Jizzax viloyati Paxtakor tumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining telekommunikatsiya infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
J.T. Maqsudov, vazirlikning Sud va shaxsiy murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i
D. Po‘latov, vazirlikning hududiy boshqarmasi boshlig‘i
G‘. Qurbonov va soha korxonalari rahbarlari ishtirok etishdi.
Jalol Tilloyevich mamlakatimizda, xususan, Jizzax viloyatida axborot texnologiyalarini rivojlantirish borasidagi muammolar va takliflar hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar haqida so‘z yuritdi.
Yig‘ilish davomida kelib tushgan murojaatlar, umuman, shu kunning o‘zida ijobiy hal etildi.
Qabulda 110 dan ortiq fuqarolar ishtirok etdi.
Erkin Abduraxmonov,
"Ucell-Jizzax" hududiy bo’linmasi direktori