Ucell "Taraqqiyot" qishloq fuqarolar yig'inida
07NOY2019

Ucell "Taraqqiyot" qishloq fuqarolar yig'inida



Har kuni sayyoramizdagi har bir kishi kuniga o'rtacha 17 daqiqa telefon orqali gaplashadi. "COSCOM" MChJ (Ucell savdo belgisi) O'zbekistonda 7,5 milliondan ortiq abonentlarga xizmat ko'rsatadi. Bu kuniga o'rtacha 2 million soat suhbatni tashkil qiladi. Kompaniyaning 2020 yildagi  maqsadi — Respublikaning barcha burchaklarida uzluksiz aloqani ta'minlash. Shu munosabat bilan, Ucell rahbariyati doimiy ravishda abonentlar bilan aloqada turadi. Shu hafta Andijon viloyatida yana bir uchrashuv bo'lib o'tdi.

Murojaat Andijon viloyati, Izboskan tumani, “Taraqqiyot” qishloq fuqarolar yig'inida yashovchi Xotamjon Turg'unovdan keldi. Xotamjon aloqa sifatini takomillashtirishni va Internetga ulanish tezligini oshirishni so'raydi. Abonentning murojaatiga "Ucell-Andijon" mintaqaviy ofisida javob berdilar va viloyat direktori Baxtiyor Turdiyev boshchiligida yo'lga chiqdilar.

Uchrashuv davomida abonentga xabar berildi:
— Bugungi kunda Ucell barcha viloyatlarda baza stantsiyalarni rekonstruktsiya qilish, yangilash va o'rnatish bo'yicha keng ko'lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Keyingi yilga Xitoyning ZTE va Huawei hamkorligida so'nggi texnologik baza stantsiyalarini yetkazib berish bo'yicha shartnoma imzolandi. Hududda aloqa albatta yo'lga qo'yiladi.

Abonent uchrashuv natijalaridan mamnun qo'ldi va xodimlarga minnatdorchilik bildirdi. Uchrashuv yakunida esdalik korporativ sovg'alar topshirildi.

Andijon viloyatida 700 mingdan ortiq faol Ucell abonentlari istiqomat qiladi. Ularning qulayligi uchun viloyatda 252 ta dilerlik punktlari mavjud, ulardan 25tasi mono-ofislardir. Viloyat bo'limida 25 xodim faoliyat ko'rsatadi.

 

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.