Hozirgi kunda 31,0 mln. kishi Internet xizmatidan foydalanmoqda, mobil Internet foydalanuvchilari soni esa 29,5 mln.ni tashkil etdi.
Aholiga qulay va sifatli aloqani ta’minlash maqsadida:
– Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1,8 barobarga oshirilishi evaziga, bir oyda bir foydalunuvchiga to‘g‘ri keladigan ma’lumot hajmi mobil aloqada 8,5 Gbni, simli Internetda esa 198 Gbni tashkil etdi.
– Respublika bo‘ylab optik-tolali aloqa liniyalari uzunligini 1,5 barobarga kengaytirish orqali ularning aholi yashash maskanlaridagi qamrov darajasi 80 foizga yetkazildi;
– 6,8 mingta qo‘shimcha mobil tayanch stansiyalarining ishga tushirilishi orqali mobil aloqa qamrovi darajasi 99 foizga, yuqori tezlikdagi mobil Internet qamrovi 98 foizga yetkazildi, shuningdek, avval mobil aloqadan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan 43 ta aholi yashash maskanida undan foydalanish imkoniyati yaratildi.
To'liq matn: O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (mitc.uz)