Abonentlarga xizmat ko‘rsatish

1. Prepaid qanday tizim?

2. Postpaid qanday tizim?

3. Agar men MMS jo‘natgan bo‘lsam va MMS jo‘natilmagan⁄yetkazilmaganligi haqida xabar olsam, mening hisobimdan pul mablag‘i yechiladimi?

4. Men Prepaid tizimining abonentiman. O‘z qo‘ng‘iroqlarim haqidagi batafsil ma’lumotlarni qanday qilib olishim mumkin?

5. Nima uchun MTS abonentiga USSD*125*abonent raqami# so‘rovini jo‘nata olmayman?

6. Men Prepaid tizimining abonenti bo‘la turib, shartnomani qayta rasmiylashtirishim mumkinmi?

7. Men Prepaid tizimining abonentiman. Men o‘z hisobimdan boshqa Ucell abonenti hisobiga pul mablag‘ini o‘tkazishim mumkinmi?

8. Meni telefon apparatimni o‘g‘irlashdi. Nima qilishim kerak?

9. SIM-kartani almashtirish bahosi qancha?

10. Chet eldan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish Markaziga qanday qilib qo‘ng‘iroq qilish mumkin?

11. Ucell sotuv markazlarini manzillari haqida ma’lumotni qayerdan olishim mumkin?

12. Men boshqa shaharga ketishni mo‘ljallamoqdaman. Rouming xizmatini yoqtirish uchun boshqa shaharda joylashgan Ucell sotuv markaziga murojaat qila olamanmi?

13. Ucell sotuv markazlarida O‘zR pasportidan tashqari qaysi hujjatlar asosida xizmatlar ko‘rsatiladi?

14. Men telefon apparatimni yo‘qotdim (albatta SIM-karta bilan birga). Eski telefon raqamimni saqlab qolishim mumkinmi?

15. Agar shartnoma asosida SIM-karta egasi bo‘lmasam, ammo ushbu SIM-kartadan aynan men foydalansamda, men SIM-kartani almashtirishim mumkinmi?

16. Men PIN-kodni uch marotaba noto‘g‘ri kiritdim, hozir esa SIM-kartam blok holatiga tushib qoldi. NIma qilishim kerak? SIM kartaning kodlari berilgan konvert yo‘qolgan. Ushbu ma’lumotlarni tiklash mumkinmi?

17. Men pasportimni almashtirdim.  Yangi pasport ma’lumotlarimni sizga xabar qilishim kerakmi?

18. Men tuzilgan shartnomaning nushasini yo‘qotib qo‘ydim. Shartnoma nushasini tiklash imkoniyati bormi?

19. Qanday qilib o‘z raqamimni boshqa odamga qayta rasmiylashtirishim mumkin? Va buning uchun ofisga kelishim shartmi?

20. Qanday qilib o‘z qo‘ng‘iroqlarim haqidagi batafsil ma’lumotlarni olishim mumkin?

21. Men telefon raqamdan foydalanaman, lekin bu raqam egasimasman. Qo‘ng‘iroqlarim haqidagi batafsil ma’lumotlarni olishim mumkinmi?

22. Men qanday qilib shoshilinch yordam raqamini terishim mumkin?

23. O‘z hisob raqamimdagi pul qoldig‘ini qanday qilib bilsam bo‘ladi?

24. Tez yordamni chaqirish uchun 03 raqamiga uyali telefon apparatidan qo‘ng‘iroq qila olmayapman. Nima qilishim kerak?

25. Ko‘p vaqt davomida o‘z telefonimdan foydalanmadim. Ushbu raqamdan foydalanmaganda, bu raqam qancha vaqt davomida saqlanadi?

26. SIM-kartamni yo‘qatib qo‘ydim. Bu holatda nima qilishim kerak?

27. Mening telefon raqamim to‘lovlarni to‘lamaganligim sababli o‘chirilgan. Qancha vaqt mobaynida mening raqamim saqlanib turadi?

28. Qanday qilib telefon raqamimni o‘zgartirishim mumkin?

29. Boshqa tarmog‘ abonentiga qilinayotgan qo‘ng‘iroq hisobga olinadimi (misol uchun, Fransiyaga) agar shu paytda men tomondan chaqirilayotgan abonentga vaqtinchalik xizmat ko‘rsatilmayotgan bo‘lsa (avtoxabarchi shu haqida xabar berganda). Shu kabi qo‘ng‘iroqlarga qat’iy baho belgilanadimi?

30. Balansimda abonent to’lovini to’lash uchun yetarli miqdordagi mablag’ bo’lmasa, ushbu to’lov yechiladimi? Ushbu holatda tarif rejada tayinlangan daqiqalar belgilanadimi?

1. Prepaid qanday tizim?

Prepaid – bu oldindan to'lanuvchi xizmat tizimi. Ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lov usuli hisoblanib, bunda abonent raqamining o’z hisobiga oldindan kiritgan mablag’i operator xizmatlari (qo’ng’iroqlar, SMS, MMS, Internet va boshqa xizmatlar) uchun sarflanadi. Haqi oldindan to'lanuvchi xizmat tizimi (Prepaid)dan foydalanganda,  ko’rsatilgan xizmatlar uchun mablag’ darhol ushlab qolinadi. Abonent raqami hisobidagi mablag’ miqdori pastlab ketsa ($0), raqam hisob to’ldirilgunga qadar bloklanadi.
Sizning raqam qaysi to'lov tizimida amal qilishini bilish uchun *450# raqamiga bepul so'rov yuboring.

2. Postpaid qanday tizim?

Postpaid – bu haqi keyin to'lanuvchi xizmat tizimi. Ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lov usuli hisoblanib, bunda operator avval abonentga o’rtada tuzilgan shartnoma doirasida o’z xizmatini taqdim etadi, so’ng tariflashtirishni amalga oshirib, to’lanadigan hisob natijasini chiqaradi. Tariflash va hisob natijasini chiqarish jarayoni reja va tartib asosida kechadi, u odatda shartnomada kelishilgan muddat (bir oy) hisobida amalga oshiriladi. Abonent shartnomada kelishilgan muddat orasida hisoblab berilgan mablag’ni to’lashi lozim, aks holda unga nisbatan shartnomada ko’rsatilgan jarimalar – raqamni bloklash va shartnomani bekor qilishgacha bo’lgan choralar ko’riladi.
Sizning raqam qaysi to'lov tizimida amal qilishini bilish uchun *450# raqamiga bepul so'rov yuboring.

3. Agar men MMS jo‘natgan bo‘lsam va MMS jo‘natilmagan ⁄ yetkazilmaganligi haqida xabar olsam, mening hisobimdan pul mablag‘i yechiladimi?

Ha. Xar bir yuborilgan MMS'lar uchun hisobingizdan to‘lov puli yechiladi.

4. Men Prepaid tizimining abonentiman. O‘z qo‘ng‘iroqlarim haqidagi batafsil ma’lumotlarni qanday qilib olishim mumkin?

O‘z qo‘ng‘iroqlaringiz haqidagi batafsil ma’lumotlarni olish uchun siz turgan joyningizdagi Ucell markaziy ofisiga murojaat etishingiz zarur. Qo‘ng‘iroqlar haqidagi batafsil ma’lumotlar faqatgina shartnoma tuzgan mijozga uning pasporti va shartnomani taqdim etgandagina beriladi.

5. Nima uchun MTS abonentiga USSD*125*abonent raqami# so‘rovini jo‘nata olmayman?

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun Siz USSD so’rovini quyidagi formatda jo’natishingiz kerak:

*125*8XXyyyyyyy#z#
yoki
*125*998XXyyyyyyy#z#
yoki
*125*+998XXyyyyyyy#z#

(bu yerda XX – uyali aloqa operatorining kodi, yyyyyyy – oluvchi raqami, z – xabar tili: 1 yoki bo‘sh oraliq = Rus tili*, 2 = O‘zbek tili, 3 = Ingliz tili).

6. Men Prepaid tizimining abonenti bo‘la turib, shartnomani qayta rasmiylashtirishim mumkinmi?

Ha, Prepaid tizimidagi abonentlar uchun shartnomani qayta rasmiylashtirish xizmati taqdim etiladi.

7. Men Prepaid tizimining abonentiman. Men o‘z hisobimdan boshqa Ucell abonenti hisobiga pul mablag‘ini o‘tkazishim mumkinmi?

Ha. Hamma Ucell abonentlari "Mobil yordam" xizmatidan foydalanishi mumkin.

Eslatma: "Mobil yordam" xizmati o‘z hisobingizdan boshqa Ucell abonentlarning hisobiga pul mablag‘larini o‘tkazish va boshqa abonentga pul mablag‘ini o‘tkazish haqida so‘rov jo‘natish imkoniyatini beradi.

8. Meni telefon apparatimni o‘g‘irlashdi. Nima qilishim kerak?

SIM-kartani yoqotgan bo‘lsangiz yoki sizning uyali telefon apparatingiz yoqolgan taqdirda siz Ucell qong‘iroqlarni qabul qilish Markaziga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z raqamingizdan noqonuniy foydalanmasliklari uchun uni blok holatiga tushirib qo‘yishingiz zarur. Hamda, zudlik bilan raqamni blok holatiga tushirish uchun shartnoma egasi shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan yaqin atrofda joylashgan Ucell sotuv markaziga murojaat etishi mumkin.

9. SIM-kartani almashtirish bahosi qancha?

SIM kartalarni Ucell mijozlarga xizmat ko'rsatish va sotuv markazlarida qayta-tiklash mumkin. "SIM-kartani qayta tiklash" xizmati Prepaid tizimi abonentlari uchun $0.5, Postpaid tizimi abonentlari uchun $2ni tashkil etadi. Narxlar QQS bilan ko'rsatilgan.

10. Chet eldan qong‘iroqlarni qabul qilish Markaziga qanday qilib qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Xalqaro rouminga bo‘la turib qong‘iroqlarni qabul qilish Markaziga qo‘ng‘iroq qilish uchun quyidagi raqamlarni terish lozim:

+ (998 – davlat kodi) (93 – operator kodi) (180 00 00)

E’tibor bering, chet elga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun "Xalqaro avtomatik rouming" xizmati yoqilgan bolishi zarur. Ucell qong‘iroqlarni qabul qilish Markaziga rouming xizmatidan foydalanib qo‘ng‘iroq qilinsa, to‘lov rouming-operator tarifi asosida to‘lanadi.

11. Ucell sotuv markazlarini manzillari haqida ma’lumotni qayerdan olishim mumkin?

Ucell sotuv markazlarining manzillari haqida ma’lumotlarni "Qanday qilib bizni topish mumkin" bo‘limida olish mumkin.

12. Men boshqa shaharga ketishni mo‘ljallamoqdaman. Rouming xizmatini yoqtirish uchun boshqa shaharda joylashgan Ucell sotuv markaziga murojaat qila olamanmi?

Ha. Siz boshqa shaharda joylashgan Ucell sotuv markazlariga murojaat etgan holda, "Xalqaro avtomatik rouming" xizmatini yoqtirishingiz mumkin.

13. Ucell sotuv markazlarida O‘zR pasportidan tashqari qaysi hujjatlar asosida xizmatlar ko‘rsatiladi?

Ucell sotuv markazlarida horijiy pasport yoki haydovchilik guvohnoma asosida xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud. Shu yerda e’tibor bering, yuqorida ko‘rsatilib o‘tilgan hujjatlar asosida ba’zi xizmatlar ko‘rsatilmaydi (masalan, egasini almashtirish). Horijiy passport yoki haydovchilik guvohnomasi asosida taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yhati haqida to‘liq ma’lumotni qong‘iroqlarni qabul qilish Markazida aniqlab olish mumkin.

14. Men telefon apparatimni yo‘qotdim (albatta SIM-karta bilan birga). Eski telefon raqamimni saqlab qolishim mumkinmi?

O‘z raqamingizni tiklash uchun Ucell xizmat ko‘rsatish Markaziga kelish va "SIM-kartani almashtirish" xizmatidan foydalanish lozim. Shu o‘rinda raqam saqlanib qolinadi. Mijoz o‘zi bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat olib kelishi kerak. Ushbu xizmat pullik.

Vaqtinchalik raqamni blok holatiga tushirish uchun Siz tun va kun davomida ishlaydigan Ucell ma’lumotnoma xizmatiga quyidagi raqamlar orqali murojaat etishingiz mumkin (+99893) 180 00 00, 181 0000.

15. Agar shartnoma asosida SIM-karta egasi bo‘lmasam, ammo ushbu SIM-kartadan aynan men foydalansamda, men SIM-kartani almashtirishim mumkinmi?

Siz SIM-kartani tiklay olmaysiz, chunki siz ushbu SIM-karta egasi hisoblanmaysiz. Xizmatlar shartnoma tuzgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan shaxsga ko‘rsatiladi.

16. Men PIN-kodni uch marotaba noto‘g’ri kiritdim, hozir esa SIM-kartam blok holatiga tushib qoldi. Nima qilishim kerak? SIM-kartaning kodlari berilgan konvert yo‘qolgan. Ushbu ma’lumotlarni tiklash mumkinmi?

Ha. PIN-kodni tiklash uchun xizmat ko‘rsatuvchi Markazga yoningizda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar (masalan, pasport (Postpaid va Prepaid tizimidagi abonentlar uchun) yoki haydovchilik guvohnomasi (faqatgina Postpaid abonentlar uchun) bilan murojaat etishi lozim. Ma’lumotlar faqatgina telefon raqam egasiga taqdim etiladi.

17. Men pasportimni almashtirdim. Yangi pasport ma’lumotlarimni sizga xabar qilishim kerakmi?

Ha. Har qanday ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilganda Kompaniyani xabardor qilish lozim.

18. Men tuzilgan shartnomaning nushasini yo‘qotib qo‘ydim. Shartnoma nushasini tiklash imkoniyati bormi?

Shartnomani tiklash uchun Siz yoningizda o‘z pasportingizga ega bo‘lgan holda xizmat ko‘rsatish Markaziga murojaat etishingiz lozim.

19. Qanday qilib o‘z raqamimni boshqa odamga qayta rasmiylashtirishim mumkin? Va buning uchun ofisga kelishim shartmi?

Boshqa shaxsga telefon raqamimdan foydalish huquqini berish uchun, ya‘ni raqamni boshqa abonentga qayta rasmiylashtirish uchun shartnoma egasi va qabul qiluvchi tomon yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan (O‘zR fuqorosining pasporti) hamda boshqa shaxsga rasmiylashtirilayotgan hamma hisob raqamlarida hech qanday qarzsiz Ucell sotuv markaziga kelishi lozim. Xizmat bahosi – $ 3.

20. Qanday qilib o‘z qo‘ng‘iroqlarim haqidagi batafsil ma’lumotlarni olishim mumkin?

Quyida keltirilgan usullardan foydalangan holda, siz o‘zingiz hohlagan vaqt mobayni uchun hisobingiz haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin:

  • Siz albatta Kompaniyaning Xizmat – Markaziga o‘zingiz kelishingiz lozim. O‘zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatga (masalan, pasport yoki haydovchilik guvohnoma) ega bo‘lishingiz lozim. O‘z qo‘ng‘iroqlaringiz haqidagi batafsil ma’lumotlarni olish uchun yoki "Elektron manzil orqali qo‘ng‘iroqlar haqidagi batafsil ma’lumotlarni taqdim etish" xizmatini (ushbu xizmat faqatgina Postpaid abonentlari uchungina taqdim etiladi) yoqtirish.
  • Shaxsiy kabinetdan foydalangan holda.

21. Men telefon raqamdan foydalanaman, lekin bu raqam egasimasman. Qo‘ng‘iroqlarim haqidagi batafsil ma’lumotlarni olishim mumkinmi?

Yo‘q. Ushbu xizmat faqatgina shartnoma tuzgan shaxsga shaxsini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatilgandagina tadqim etiladi.

22. Men qanday qilib shoshilinch yordam raqamini terishim mumkin?

Uyali telefon apparatingizdan 112 raqamini terishingiz lozim. Radio to‘lqin tarmog‘ida siz qutqaruv Xizmati operatori bilan bog‘lanasiz. Qo‘ng‘iroq bepul bo‘lib, SIM-karta blok holatida ham va telefon appratida SIM-karta mavjud bo‘lmagan taqdirda ham, qo‘ng‘iroqni amalga oshirish mumkin.

23. O‘z hisob raqamimdagi pul qoldig‘ini qanday qilib bilsam bo‘ladi?

Quyidagi usullardan foydalangan holda, o‘z hisob raqamingizdagi qoldig‘ni tekshirishingiz mumkin:

  • O‘z uyali telefon apparatingizdan *100# buyruqni tering (faqat Prepaid abonentlari uchun) yoki *110# buyruqni (faqat Postpaid abonentlari uchun);
  • Ucell qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish Markaziga 8123 raqami orqali murojaat eting.

24. Tez yordamni chaqirish uchun 03 raqamiga uyali telefon apparatidan qo‘ng‘iroq qila olmayapman. Nima qilishim kerak?

Uyali aloqa telefonlarining ko‘p turlari ikki honali 01,02,03,04 raqamlarni terish imkoniyatini bermaydi, shuning uchun favqulodda yordam xizmatining raqamlarini quyidagi yollar bilan terish tavfsiya etiladi:

  • 010 – Yong‘in havfsizligi xizmati
  • 020 – Militsiya
  • 030 – Tez yordam
  • 040 – Gaz havfsizligi xizmati

Favqulodda yordam xizmatlariga qo‘ng‘iroq bepul va hatto salbiy balans holatida ham amalga oshirish imkoniyati bor.

25. Ko‘p vaqt davomida o‘z telefonimdan foydalanmadim. Ushbu raqamdan foydalanmaganda, bu raqam qancha vaqt davomida saqlanadi?

Telefon raqamning hisobida pul mablag‘i o‘zgargan vaqtdan boshlab yoki hisobida pul mablag‘i tugagan davrdan boshlab raqam 180 kun davomida saqlanadi.

26. SIM-kartamni yo‘qatib qo‘ydim. Bu holatda nima qilishim kera

SIM-karta yoki sizning uyali telefoningiz yo‘qotilganda Siz Ucell qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish Markaziga qo‘ng‘iroq qilib, sizning telefon raqamingizdan noqonuniy foydalanishmasligi uchun blok holatiga tushirishingiz zarur. Hamda, raqamni tezkor blok holatiga tushirish uchun shartnoma egasi shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan yaqin atrofda joylashgan Ucell sotuv markaziga murojaat etishi mumkin.

27. Mening telefon raqamim to‘lovlarni to‘lamaganligim sababli o‘chirilgan. Qancha vaqt mobaynida mening raqamim saqlanib turadi?

Xizmatlar to‘htatilgan davrdan boshlab 180 kun davomida raqam saqlanib turadi. Xizmatlar to‘htatilgandan keyin 181 – kunida Kompaniya shartnomani bekor qiladi.

28. Qanday qilib telefon raqamimni o‘zgartirishim mumkin?

Mavjud raqamni faqatgina Ucell xizmatlar ko‘rsatish Markazida almashtirish mumkin.

Agar telefon raqam jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsa, yoningizda pasport yoki haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishingiz lozim.

Yuridik shaxs nomiga rasmiylashtirilgan raqamni o‘zgartirish uchun korxona muhri bilan tasdiqlangan hat – faks jo’natish lozim. Hatda o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan telefon raqamlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

29. Boshqa tarmog‘ abonentiga qilinayotgan qo‘ng‘iroq hisobga olinadimi (misol uchun, Fransiyaga) agar shu paytda men tomondan chaqirilayotgan abonentga vaqtinchalik xizmat ko‘rsatilmayotgan bo‘lsa (avtoxabarchi shu haqida xabar berganda). Shu kabi qo‘ng‘iroqlarga qat’iy baho belgilanadimi?

Qo‘ng‘iroq chaqirilayotgan tarmog‘ avtoxabarchisi B-javob xabarini berganda (muvaffaqiyat bilan chaqiruv qo‘ng‘irog’i ulanganligini tasdiqlovchi xizmat xabari) tariflanadi. Bundan tashqari, ushbu xabar qo‘ng‘iroq yo‘naltirilgan tranzit tarmog‘larni ham yuzaga keltiradi.

30. Balansimda abonent to’lovini to’lash uchun yetarli miqdordagi mablag’ bo’lmasa, ushbu to’lov yechiladimi? Ushbu holatda tarif rejada tayinlangan daqiqalar belgilanadimi?

Abonent to’lovi yechilayotgan vaqtda balansingizda ushbu to’lovni amalga oshirish uchun etarli bo’lmagan miqdordagi mablag’ qo’lgan bolsa, abonent to’lovi bir martda to’liq miqdorda yechiladi va balansingiz minus holatiga kiradi. Tarifda belgilangan daqiqalar esa to’la miqdorda belgilanadi va aktiv holatga o’tkaningizdan so’ng amal qiladi. 



0
Like