun qaysi hujjatlar kerak bo‘ladi?
    Shartnomani tuzish uchun yuridik shaxs tashkilotning to‘liq rekvizitlari bilan xat-ariza, vakil pasportining nusxasi, tashkilot Guvohnomasining nusxasi va bank rekvizitlari taqdim etishi kerak.
  • Bizning tashkilotimizga ma’lum muddat uchun o‘zaro to‘lovlarni solishtirish dalolatnomasi kerak. Uni olishning imkoniyati bormi?
    Ha, mumkin. O‘zaro to‘lovlarni solishtirish dalolatnomasini olish uchun faks (+998712521000) yoki corporate@ucell.uz orqali Korporativ savdo departamentiga xat bilan murojaat qilishingiz kerak.
  • Aloqa xizmatlari uchun hisobni qancha muddat mobaynida to‘lash lozim?
    Oldindan to‘lov hisoblari istagan paytda to‘lanishlari mumkin. Muntazam (har oygi) hisoblar keyingi oyning 20 sanasigacha amal qiladi. Mijozga aloqa xizmatlarini taqdim etish oldindan to‘lov sharti bilan amalga oshiriladi. Agar Mijozning shaxsiy hisobraqam miqdori kompaniya tomonidan belgilangan o‘chirish chegarasidan pasaygan bo‘lsa, Kompaniya Mijozning hamma raqamlari bo‘yicha aloqa xizmatlarini to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
  • Boshqa yuridik shaxsning nomiga Postpaid raqamlar ro‘yxatga olingan. Mening kompaniyam ushbu tashkilotning xodimlarining telefonlari uchun pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lashga tayyor. Buni qanday bajarsa bo‘ladi?
    Bizning ofisimizda formasini olishingiz mumkin bo‘lgan Shartnoma-Kafillikni rasmiylashtirish lozim.
  • Yuridik shaxslar Ucell abonentlari bo‘la oladilarmi?
    Ha, albatta. Yuridik shaxslarga maxsus tarif rejalar va qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etiladi. Batafsil ma’lumotni "Korporatsiyalarga" bo‘limida olishingiz mumkin.
  • Pul o‘tkazish yo‘li orqali to‘lovlarni amalga oshirish uchun qayerda rekvizitlarni bilsa bo‘ladi?
    Bizning shaxsiy rekvizitlarimizni siz har doim Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmatining ma’lumot bo‘limida quyidagi raqamlar bo‘yicha bilib olishingiz mumkin: 8111, +998931840900, +998933820909.
  • Agar joriy oyda daqiqalar paketi to‘liq ishlatilmagan bo‘lsa, uning qoldig‘i keyingi oyga o‘tkaziladimi?
    Oldindan to‘langan daqiqalar paketlar, SMS-xabarlar yoki GPRS-Internet trafikining qoldig‘i har hisob-kitob davrining oxirida nolga aylantiriladi. Keyingi oyning birinchi sanasida (yangi hisob-kitob davrining boshidan, oyiga bir marta) traifda ko‘zda tutilgan daqiqalar va boshqa xizmatlarning yangi hajmi sizga taqdim etiladi.
  • Men – yakka tartibdagi tadbirkorman. Shartnomani tuzish uchun qaysi hujjatlar kerak bo‘ladi?
    Sizning holatingizda Ucellga ulanish uchun pasport va Yakka tartibdagi ishbilarmonlarning umumiy davlat reyestrida ro‘yxatga olinganligi haqida guvohnoma, bizning Kompaniyaga murojaat xati kerak.

Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.