Korporatsiyalarga
Internet
Internet to’plamlar
Kunlik internet-to‘plamlar

Kunlik internet-to‘plamlar

Kunlik internet-to‘plamlardan foydalanib, o‘zingiz uchun kerakli miqdordagi megabaytni har kuni olishingiz mumkin.

Kunlik to‘plamlarning asosiy ustunligi shundaki, ishlatilmagan barcha trafik qoldig‘i saqlanib, keyingi kun trafigiga qo‘shilib boraveradi.

Faollashtirish:

So’rov yuborish uchun forma:

Xabar uzunligi - 1024 simvol.
* To‘ldirishi kerak

Trafik qoldig‘ini tekshirish uchun *108# tering. *108# so‘rovi orqali tekshirishda, barcha internet-sessiyalar yopilgan vaqtdagi megabaytlar qoldig‘i ko‘rsatiladi.

*To‘plam bekor qilinganida yig‘ilgan barcha internet-trafik qoldig‘i bekor qilinadi.


Internet-to‘plamlar
Kunlik internet-to‘plamlar Kiritilgan trafik hajmi*, MB Narxi, so‘m MB amal qilish muddati
To‘plam 5 5 390 30 kun
To‘plam 10 10 550
To‘plam 20 20 790
To‘plam 35 35 1190
To‘plam 55 55 1890
To‘plam 100 100 2790
To‘plam 130 130 3790
To‘plam 160 160 4490
To‘plam 200 200 4990

To‘plamni bekor qilish uchun USSD-buyruq – *666*10*1#

Ishlatilmagan barcha trafik qoldig‘i saqlanib, keyingi kun trafigiga qo‘shilib boraveradi!

Trafikning amal qilish muddati – 30 kun.
Internet-trafik qoldig‘ini tekshirish uchun *108# raqamiga USSD-so‘rov yuboring.

Ma’lumot
  1. Mazkur xizmatni Kompaniyaning Postpaid tizimidagi korporativ mijozlari va barcha abonentlari faollashtira oladilar.
  2. Kompaniyaning korporativ mijozlari xizmatni faollashirish uchun, tegishli raqamlar nomiga rasmiylashtirilgan shaxs Kompaniyaga yozma tarzda murojaat etishi lozim.
  3. «Jismoniy shaxs» va «Korporativ VIP» toifalaridagi Kompaniya mijozlari xizmatni faollashirish uchun *666# so‘rovini jo‘natishlari, yoki Kompaniya ofislaridan biriga kelib, tegishli arizani to‘ldirishlari kerak.
  4. Kunlik internet-to‘plamlar muddatini avtomatik uzaytirish funksiyasi bilan belgilanadi. Avtomatik belgilanish funksiyasini o‘chirish uchun Korporativ mijozlar Kompaniyaga yozma murojaat taqdim etishlari lozim.
  5. Jismoniy shaxslar avtomatik tarzda belgilanishni o‘chirishlari uchun *666*10*2*1# so‘rovini jo‘natishlari, yoki Kompaniya ofislaridan biriga kelib, tegishli arizani to‘ldirishlari kerak.
  6. Internet-to‘plamlarning avtomatik tarzda belgilanish funksiyasi yoqiq bo‘lganida, to‘plam faollashtirilganidan keyin 1 kun o‘tib, abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lsa, tizim oldin xarid qilingan to‘plamni yangidan belgilaydi. Bu holda avval xarid qilingan to‘plamda qolgan trafikning amal qilish muddati uzaytiriladi. Ortiqcha xarajatlarning oldini olish maqsadida, internetdan foydalana boshlashdan avval, yangi internet-to‘plamning belgilanganini tekshirish zarur.
  7. Internet-trafik faqat abonent to‘lovining to‘liq miqdori yechib olinganidan keyin belgilanadi va raqam Faol holatda bo‘lganidagina amal qiladi.
  8. Abonent to‘lovi, hisobdagi mablag‘ qoldig‘idan qat’i nazar, faqatgina raqam Faol holatda bo‘lsa yechiladi.
  9. Trafikning amal qilish muddati – 30 kun.
  10. To‘plamni xarid qilish vaqtida internet yoqiq bo‘lsa, xizmatning to‘g‘ri taqdim etilishi uchun internet-sessiyani to‘xtatib, qaytadan ulanish kerak.
  11. Har qanday to‘plamning avtomatik tarzda belgilanish funksiyasini o‘chirganda, yig‘ilgan va sarflanmagan barcha internet-trafik qoldig‘i bekor qilinadi.
  12. Internet-to‘plamni qayta ulatganda, agar avvalgi to‘plamning amal qilishi muddati tugamagan bo‘lsa, yangi to‘plamda berilgan trafikka avvalgi to‘plamda sarflanmagan trafik miqdori qo‘shib beriladi va trafikning amal qilish muddati yangilanadi. Ulatishlar bo‘yicha cheklov yo‘q.
  13. Xizmatni faollashtirgandan so‘ng, *108# raqamiga USSD-so‘rov yuborib, xarid qilingan internet-to‘plamning belgilanganligiga ishonch hosil qilish lozim. Agar «Kunlik internet-to‘plamlar» xizmati faollashgan bo‘lmasa, internetning narxlanishi abonentning joriy tarif rejasiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday hollarda Kompaniya shikoyatlarni qabul qilmaydi va taqdim etilgan xizmatlar bo‘yicha qayta hisob-kitob qilmaydi.

Yangiliklar

Kompaniya hayotidan olingan voqea va hodisalar

Karyera

Katta oilaning bir qismi bo'ling!

Ofislarimiz va dilerlarimiz manzillari

Ucellning barcha ofislari Sizning xizmatingizda!

Firibgarlikning oldini olish va Speak-up tarmog‘i

Sifatli aloqa va raqamingiz xavfsizligi!

Biz bilan bog'lanish

Ucell bilan bog'lanish

Ushbu saxifada sizga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati borasida o'z fikr va muloxazalaringizni bildirish, hamda sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'p so'raladigan savollarga javoblarni www.ucell.uz, saytida va «FAQ» bo'limida ham topishingiz mumkin.


Sizlardan Kompaniyaga murojaat etganingizda muloqotda axloq me’yorlariga amal qilishingizni so‘raymiz. Aks holda Kompaniya bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega bo‘ladi.

Xabar qoldiring:

* bilan belgilangan joylar to’ldirilishi shart
Parolni olish uchun kiritilgan telefon raqamidan *233# raqamiga qo’ng’iroq qiling va ushbu yerga kiriting
Xabar uzunligi - 512 simvol.

Diqqat!

  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, zarur bo'lgan vaqtda, xizmat ko'rsatish, aloqa qamrovi va qo'shimcha xizmatlarga tegishli bo'lgan murojaatlarni ko'rib chiqish vaqti 30 kalendar kunigacha yetishi mumkin;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasi yordamida bir kun ichida maksimal murojaat etishlar soni 5 tagacha cheklagan;
  • “Ucell bilan bog'lanish” formasidan barcha Internet foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin.