Hayotning yuqori sifatli tarafi Ucell bilan har erda va barcha uchun
07OKT2019

Hayotning yuqori sifatli tarafi Ucell bilan har erda va barcha uchun



ICT EXPO 2019 ko’rgazmasidan bir muncha vaqt oldin Buxoro viloyatining Qorako'l tumanida (“Ucell” savdo belgisi ostida) “COSCOM” MChJ Bosh direktor v.b. Vladimir Kravchenko abonentlar bilan suhbati aks etgan video tasvirni ijtimoiy tarmoqlarda iliqlik bilan qabul qilishdi. Shu sababli, Ucell ko’rgazma peshtaxtasida ko’rgazmaga tashrif buyurganlar Vladimir Vladimirovichni tanib, unga to’g’ridan-to’g’ri savol berish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Kompaniya rahbari katta mamnuniyat bilan sof o’zbek tilida muloqotda bo’lishi allqachon bizning abonentlarni zarracha ham ajablantirmay qo’ydi.

Saytda aytib o’tganimizdek, davlat rahbarining ko’rsatmalarini amalda bajarish maqsadida, “Ucell” rahbariyati Kompaniya abonentlari bilan muloqotda bo’lib, iste’molchilarning talab va istaklarini o’rganib chiqish uchun doimiy ravishda viloyatlarga chiqib turadi.

Bu esa oddiy holat bo’lib qoldi.

Shu kunlarda bu kabi uchrashuv Farg’ona vodiysida bo’lib o’tdi. Kompaniya vakillari Farg’ona viloyatining Quva tumaniga va Andijon viloyatining Qo’rg’ontepa tumaniga tashrif buyurishdi.

Quva tumanining “Akbarobod” qishloq fuqarolar yig’inidan kelgan Ucell abonenti Kompaniya rahbariyatining Qo’qonga qilgan tashrifi chog’ida ular bilan tanishgani haqida so’zlab berdi. Ular ham Buxoroda bo’lib o’tgan uchrashuv haqidagi video tasvirni ko’rishgan, shundan so’ng Kompaniya rahbarining sahifasini ijtimoiy tarmoqlarda topib, taklifnoma ko’rinishidagi xat yozishgan.
  
“Ucell-Farg’ona” mintaqaviy bo’limining rahbari Ikrom Burxonov boshchiligidagi Kompaniyaning bir guruh xodimlari Quvaga tashrif buyurishdi.
Mutaxassislar muammoni joyida o’rganib chiqib, uni hal qilish yo’lini topishdi. Aholi punktining uyali aloqa tizimini texnik jihatdan zamonaviylashtirish “Ucell”ning 2020 yil rejalariga kiritildi.

Andijon viloyatining Qo’rg’ontepa tumanidagi “Ucell”ning sodiq mijozlari soni “Ucell-Andijon” mintaqaviy bo’limining rahbari Baxtiyorjon Turdiyev hamda hamkasblarining tashrifidan keyin sezilarli darajada oshdi. Ular abonentlarning 4G aloqasini sozlash ishlarini amalga oshirish borasida yozgan murojaatiga javoban “Navro’z” qishloq fuqarolar yig’iniga tashrif buyurishdi.

Endi Qo’rg’ontepada ikkita 4G antennalari o’rnatilgan va uchrashuvda tuman aholisi ta’kidlaganidek, “endi telefonlarimizda soniyasiga 10 Mb tezlik ko’rsatmoqda”.  Kompaniyaga yo’llagan xat muallifi Nodirbek Ganiyevning aytishicha: “Men o’zim Kompaniyaning sodiq va xolis abonentlaridanman va barcha tanishlarim va yaqinlarimga faqat Ucell aloqasidan foydalanishini aytaman”.

Prezidentimiz axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimida amalga oshirilayotgan ishlarning tahlili, sohani jadal ravishda rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlarni aniqlashga bag’ishlangan majlisda “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari barcha sohalarni jadal rivojlantirishga yordam beradi va insonlar uchun qulayliklar yaratadi” deb ta’kidlab o’tganlar.

Biz Ucell Kompaniyasi tomonidan joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar yordamida hayotning eng sifatli tarafi har yerda har bir inson uchun mavjud bo’lib, foyda keltirishiga intilamiz.


Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.