Korporatsiyalarga
Internet
Internet to’plamlar
«Trafik+» internet-to‘plamlari

«Trafik+» internet-to‘plamlari





«Trafik+» – messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar yoki YouTube uchun qo‘shimcha internet-trafik.

To‘plamlarni faqat Kompaniya ofislarida faollashtirish mumkin.

To‘plam bekor qilingan holda yig‘ilgan barcha internet-trafik qoldig‘i bekor qilinadi.

 
«Trafik+» internet-to‘plamlari

Opsiyalar Trafik hajmi Xizmat narxi Amal qilish muddati
Mesenjer
(Telegram, IMO, WhatsApp, Viber)
1000 MB 3000 so‘m 30 kun
Ijtimoiy tarmoqlar
(Instagram, Facebook, Vkontakte)
2000 MB 5000 so‘m
YouTube 5000 MB 8000 so‘m
YouTube + Telegram 7000 MB 10000 so‘m
Xizmat shartlari

  • To‘plam Postpaid tizimining barcha toifasidagi abonentlar uchun amal qiladi.
  • Internet-to‘plamlarni ulatish va ulardan foydalanish faqat faol holatda amalga oshiriladi.
  • Hisobda to‘plam narxini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, to‘plamlar belgilanmaydi.
  • Kompaniya korporativ abonentlariga xizmatni yoqish uchun, tegishli raqamlar qayd etilgan shaxs nomidan Kompaniyaga rasmiy murojaat bilan xat taqdim etilishi lozim.
  • «Trafik+» internet-to‘plamlarini korporativ mijozlar uchun shaxsiy kabinet orqali faollashtirish yoki o‘chirish mumkin.
  • «Trafik+» internet-to‘plamlari avtomatik belgilash funksiyasisiz belgilanadi.
  • Xizmatda avtomatik belgilash funksiyasi mavjud emas, shuning uchun keyingi davrda foydalanishni davom ettirish uchun abonent to‘plamlarni qayta faollashtirishi kerak.
  • Mazkur xizmat doirasida bir vaqtning o‘zida faqat bitta internet-to‘plam ulatish mumkin.
  • Amaldagi internet-to‘plam muddati tugashidan oldin qayta ulanganda, yangi to‘plamga kiritilgan trafik foydalanilmagan trafikning qoldig‘iga qo‘shiladi. Bunday holda, avval sotib olingan to‘plamdan qolgan trafikning amal qilish muddati uzaytiriladi.
  • Trafikning amal qilish muddati oxirgi faollashtirilgan internet-to‘plamning amal qilish muddatiga teng bo‘ladi.
  • Ajratilgan internet-trafik limiti to‘liq sarflanib bo‘lganidan so‘ng, tarmoqqa kirish tezligi 64 kbit/s gacha qilib belgilanadi.
  • Abonent to‘lovi samarali yechilgandan so‘ng, trafik to‘liq belgilanadi va uning amal qilish muddati 30 kunga teng bo‘ladi.
  • Agar quyidagi xizmatlardan biri faol bo‘lsa, bu xizmatni faollashtirib bo‘lmaydi: «Smart Block», «Smart Internet», «TAS-IX internet-to‘plamlari» va «Tungi internet-to‘plamlar».
  • «Trafik+» xizmati quyidagi tarif rejalarida amal qilmaydi: «Gigaman» va «Gigaman BN» tariflar tizimlari, «Doktor» tariflar tizimi, internet chegaralanmagan boshqa maxsus tarif rejalari.
  • Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.
E’tibor bering!
Yuqorida ko‘rsatilgan saytlarning egalari ma’lum IP-manzillar va protokollar doirasida o‘z xizmatlarini taqdim etishadi. Ucell aynan o‘sha (ro‘yxatga kiritilgan) doiradagi manzillar uchun trafik hajmini ajratadi. Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarning egalari IP-manzillarini yoki protokollarini o‘zgartirganlari uchun mas’uliyatni Ucell o‘z zimmasiga olmaydi, bu holda trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi.
Ko‘rsatilgan resurslarga proksi-server, VPN yoki uchinchi sayt orqali kirishda, trafik tarif rejasidagi Ucell-Internet narxiga muvofiq narxlanadi, yoki trafik barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan intrenet-to‘plamdan sarflanadi.

Eslatma
E’tiboringiz uchun, smartfonlarning ko‘pchiligi Internetga ulanganda o‘rnatilgan dasturlardan (messenjerlar, ob-havo, yangiliklar va hokazo) uchinchi tomon trafigini ishlatadi, shuningdek, ilovalar do‘konlari (Google Play, App Store) bilan sinxronizatsiya hamda turli akkauntlarning (Google, Facebook, Telegram va hokazo) va analitik hisoblagichlar (Google, google-analytics.com, googletagmanager.com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net) beixtiyor sinxronizatsiyasi amalga oshishi mumkin. Ushbu trafik xizmat doirasida ajratilgan bepul trafik doirasiga kirmaydi va uning haqi tarif uchun Ucell Interneti qiymatiga ko‘ra abonent tomonidan alohida to‘lanadi yoki sotib olingan to‘plamidan sarflanadi.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.