Ma’lumotlar
IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish

IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish

 01.11.2019 gacha Ucell uyali aloqa tarmog‘iga ulangan qurilmalar avtomatik tarzda ro‘yxatga olingan.

 01.11.2019 dan e’tiboran Ucell uyali aloqa tarmog‘iga ulangan yangi qurilmalarni mustaqil tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish lozim (01.12.2019 gacha bepul).

 01.12.2019 dan Ucell uyali aloqa tarmog‘iga ulangan yangi qurilmalarni mustaqil tarzda, pulli asosda ro‘yxatdan o‘tkazish kerak bo‘ladi.


O‘z qurilmangizning IMEI-kodini bilish -

Abonent qurilmasi IMEI-kodining holatini tekshirish usullari:

 

 IMEI-kodni 1170 raqamiga SMSda yuborish


Umumiy ma’lumot
  • IMEI-kod o‘zi nima?

    IMEI – 15 raqamdan iborat bo‘lgan va GSMA tomonidan ajratiladigan, shuningdek, tarmoqda GSM/UMTS/LTE standartidagi mobil aloqa operatorida identifikatsiya bo‘ladigan mobil qurilmaning seriya raqami.
    IMEI-kod SIM-kartalar ishlashini ta’minlovchi barcha mobil qurilmalarda mavjud bo‘lib, SIM-kartaning har bir slotiga alohida beriladi. Agar mobil qurilmada ikki yoki undan ko‘p SIM-karta slotlari mavjud bo‘lsa, ushbu mobil qurilma ikki yoki undan ortiq IMEI-kodlarga ham ega bo‘ladi.
    IMEI-kod qurilmaning klaviaturasida *#06# buyrug‘ini terish orqali bilib olish mumkin. Bundan tashqari, ushbu kod qurilmaning qutisida, kafolat talonida va ayrim qurilmalarning batareykasi ostida yozilgan bo‘ladi.

  • Abonent qurilmalarini ro‘yxatga olish nima va nega siz undan o‘tishingiz kerak?

    Shuni e’tiborga olishingizni so‘raymizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 778-sonli Qarori asosida GSM standartidagi mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish tizimini joriy etish tartibi ishlab chiqilgan.

  • Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish bosqichlari

    2019-yil 1-apreldan mobil qurilmalarni avtomatik ro‘yxatga olish amalga oshirilmoqda. Mobil qurilmaning har bir SIM-karta slotini faollashtirish kerak

    2019-yil 1-noyabrdan 2019-yil 1-dekabrgacha mustaqil tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshiriladi (bepul asosda)

    Joriy yilning 1-dekabridan mustaqil tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanadi (pulli asosda)

    1-dekabrdan e’tiboran, ilk tarmoq hodisasi paytidan boshlab (30 kalendar kuni davomida) to‘lov hajmi BHMning (Bazaviy hisoblash miqdorining) 20% ini tashkil etadi.

  • Qanday davr mobaynida mobil qurilmaning IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish kerak?

    Mobil qurilma yordamida uyali aloqa operatori tarmog‘idagi birinchi tarmoq hodisasi amalga oshirilganidan keyingi 30 kalendar kuni davomida.

  • Mobil qurilmaning IMEI-kodi holatini qanday tekshirish mumkin?

    Mobil qurilmaning holatini tekshirishni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin:
    1. UZIMEI yagona ma’lumotlar bazasi rasmiy veb-saytida— www.uzimei.uz;
    2. 1170 raqamiga SMS xabar yuborish orqali;
    3. USSD-so‘rov orqali: *1170#.

  • Mobil qurilmada ikki yoki undan ortiq IMEI-kodlar mavjudligi nimani anglatadi?

    Mobil qurilma ikki yoki uchta IMEI-kodiga ega bo‘lgan holatda, ushbu qurilma ikki yoki undan ortiq SIM-karta yordamida bir vaqtning o‘zida ikki uyali aloqa operatori tomonidan xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘lganini anglatadi.

  • Mobil qurilmani qayerda ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?

    Joriy yilning 1 noyabridan boshlab:

    1. Tizim operatori saytida (www.uzimei.uz);

    2. SMS va USSD-so‘rovlar orqali (*1170#);

    3. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (ЕПИГУ: www.my.gov.uz)

    4. UZIMEI tizimi operatorida;

    5. Pochta aloqa bo‘limlarida mobil qurilmalar IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.

    SIM-karta almashinishidan qat’i nazar, IMEI-kodlar bir marotaba ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

  • Jismoniy shaxs mobil qurilma IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazishi uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

    Mobil qurilmalarni IMEI-kodini/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun jismoniy shaxs quyidagi xujjatlarni taqdim etishi kerak:
    • O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan mobil qurilmalarning markasi, modeli, soni va IMEI-kodlari ko‘rsatilgan anketa;
    • O‘zi kelib murojaat etganda – fuqarolik pasportining nusxaci;
    • SMS orqali – abonent ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mobil qurilmaning IMEI-kodi va ariza beruvchining JSh ShIR kiritilgan SMS-xabarni maxsus raqamga yuboradi yoki USSD-so‘rovni amalga oshiradi;
    • Tizim operatorining saytida – abonent ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mobil qurilmaning IMEI-kodi, ariza beruvchining JSh ShIR va telefon raqamini ko‘rsatiladi.

    Mobil qurilmalarni sotib olish bo‘yicha tavsiyalar.
    Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun mobil qurilma xarid qilishdan avval uning IMEI-kodi/kodlari holatini UZIMEI veb-saytida (www.uzimei.uz) yoki *1170#IMEI_15_raqam# USSD-so‘rovi orqali tekshirib oling.

  • Agar mobil qurilma yo‘qolsa yoki o‘g‘irlansa, IMEI-kodi orqali uning joylashgan joyini aniqlash mumkinmi?

    Ha, mumkin. Ushbu masala ichki ishlar idoralari tomonidan amalga oshiriladi. O‘g‘irlangan yoki yo‘qolgan mobil qurilmani topish uchun uning ishlab chiqaruvchisi, modeli va IMEI-kodi ko‘rsatilgan ariza, shuningdek abonentning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim qilgan holda IIBga murojaat qilish zarur.

  • Mobil qurilmaning IMEI-kodi holatini mustaqil tarzda qanday tekshirish mumkin?

    Mobil qurilmaning IMEI-kodini bilish uchun, unda *#06# so‘rovini terish lozim; keyin ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tekshirish uchun uning IMEI-kodini https://uzimei.uzsaytiga kiritish yoki *1170#IMEI_15_raqam# USSD-so‘rovini terish kerak. Batafsil ma’lumot https://uzimei.uzsaytida.

  • Men yangi yoki avval ishlatilgan mobil qurilma sotib olsam, uni qay tarzda ro‘yxatdan o‘tkazaman?

    Mobil qurilmani xorijda xarid qilgan hollarda, uning IMEI-kodini *#06# USSD-so‘rovi orqali aniqlash va keyin uni quyidagi yo‘llardan biri yordamida ro‘yxatdan o‘tkazish zarur:
    1. SMS va USSD-so‘rovlar orqali (*1170#);
    2. Tizim operatori saytida (www.uzimei.uz);
    3. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (www.my.gov.uz)
    4. UZIMEI tizimi operatorida;
    5. Pochta aloqa bo‘limlarida.

    Avval ishlatilgan mobil qurilma sotib olingan hollarda, siz mobil qurilmaning holatini quyidagi yo‘llar bilan tekshirishingiz lozim:
    1. 1170 raqamiga SMS-xabar yuborish orqali;
    2. USSD-so‘rov orqali: *1170#.
    3. UZIMEI yagona ma’lumotlar bazasi rasmiy veb-saytida— www.uzimei.uz;

  • Menga mobil qurilmamning IMEI-kodi betakror emasligi haqida SMS keldi. Bu nimani anglatadi?

    Bu shuni bildiradiki, qurilmangizning IMEI-kodi (har bir abonent qurilmasi uchun berilgan xalqaro identifikator) dublikatlangan (klonlashtirilgan).
    Abonent qurilmasini ishlab chiqaruvchi zavod o‘z qurilmasiga betakror/original identifikatsion kod (IMEI-kod) beradi. Lekin jahon tajribasida original qurilmalarning qalbaki versiyalarini tayyorlash holatlari uchraydi. Ular betakror bo‘lmagan, xuddi original qurilmadagi kabi IMEI-kodga ega bo‘lishi mumkin.
    Operatorlar tarmoqlarida bir xil IMEI-kodli qurilmalar mavjud bo‘lishi mumkin. Bunday IMEI-kodlar betakror bo‘lmagan yoki dublikatlangan deb ataladi.
    O‘zR qonunchiligi talablariga muvofiq, 2019-yilning 1-dekabridan betakror bo‘lmagan IMEI-kodlarga ega qurilmalar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Bunda, agar siz shunday qurilmalarni avvalroq Ucell tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lsangiz, ular ishlashda davom etaveradi.

    IMEI-kodlar ma’lumotlar bazasi to‘rt xil ro‘yxatdan iborat bo‘ladi:
    • oq – ro‘yxatga olingan kodlar, uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishiga ruxsat etiladi;
    • qora – ro‘yxatga olinmagan kodlar, uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishi taqiqlanadi;
    • kul rang – kod oq yoki qora ro‘yxatga kiritilmagan, lekin ilk tarmoq hodisasidan keyin 30 kalendar kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishi ruxsat etilgan;
    • bog‘langan oq – kodlar klonlashtirilgan yoki aniqlanmagan, ammo IMEI-kodi abonentning telefon raqami bilan bog‘langan (IMEI – MSISDN) holda 2019-yilning 1-noyabrigacha ro‘yxatga olingan yoki boshqa mobil qurilma bilan IMYeI-kodlar bazasiga kiritilgan IMEI-kodlarga GSMA tomonidan qo‘yilgan talablarga javob beruvchi yangi mobil qurilma.

  • Mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng nima bo‘ladi?

    IMEI bo‘yicha ro‘yxatga olish qurilmani egasining nomiga biriktirishni ko‘zda tutmaydi, ya’ni, IMEI-kodi ro‘yxatga olinganidan keyin mobil qurilma O‘zbekiston Respublikasining barcha uyali aloqa operatorlarida ishlayveradi. Qurilma xarid qilayotganda, uning IMEI-kodi holatini tekshirish kerak. Bu yangi smartfonlarga ham, avval ishlatilganlariga ham tegishli. Agarda IMEI-kodi bo‘lmasa, bu – «kul rang» smartfon va uni sotib olish tavsiya etilmaydi, chunki undan foydalanish imkoni bo‘lmaydi. Bunday holatlarda telefonni mustaqil tarzda ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lmaydi, chunki buni import qiluvchi yoki ishlab chiqaruvchi qilgan bo‘lishi kerak edi.

  • Agar men (rezident va norezident) 30 kalendar kuni davomida ro‘yxatdan o‘tkazmasam nima bo‘ladi?

    Ro‘yxatga olish muddati tugashi bilan mobil qurilma qora ro‘yxatga kiritiladi va bloklanadi. Qora ro‘yxatdan chiqarish uchun to‘lov hajmi BHMning 25 foiziga teng

  • Qo‘shimcha ma’lumot uchun kimga murojaat etishim mumkin?

    Bunday holatlarda Uzimei saytiga kirish yoki 1170 raqami orqali call-markazga murojaat etishni tavsiya qilamiz. Shuningdek, bosh ofisga ham tashrif buyurishingiz mumkin – Olmazor tumani, Sebzor dahasi, 18-A.

Holatni tekshirish

O‘z mobil qurilmasining holatini tekshirish uchun quyidagi usullarning biridan foydalanish kerak:

  • USSD-so‘rovini terish va yo‘riqnomalarga amal qilish;
  • IMEI-kodni SMS-xabar tarzida 1170 qisqa raqamiga jo‘natish;
  • https://uzimei.uz/ saytiga o‘tish va IMEI-kodni kiritish;

O‘z mobil qurilmasining IMEI-kodini aniqlash uchun, so‘rovini terish lozim

Ro‘yxatdan qanday o‘tkaziladi

1. Agar siz yangi mobil qurilma xarid qilgan bo‘lsangiz, uning IMEI-kodi holatini tekshirishingiz kerak; buning uchun:

- Qurilmangizda *#06# so‘rovini tering, 15 xonali IMEI-kodni yozib oling va quyidagi usullar yordamida tekshiring:
- 15 xonali kodni SMS-xabar tarzida 1170 qisqa raqamiga jo‘natish;
- *1170# USSD-so‘rovini terish va yo‘riqnomalarga amal qilish;
- www.uzimei.uz saytida;
- O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali www.my.gov.uzorqali;
- UZIMEI tizimi operatori yordamida;
- Pochta aloqasi punktlarida.

2. Agarda qurilma xorijda sotib olingan (olib kelingan) bo‘lsa, u holda qurilmani 30 kun mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan ishlatsa bo‘ladi. 30 kunlik muddat tugashi bilan mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish kerak bo‘ladi. Buning uchun *#06# USSD-so‘rovini terish va 15 xonali IMEI-kodni yozib olish, keyin esa quyidagi usullardan biri orqali IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish lozim:

1. www.uzimei.uz saytida
Bunda quyidagilarni ko‘rsatish kerak:
- Ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan mobil qurilmaning 15 xonali IMEI-kodi;
- Arizachining JSh ShIR*

2. SMS-so‘rov orqali
- 1170 raqamiga SMS-xabar tarzida 15 xonali kod va arizachining JSh ShIR

3. USSD-so‘rov orqali
- *#1170# tering, 15 xonali kod va arizachining JSh ShIRni ko‘rsating

4. UZIMEI tizimi operatori yordamida
Shaxsan murojaat etganda, taqdim etish lozim:
- tizim Operatori yoki Ro‘yxatga oluvchisi nusxa olishi uchun fuqarolik pasportini.

5. Pochta aloqasi punktlarida
Shaxsan murojaat etganda, quyidagilarni taqdim etish zarur:
- O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan mobil qurilmalarning markasi, modeli, soni va IMEI-kodlari ko‘rsatilgan holda to‘ldirilgan anketa.
- Fuqarolik pasporti

*JSh ShIR – Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami. U 14 raqamdan iborat bo‘ladi. Uni jismoniy shaxsning pasportidan aniqlash mumkin.


Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.