"Birinchi tibbiy yordam ko'nikmalari" treningi
29AVG2019

"Birinchi tibbiy yordam ko'nikmalari" treningi



Birinchi tibbiy yordam keyinchalik davolanishda hamda ko’pincha inson hayotini saqlab qolishda eng muhim omildir. Favqulodda holatlarda jabrlanuvchining umumiy holati odatda boshqalarning tezkor, ammo oddiy harakatlariga bog’liq. Shuning uchun har bir inson, erkak yoki ayol kishi bo’lishidan qat’i nazar, to’g’ri va tezkorlik bilan yordamga muhtoj bo’lganlarga birinchi tibbiy yordamni ko’rsatishi muhimdir. Asosiy e’tibor xodimlarning xavfsizligi uchun xavfning oshishi bilan bog’liq faoliyat yurituvchi xodimlarga qaratilgan, ya’ni haydovchilar, xavfsizlik xodimlari, texnologiya department xodimlari va boshqalar.

Shoira Mirzakirova, Call-Center operatori, birinchi tibbiy yordam bo’yicha trener:
- Ushbu trening dasturi bir qancha qismlardan iborat: favqulodda vaziyatlarda harakatlar rejasi, birinchi tibbiy yordamning asosiy qonun-qoidalari, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish ko’nikmalari hamda amaliy qismi. Dastur doirasida bergan ko’nikmalarimiz xodimlarga favqulodda vaziyatlarda tayyor turishga va dadil harakatlanishga yordam beradi.
Nafaqat favqulodda vaziyatlarda, balkim turmushda ham jarohatlar olganda, baxtsiz hodisalarda va to’satdan kasal bo’lib qolganda inson taqdiri qanchalik tezkorlik bilan hamda katta malaka bilan birinchi tibbiy yordam ko’rsatilganligiga bog’liq. 


Mehnat muhofazasi sohasida xodimlar malakasini oshirish bu muvaffaqiyatga ega tashkilotning asosiy yo’nalishlaridan biridir. Barcha 12 nafar xodim favqulodda vaziyatlarda yordam bera oladigan birinchi tibbiy yordam ko’rsatishda asosiy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishdi.  Kompaniyada "Birinchi tibbiy yordam ko'nikmalari" treningining  muntazam ravishda o’tkazilishi Kompaniya buyrug’i bilan tasdiqlangan.


Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.