-
Xizmat faqat keyin to‘lanadigan xizmat ko‘rsatish tizimi abonentlari uchun amal qiladi;
-
«Gigamaniya» internet-to‘plamlari faqat «Biznes uchun», «Smart Business», «Korporatsiyalar tanlovi» tizimi tarif rejalari abonentlari uchun va «Smart Plan», «Fact Plus», «Special 100», «Special 300», «3G Modem» tarif rejalari uchun amal qiladi;
-
Kompaniya korporativ abonentlariga xizmatni yoqish uchun, tegishli raqamlar qayd etilgan shaxs nomidan kompaniyaga yozma murojaat taqdim etilishi lozim;
-
“Jismoniy shaxs” va “Korporativ VIP” toifasidagi jismoniy shaxslar xizmatni ulatish uchun *535# so‘rovini jo‘natishlari yoki kompaniya ofislaridan biriga murojaat qilib, xizmatni ulatish bo‘yicha tegishli ariza to‘ldirishlari lozim;
-
Oylik internet-to‘plamlar avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi bilan yoqiladi;
-
Avtomatik tarzda belgilanishni o‘chirish uchun korporativ mijozlar yozma ravishda kompaniyaga yozma murojaat taqdim qilishlari lozim.
-
Jismoniy shaxslar avtomatik tarzda belgilanishni o‘chirish uchun *535# so‘rovini jo‘natishlari yoki kompaniya ofisiga murojaat qilib, funksiyani o‘chirish uchun tegishli talabnoma to‘ldirishlari lozim.
-
Ortiqcha xarajatlarning oldini olish maqsadida, internetdan foydalanishdan avval yangi internet-to‘plam belgilanganligini tekshirish zarur;
-
Avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi faol vaqtida xizmat yoqilganidan keyin 30/60 kun o‘tib (sotib olingan to‘plamga muvofiq), abonent hisobida yetarli mablag‘ bo‘lsa, tizim oldin xarid qilingan hajmdagi to‘plamni yangidan belgilaydi. Bu holda avval xarid qilingan to‘plamdan qolgan trafik nolga tenglashtiriladi. Yangi internet-to‘plam trafigi xizmat ulanganidan yoki avtomatik tarzda belgilangandan keyingi 31-kuni, yangi to‘plam uchun mablag‘ yechib olinganidan so‘ng soat 00:00 dan boshlab belgilanadi.
-
Avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi ochirilgan bo‘lsa, internet-to‘plam faollashtirilgan kundan 30/60 kun (sotib olingan to‘plamga muvofiq) o‘tgach, trafik qoldig‘i nolga tenglashtiriladi;
-
Avtomatik tarzda uzaytirish funksiyasi o‘chirilganda, qo‘shimcha “Smart Internet” xizmati amal qilmaydi.
-
Joriy internet-to‘plamning muddati tugamasidan oldin internet-to‘plam qayta ulansa, yangi internet-to‘plamning trafigi oldingi sarflanmay qolgan trafik qoldig‘iga qo‘shiladi;
-
Trafik tugagach,agar “Smart Internet” xizmati ulangan bo’lsa, internet avtomatik tarzda bloklanadi;
-
Istalgan tizimdagi abonent o‘z xohishiga binoan *535# so‘rovi yordamida limitdan tashqari narxlarda to‘plam amal qilish muddati tugagunicha internetni blokdan chiqarishi mumkin;
-
Trafikning amal qilish muddati, so‘nggi ulangan to‘plamning amal qilish muddatiga teng bo‘ladi. Bunda avtomatik belgilash funksiyasi so‘nggi belgilangan internet-to‘plam shartlariga binoan ishlaydi;
-
Internet-to‘plamdagi trafikdan faqat raqam Faol holatda bo‘lganidagina foydalanish mumkin;
-
Xizmat to‘g‘ri taqdim etilishi uchun, agar faollashtirish payti internetdan foydalanayotgan bo‘lsangiz, internet-sessiyani to‘xtatib, xizmatni faollashtirishingiz va sessiyani yangidan boshlashingiz lozim;
-
To‘plam faollshtirilganidan so‘ng, internet-trafik qoldig‘ini *107# orqali tekshiring va internet-to‘plam xarid qilinganiga ishonch hosil qiling. To‘plam xarid qilingunga qadar, internet uchun to‘lov, sizning tarif rejangiz shartlariga asosan amalga oshiriladi. Shuni eslatib o‘tamizki, agar bunday vaziyat yuzaga keladigan bo‘lsa, kompaniya taqdim etilgan xizmatlar bo‘yicha shikoyatlarni qabul qilmaydi va hisob-kitoblarni qayta ko‘rib chiqmaydi.
-
26.07.2022 sanasidan «Oylik internet-to‘plamlar», «Taqvimiy internet-to‘plamlar» va «Gigamaniya» internet-to‘plamlari uchun abonent to‘lovi hisob to‘plam qiymatiga yetarli miqdorga to‘ldirilgan paytda yechiladi.
Muhim:
Smart Block xizmati faol bo‘lganida “Gigamaniya” internet-to‘plamini faollashtirib bo‘lmaydi. “Gigamaniya” internet-to‘plamidan foydalanish uchun uning belgilanishidan oldin Smart Block xizmatini o‘chirish lozim.
Ajratilgan limitlardan tashqari qo‘shimcha xarajatlarning oldini uchun “Gigamaniya” internet-to‘plami bekor qilinganidan keyin internet-xizmatlardan foydalanish uchun Smart Block xizmatini faollashtirishni tavsiya etamiz.
Diqqat!
Agar abonent hisobida yetarli mablag‘ bo‘lmasa, 20 kun davomida tizim oldin xarid qilingan to‘plamni qaytadan faolashtirishga urinadi. Abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechilgan holda trafik to‘liq miqdorda belgilanadi, uning amal qilish muddati esa keyingi avtomatik tarzda belgilanish sanasiga qadar qolgan kunlar soniga teng bo‘ladi.
Qo‘shimcha xizmatlarni faollashtirish yoki o‘chirish uchun ariza shaklini to‘ldirishingiz va korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga kelishingiz lozim.
Agarda Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilgan bo‘lsa, ularga javobni
FAQ bo‘limida topishingiz mumkin.
Agar o‘zingizni qiziqtirgan savolni ro‘yxatdan topmagan bo‘lsangiz, bizga 8111 (faqat Ucell abonentlari uchun), (+998 93) 382-09-09, 184-09-00 raqamlari bo‘yicha qo‘ng‘iroq qiling yoki
corporate@ucell.uz manziliga yozing. Bizning faks: (+998 71) 252-10-00.
Sizni korporativ mijozlarimiz qatorida ko‘rishdan mamnunmiz!