Sayyohlar uchun eng yaxshi tarif
14AVG2019

Sayyohlar uchun eng yaxshi tarif



Qulay sayyohlik muhitini rivojlantirish doirasida poytaxtimiz mehmonlari uchun imtiyozli “Turist” tarif rejasi joriy etildi. Ushbu tarif rejaning muddati tugaganidan so’ng, sarflanmagan mablag’lar mijozga qaytariladi. O’ziga jalb etuvchi narx, katta hajmdagi internet trafik va qo’ng’iroqlar hamda rouming O’zbekiston va yaqin xorijdagi aloqa bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalarni hal qilishga mo’ljallangan.

Har yili O’zbekiston turli mamlakatlardan ko’plab sayyohlarni jalb qilib keladi. Sayyohlikni rovojlantirish Qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra, 2018 yilda mamlakatimizga tashrif buyurgan chet el fuqorolar soni 5,35 millionni tashkil etdi. Ulardan 4,6 million kishi Markaziy Osiyo davatlaridan kelgan, 406 ming kishi MDH davlatlaridan hamda 326,5 ming kishi uzoq xorijdan tashrif buyurishgan.

“COSCOM” MChJ (Ucell savdo belgisi) chet ellik mehmonlarimiz uchun qulay sharoitlar yaratilishini ta’minlovchi noyob tarif rejasini taklif etadi. Xorijiy fuqoroning pasportini taqdim etib, “Turist” tarif rejasini istalgan savdo shahobchasida yoqtirish mumkin.

Ushbu tarif rejasini ishlab chiqishda potensial mijozlarning barcha mavjud bo’lgan ehtiyojlari inobatga olingan. Xalqaro standartdagi kiyim o’lchamlariga o’xshash S, M, L kabi qulay tasniflash ehtiyojlarga qarab tarif rejasi tizimidan foydalanishni osonlashtiradi. Bundan tashqari, tarif rejasidan Qozog’iston, Rossiya, Tojikiston, Qirg’iziston, Ozarbayjon, Gruziya va Moldovada foydalanish uchun rouming xizmatini o’z ichiga oladi.

Tarmoq ichidagi cheklovlarsiz aloqa o'z hamrohlaringiz bilan doimiy ravishda aloqada bo'lishga imkon beradi, shuningdek, oyiga 20 GB gacha bo’lgan katta hajmdagi internet trafik internetga uzluksiz ulanishni ta’minlaydi. Ushbu tarifdan hattoki byudjet sayyohlar ham foydalanishi mumkin, ya’ni narxi 25 000 so’mdan 80 000 so’mgacha o’zgarib turishi mumkin.

Elnora Avazova, Loyihalarni ishlab chiqish bo’lim rahbari:
- Tarif shu kunlarda taqdim etilgan bo’lsa-da, unga bo’lgan talab ancha katta. Narxi va taqdim etilayotgan xizmatlar hajmi juda o’ziga jalb etadi hamda raqobatbardosh, shuningdek qulay tarif tarmog’i optimal tarif rejasini tanlashga imkon beradi.


“Turist” tarif rejalarining amal qilish muddati uni yoqtirish daqiqasidan boshlab 90 kunni tashkil etadi, shu bilan birga, ushbu muddat o’tishi bilan raqam o’chiriladi. Mablag’larning qolgan qismi Kompaniya tomonidan o’rnatilgan tartibda qaytariladi.

Batafsil ma’lumotlar quyidagi havolalar orqali taqdim etiladi:
https://ucell.uz/uz/subscribers/roamers/tourist_tariff_line

Ucell bilan birgalikda O’zbekistonni kashf eting!


Raqam tanlash

Istalgan telefon raqamni tanlang va band qiling!

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.