Raqam tanlash

Raqam tanlash

Endi Ucell abonentlarida, shuningdek, Ucell tarmog‘iga ulanishni endi rejalashtirayotgan barcha-barchada Kompaniya saytidan istalgan telefon raqamini tanlash va oldindan buyurtma berishdek ajoyib imkoniyat paydo bo‘ldi.

Raqam tanlash
Ofislar xaritada
Qo‘llash shartlari

“RAQAM TANLASH” XIZMATINI TAQDIM ETISH TARTIBI

  • Ulanishda hujjatning seriyasini to‘g‘ri ko‘rsatish lozim. Ma’lumotlar hujjatning asli bilan mos kelmagan hollarda raqamni ulatish amalga oshirilmaydi;
  • Zaxiralashning amal qilish muddati – 72 soat. Ushbu muddat tugashi bilan zaxiralash bekor qilinadi va raqam qaytadan sayt orqali sotuvga qo‘yiladi;
  • Shakldagi ma’lumotlarni to‘ldirib bo‘lgach aks ettiriladigan "Zaxiralash kodi"ni saqlab qo‘yish va Kompaniya ofisi yoki dilerlik shoxobchasi mutaxassisiga taqdim etish lozim;
  • Faqatgina Simple toifasidagi va Kompaniya saytida ruxsat etilgan raqamlarni tanlash imkoniyati mavjud;
  • Kompaniya saytida raqamni band qilish vaqtida shaklni to‘ldirishga asos bo‘lgan, shaxsni tasdiqlovchi hujjat Kompaniya ofisiga yoki dilerlik shoxobchasiga murojaat etishda ham taqdim qilinishi lozim;
  • Xizmatdan faqat Prepaid tizimi abonentlari foydalana oladilar;
  • Raqamni zaxiralash uchun qaysi abonentning hujjat asosida tasdiqlangan ma’lumotlaridan foydalanilgan bo‘lsa, tanlangan raqamli SIM-kartani Kompaniya ofisida yoki dilerlik shoxobchasida rasmiylashtirishda ham shu abonent shaxsan ishtirok etishi shart;
  • Ayrim mobil qurilmalarda zaxiralangan raqam haqida SMS orqali ma’lumot jo‘natishda raqam kiritish imkoniyati bo‘lmasligi mumkin.  Bunday hollarda zaxiralash kodini istalgan boshqa yo‘l bilan saqlab qolishni maslahat beramiz.

RAQAMNI BAND QILISH XIZMAT KO'RSATISH QOIDALARI

1. ATAMALAR VA TAVSIFLAR

1.1. Operator – «COSCOM» MCHJ XK
1.2. Veb-sayt – Operatorning Internet tarmog‘ida HTTP / HTTPS protokollari orqali ochish mumkin bo‘lgan, http://www.ucell.uz domen nomi va keyingi darajalardagi barcha domen nomlaridagi internet-resursi.
1.3. Veb-sahifa – Veb-saytda http://shop.ucell.uz domen nomi va keyingi darajalardagi barcha domen nomlarida joylashtirilgan, Foydalanuvchilar tomonidan Abonent raqamlarini Zaxiralashga mo‘ljallangan axborot resursi.
1.4. Abonent raqami – Foydalanuvchi tomonidan Veb-sahifada zaxiralangan va kelgusida Operator tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish to‘g‘risidagi Shartnoma tuzishda Foydalanuvchiga beriladigan telefon raqami.
1.5. Foydalanuvchi ¬– Zaxiralash maqsadida Veb-sahifadan va Xizmatdan foydalanadigan shaxs.
1.6. Zaxiralash (Zaxira) – Veb-sahifada Operator ko‘rsatgan abonent raqamini tanlash, tanlangan raqam yuzasidan «Zaxiralash» funksiyasini faollashtirish va abonent raqamini kelgusida Ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida Veb-sahifada Foydalanuvchi tomonidan kerakli ma’lumotlarni kiritish borasidagi Foydalanuvchining harakatlari.
1.7. Zaxiralash kodi – Abonent raqamining Foydalanuvchi tomonidan Zaxiralash faktini aniqlashtiruvchi takrorlanmas raqamli kod.
1.8. Xizmat – Veb-sahifa orqali Foydalanuvchiga ko‘rsatiladigan Abonent raqamini zaxiralash xizmati.
1.9. Operatorning Sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish nuqtasi (ofisi) – Operatorning Veb-saytda ko‘rsatilgan manzillardan birida joylashgan, abonentlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan markazi.
1.10. Abonent raqamini Ro‘yxatdan o‘tkazish – Operator tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish to‘g‘risidagi Shartnoma tuzish jarayoni bo‘lib, uning natijasida Foydalanuvchi tomonidan Zaxiralash amalga oshirilgan Abonent raqami Foydalanuvchiga beriladi.
1.11. Zaxiralash muddati – Zaxiralash vaqtidan boshlanuvchi, Foydalanuvchi Operatorga murojaat etib, o‘zi tomonidan zaxiralangan abonent raqamini o‘z nomiga rasmiylashtirishi mumkin bo‘lgan davr oralig‘i.

2. XIZMATNI TAQDIM ETISH SHARTLARI
2.1. Xizmat Foydalanuvchiga Veb-sahifada joylashtirilgan va bevosita Veb-sahifada Zaxiralash mumkin bo‘lgan Abonet raqamini Zaxiralashni amalga oshirish imkonini taqdim etadi.
2.2. Veb-sahifada Abonet raqamini Zaxiralash uchun Foydalanuvchi Veb-sahifadagi tegishli joyga o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (Foydalanuvchining F.I.O., shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘yicha ma’lumotlari: O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilish uchun ruxsatnoma (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun) yoki O‘zbekiston Respublikasidagi propiskasi (yashash joyida  vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi) qayd etilgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki harbiy xizmatchining shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma, chet el fuqarosining milliy pasporti, akkreditatsiya kartochkasi yoki O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilish uchun ruxsatnomasi) kiritishi, shuningdek, mazkur xizmatni taqdim etish Qoidalari bilan tanishishi hamda ular bilan tanishganligi va roziligi haqida belgi qo‘yishi lozim.
2.3. Xizmatni taqdim etish Qoidalariga rozilik bildirar ekan, Foydalanuvchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarining Xizmatni taqdim etish doirasida va maqsadlarida uchinchi shaxslarga berilishi va ko‘rib chiqilishiga roziligini beradi.
2.4. Operator istalgan vaqtda mazkur Xizmatni taqdim etish Qoidalarini bir tomonlama tartibda o‘zgartirishga haqli. Bunda, Foydalanuvchi o‘zgarishlar bilan mustaqil tarzda tanishishi lozim bo‘ladi.
2.5. Foydalanuvchi mustaqil tarzda Zaxiralash muddatini dam olish va bayram kunlarini ham inobatga olgan holda Operatorning ish tartibi bilan solishtirishi lozim bo‘ladi. Veb-sahifada Zaxiralash muddati zaxiralash vaqtidan boshlab 72 soatni tashkil etadi, mazkur muddat tugashi bilan Foydalanuvchi tomonidan zaxiralangan Abonent raqami zaxiradan yechiladi.
2.6.  Foydalanuvchi shop.ucell.uz manzilida Xizmatdan bir kunda uch martagacha foydalanishi mumkin.
2.7. Operator Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, to‘liqligi va aniqligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi, agar ularning haqiqiy ma’lumotlar bilan mos kelmasligi holatida Foydalanuvchiga Abonent raqamini Ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga haqli.
2.8. Muvaffaqiyatli Zaxiralashdan keyin Foydalanuvchiga Operator tomonidan o‘rnatilgan usullarda (elektron pochta orqali va/yoki monitor ekranida aks ettirish yo‘li bilan) Zaxiralash kodi yuboriladi. Zaxiralash kodi Foydalanuvchi tomonidan Zaxiralash amalga oshirilganligining tasdig‘i hisoblanadi. Veb-sahifada zaxiralash holatida Zaxiralash kodi bilan birga Abonent raqami va Abonent raqamini Ro‘yxatdan o‘tkazishda Foydalanuvchini aniqlashtiruvchi ma’lumotlar ham zaxiralanganlikning tasdig‘i bo‘ladi.
2.9. Foydalanuvchi Zaxiralash kodini saqlash va uning maxfiyligini ta’minlashga majbur. Zaxiralash kodini oshkor etish holatida, bunday oshkor bo‘lish oqibatlari uchun javobgarlik to‘laligicha Foydalanuvchi zimmasiga yuklatiladi.
2.10. Muvaffaqiyatli Zaxiralashdan keyin Foydalanuvchi 72 soat mobaynida Operatorning Zaxiralashda Foydalanuvchi tomonidan tanlangan shahardagi Sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish nuqtasi (ofisi)ga murojaat etishi lozim. Abonent raqamini Ro‘yxatdan o‘tkazish Operatorning Foydalanuvchi tomonidan tanlangan shahardagi Sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish nuqtasi (ofisi) ish tartibiga muvofiq tarzda amalga oshiriladi.
2.11. Operatorning Sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish nuqtasi (ofisi)ga murojaat etishda Foydalanuvchining yonida o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lishi kerak:

  • chet el fuqarosining milliy pasporti, akkreditatsiya kartochkasi yoki O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilish uchun ruxsatnomasi;
  • O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilish uchun ruxsatnoma (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun) yoki O‘zbekiston Respublikasidagi propiskasi (yashash joyida  vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi) qayd etilgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki harbiy xizmatchining shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma. 

2.12. Operatorning Sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish nuqtasi (ofisi)ga murojaat etishda Foydalanuvchi o‘zi tomonidan zaxiralangan abonent raqamini va Zaxiralash kodini ko‘rsatishi, shuningdek, Zaxiralash qaysi hujjat asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha hujjatning aslini taqdim etishi lozim. Ko‘rsatilgan ma’lumotlar murojaat qilgan shaxs tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va zaxiralash jarayonida Foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan, Operatorda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bilan mos kelgan holda, Operator Foydalanuvchi nomiga Abonent raqamini Ro‘yxatdan o‘tkazadi. Mazkur ma’lumotlar o‘zaro mos kelmasa, Operator Foydalanuvchiga Abonent raqamini Ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga haqli.
2.13. Abonent raqamini Ro‘yxatdan o‘tkazishdan keyingi Foydalanuvchi va Operator orasidagi barcha o‘zaro munosabatlar Operator tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqasi xizmatlarini taqdim etish to‘g‘risidagi Shartnoma bilan tartibga solinadi.
2.14. Agar Xizmatdan g‘ayrihuquqiy, noqonuniy va/yoki tijorat maqsadlarida foydalanilmoqda, deb hisoblash uchun Operatorda yetarli asoslar bo‘lsa, Foydalanuvchining Xizmatdan foydalanishi to‘xtatilishi yoxud avvaldan yoki keyinchalik ogohlantirilmagan holda tugatilishi mumkin.
2.15.  Foydalanuvchi tomonidan mazkur Qoidalarning istalgan sharti buzilishi sodir etilganligi aniqlansa, Operator avvaldan yoki keyinchalik ogohlantirmagan holda, mazkur foydalanuvchi tomonidan zaxiralangan barcha abonent raqamlaridan zaxiralashni bekor qilishga haqli.
2.16. Tomonlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha da’volashuv va kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi. Ularni tartibga solish imkoni bo‘lmasa, da’volashuv va kelishmovchiliklar Operatorning joylashgan o‘rni bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida hal qilinadi.
2.17. Foydalanuvchi Xizmat doirasida taqdim etiladigan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, to‘liqligi va aniqligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishiga rozilik bildiradi. Zaxiralashda Foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlarda har qanday mos kelmaslik holati kuzatilsa, Operator Abonent raqamini Ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga haqli.
2.18. Mazkur Qoidalar – shartlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tarzda Operator tomonidan mustaqil holda o‘rnatilgan ommaviy oferta hisoblanadi. Tomonlarning mazkur Qoidalarda ko‘zda tutilmagan o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko‘ra tartibga solinadi.
2.19. Ushbu Qoidalarning barcha ilova, o'zgartirish va qo'shimchalar ularning ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu Qoidalar rus , ingliz va o'zbek tillarida tuzilgan. Ushbu Qoidalarning biror qismini o’qishda farq mavjud bo’lsa, o’zbek tilidagi tahriri ustun hisoblanadi.

Savollar va javoblar

"Raqam tanlash" xizmatiga oid savol va javoblar

  • 1-savol: "Raqam tanlash" xizmati yordamida qanday raqamlarni tanlash mumkin?

    1-javob: "Raqam tanlash" xizmati yordamida, Kompaniya saytidagi "Raqam tanlash" bo‘limida mavjud bo‘lgan va faqatgina Simple toifasidagi raqamlarni tanlash imkoniyati mavjud. Bo‘limdagi ro‘yxatda taqdim etilmagan raqamlarni tanlash va band qilish amalga oshirilmaydi.

  • 2-savol: Tanlangan raqamni qachon band qilib qo‘yish va ulatish mumkin?

    2-javob: Saytda raqamlarni band qilish uzluksiz ishlaydi. Band qilingan raqamlarni olish Kompaniya ofislarida, ularning ish tartibiga mos holda amalga oshiriladi.

  • 3-savol: Tanlangan raqamni zaxiralashning eng uzoq muddati qanday?

    3-javob: Zaxiralashning eng uzoq muddati – 3 kun (72 soat). Ushbu muddat tugaguncha ulanish amalga oshirilmasa, zaxiralash bekor qilinadi va raqam qaytadan sayt orqali sotuvga qo‘yiladi.

  • 4-savol: Raqamni ulatish uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

    4-javob: Raqamni ulatish quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda amalga oshiriladi:

    • amaldagi turar joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi yozuv kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti;
    • chet el fuqarosi pasporti;
    • ofitser guvohnomasi, harbiy guvohnoma + № 33 shakl (shartnoma bo‘yicha xizmat o‘tayotgan shaxslar va harbiylar uchun);
    • *akkreditatsion karta (diplomatik vakolatxonalar va missiyalarning xodimlari uchun);
    • amaldagi turar joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi yozuv kiritilgan, chet el fuqarolarining O‘zbekistonda yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat;
    • amaldagi turar joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi yozuv kiritilgan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat yoki xorijga chiquvchi hujjat;
    • amaldagi turar joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi yozuv kiritilgan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi;
    • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;
    • O‘zbekiston Respublikasi ID-kartasi.

    * Akkreditatsion karta orqali ulanish faqat Kompaniya xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

    Ishonch bildirilgan shaxs notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida Ishonch bildiruvchi nomidan shartnoma tuzish uchun, Ishonch bildirilgan kishining shaxsini tasdiqlovchi yuqorida sanab o‘tilgan amaldagi hujjatlardan birining aslini, Ishonch bildiruvchining shaxsini tasdiqlovchi yuqorida sanab o‘tilgan amaldagi hujjatlardan birining nusxasini, quyidagi ma’lumotlar va harakatlar albatta aks ettirilgan Ishonchnomaning aslini taqdim etishi lozim:

    • Ishonchnoma berilgan joy va sana;
    • Ishonch bildiruvchining va Ishonch bildirilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi;
    • pasport ma’lumotlari (pasportning seriya va raqami, berilgan vaqti va kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati);
    • Ishonch bildiruvchi va Ishonch bildirilgan shaxsning doimiy yoki vaqtincha propiskasi (ro‘yxati) bo‘yicha yashash joyi;
    • Ishonch bildirilgan shaxsga taqdim etilgan vakolatlar doirasi (aniq abonent raqam(lar)ini ko‘rsatgan holda);
    • aniq abonent raqamining qo‘ng‘iroqlar tafsilotini olish uchun aniq davr ko‘rsatilishi;
    • Ishonch bildiruvchining imzosi.
  • 5-savol: "Raqam tanlash" xizmatining narxi qancha?

    5-javob: "Raqam tanlash" xizmati bepul taqdim etiladi. Ammo, zaxiralangan raqamni ulatishda abonent o‘z hisobini kamida 5000 so‘mga to‘ldirishi kerak, va zarur bo‘lsa, tanlangan tarif reja shartlariga muvofiq kunlik/oylik abonent to‘loviga teng bo‘lgan pul miqdoriga to‘ldirishi lozim.

Tavsiya etilgan xizmatlar

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.