Ma’lumotlar
OHSAS 18001:2007 - Ucell xodimlarining xavfsizligi va sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha asos

OHSAS 18001:2007 - Ucell xodimlarining xavfsizligi va sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha asos

O‘zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya sektoridagi korxonalar orasida eng birinchi hamda TeliaSonera Kompaniyalar oilasiga kiruvchi kompaniyalar orasida birinchilar qatorida bo‘lib, “COSCOM” MChJ XK, “UCELL” savdo belgisi katta muvaffaqiyat bilan xodimlar sog‘lig‘ini saqlash va mehnat muhofazasini ta’minlash tizimini OHSAS 18001:2007 xalqaro standarti talablariga muvofiq ishlab chiqdi, joriy etdi va sertifikatlashtirdi. Ushbu jarayon sertifikatsiya borasida dunyo miqyosida vakolatli va yetakchi organ hisoblangan, shtab-kvartirasi Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan SGS (Société Générale de Surveillance) tomonidan tasdiqlandi, bu bilan o‘ta bilimdonlik bilan tuzilgan tizim joriy etilganligi va amal qilayotganligi, ushbu ishlab chiqish jarayonida ishtirok etgan xodimlarning yuqori layoqatga egaligi ham tasdiqlandi.

Ucellda OHSAS 18001:2007 (Occupational Health & Safety Management Systems)ni ishlab chiqish va joriy etish ishlari tashqaridan maslahatchilarni jalb etmagan holda, xodimlarning o‘z kuch-quvvati bilan amalga oshirilganligini ta’kidlash joiz.

Bugungi kunda Ucell OHSAS 18001:2007 va ISO 9001:2015 sertifikatlash jarayonidan o‘tgan ikkita tizimga ega, bu esa nafaqat O‘zbekiston Respublikasining, balki hatto Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining telekommunikatsiya bozorida ham tengi bo‘lmagan Kompaniya faoliyat yuritayotganligiga noyob dalil hisoblanadi.

Sertifikatlash auditi joriy yilning iyun oyida amalga oshirilib, unga nafaqat Toshkent shahrida joylashgan Bosh ofisning ishlab chiqarish maydonlari, balki Kompaniyaning Respublikamiz bo‘ylab joylashgan barcha Bo‘limlari jalb etildi.

Mazkur audit natijasida Ucellda amaldagi qonunchilik talablariga mos ravishda o‘z xodimlari uchun barcha zaruriy sharoitlarni yaratib beruvchi, shuningdek, Kompaniya xodimlari orasida kasallanish va ishlab chiqarishdagi jarohatlanish xavflarining oldini olishga qodir bo‘lgan sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligini ta’minlash menedjment tizimi mavjudligi namoyon bo‘ldi.

Ucell ushbu xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritgan O‘zbekistondagi ilk telekommunikatsiya operatori va TeliaSonera oilasiga kiruvchi eng birinchi Kompaniya bo‘ldi. Bu esa, o‘z o‘rnida, nafaqat operator uchun, balki butun telekommunikatsiya sohasi uchun iftixor demakdir.

     
     

 

 

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Internet-sozlamalar

Telefoningizda Internet-sozlamalarning to`liq tafsiloti

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.